Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 017 (He who Judges Others Condemns Himself)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
A - BUTUN DUNYO YOVUZ SHAYTONNING ZULMI OSTIDA-DIR VA XUDO SOLIHLIKDA HAMMANI HUKM QILADI (Rimliklarga 1:18 - 3:20)
2. Xudoning g'azabi Yahudiylarga qarshi oshkor qilinadi (Rimliklarga 2:1-3:20)

a) Boshqalarni hukm qilgan kishi o'zini hukm qiladi (Rimliklarga 2:1-11)


Rimliklarga 2:6-11
6 Xudo har kimni qilmishiga yarasha taqdirlaydi. 7 Yaxshi ishda qunt qilib, ulug' qadiryatni va mangulikni izlaganlarga U abadiy hayot ato atadi. 8 Ammo hudbinlik qilib, haqiqatga bo'ysunmay, haqsizlik payidan bo'lganlarga qahru g'azabini sochadi. 9 Avvalo yahudiy, so'ng o'zga xalq kishisi bo'lib yomonlik qiluvchi har bir bandaning jonini u qiynoq va qayg'uga soladi. 10 Avvalo yahudiy, so'ng o'zga xalq kishisi bo'lib yaxshilik qiluvchi har bir bandaga esa izzat, hurmat va esonlik nasib etadi. 11 Zeroki, Xudo yuz-xotir qilib o'tirmaydi.

Aziz birodar, siz Xudoning hukmidagi asoslarni bilasizmi? Barcha inson hukm soatiga qarab shoshyapdi, lekin bu soat uchun o'zini tayyorlaydigan ehtiyotkor va dono kishi bunday emas. Inoyatning havoriysi bizga aniq oxirgi hukmda bizning yaxshi va yomon harakatlarimiz bizni hukm qilish uchun yerdek tekshirilishini ochib beradi. Matto 25 da, Masih bizga malakasiz, eng past, nafratlangan, kambag'al va oddiy odamlardagi sevgining amali Xudoning ko'z o'ngida yoqimli ekanini ochib beradi. Masih ro'za tutishni, ibodat qilishni, ziyoratga borishni va savob ishlardek xayr-ehson berishni eslatmagan, balki bechoralarga mehribonlik qilishni eslatib o'tgan.

Yashirin sevgingizning harakati orqali, sizning yuragingiz qattiqmi yoki yumshoq, mag'rurmi yoki mehrliligi ko'rinadi. Siz oddiy va nodon kishilar uchun takabburlikni ko'rsatadigan bilimdon kishimisiz? Masihning sevgisi sizni malakasiz, tashlandiq, tul va ota-onasizlarning oldiga borishga majbur qiladimi? Siz faqat sevgi hatti-xarakatingiz uchun mukofot olasiz, biroq sajdangiz va diniy shakillarning qattiq nazorati uchun emas.

Pavlus yuraklarimizda Xudoning sevgisining quyilishiga bo'lgan bir yo'lni sizga ko'rsatadi. Xudoning ulug'vorligi tomon fikrini qaratadigan kishi o'tkinchi boyliklar va o'lik obro'ning ortidan quvimaydi, u Xudoga yaqin keladi va Uning shavqatida o'zgaradi. Shunday tavba-tazarru qilgan kishi Xudoning kechirimiga yuragini ochadi va qudratli qal'adek Uning mehriga ishonishda davom etadi. Insoniyligini his qiladigan har bir kishi abadiy hayotni sog'inadi va buni imon bilan qabul qiladi, va abadiy Ruhning rejalarida qatnashadi. Shuning uchun, ehtiyot bo'ling, siz o'zingizni hatti-xarakatlaringiz orqali saqlanib qolmadingiz, balki sizning Xudoga bo'lgan xohishingiz kuchsizligingizda Uning kuchi tortadi va Uning sevgisi siz sevgisining maqsadlarini bajarishingiz uchun qal-bingizni yengib chiqadi. Siz Xudoni qidirasizmi va abadiy ya-shaysizmi?

Yomonlik qiladigan kishi buni qilmaydi, chunki u vayrongarchilik uchun tayyorlangan g'azab idishidek tug'ilgan, chunki u haqiqatga bo'ysunishni xohlamaydi. Yomon hatti-xarakatlar to'satdan qilinmaydi. Ular uzoqning natijasi va yolg'on rivojlardir. Bizning vijdonimiz barcha nobob harakatlarga qarshi turadi. U bizga yaqinlashib, Xudoning Muqaddas Ruhi hafa bo'lmasligi uchun bizni ogohlantiradi. Lekin o'jar kishi itoatsizlik ruhiga o'ralib, Xudoning ovozini rad etadi va vijdonini yashirib, uyatsiz va surbetlarcha jinoyatiga beriladi. Bizning yovuz harakatlarimiz yomon kinolar, kitoblar va sheriklarimiz bilan birga va hatto bizni yomonlikka jalb qiladigan yuragimizning fikrlariga atrofimizdagi vasvasalarga sabab bo'ladi.

Xudoning Ruhining rejasiga qarshi bo'lgan kishi Xudoning sovg'asiga qarshi yuragini berkitib, hukmga qulaydi va Uning g'azabini keltirib, Qudratlidan nafratlanadi. Xudoning jazolari muammolar va azoblar keltirib, aniq itoatsizlarning ustiga tushadi. Siz sevgi darajasida Masihning kuchida yashaysizmi yoki solih Hukmdorning g'azabi ostiga cho'kasizmi? Siz bu savolning javobidan qocholmaysiz. Shunday qilib, tayyor bo'ling, va yaxshi va yomonning o'rtasidagi ajralish kuni uchun o'zingizni tayyorlang.

Pavlus bayonida hukm birinchi Yahudiylarning ustiga tushishini va eski ahd ularning ustiga javobgarlik qabrini qo'yganini anglatgan va Xudo ularni hisob-kitob qilish uchun birinchi chaqiradi. Muqaddas Ruhning ishlari orqali Yahudiylardan kimdir Xudoga yaqin kelsa ulug' Xudoning ulug'vorligi bilan porlaydi. Lekin ulardan kimki yuragini tosh qilishda davom etsa boshqalarning oldida do'zaxga tashlanadi, chunki u o'zidagi itoatsizlik ruhini o'zgarish uchun Xudoning Ruhiga ruhsat bermadi.

Yunonlar, Mangollar va Negrlar, barcha irqlar va tillar bilan birga ularda Xudoga yaqin borish uchun huquqlari bo'ladi, chunki Xudo insonlarning, barcha insonlarning yaratguvchisidir va U irqchilik bilan zavqlanmaydi. Xudoning oldida hammalari birdir. Hatto boy qobilyatlar Uning chiroyli ulug'ligi oldida ularning diqqat-e'tiborini yo'qotadi. Yaratguvchining oldida biz hammamiz hech narsa emasmiz. Uylarida xizmat qiladigan onalar va oddiy birodarlar ruhoniylarga, buyuk boshlovchilarga va zo'r yulduzlarga qara-ganda Masihning Ruhida ko'proq porlashadi.

Xudo bizni sevgisining o'lchovi bilan o'lchaydi. Kimki ilohiy sevgining ishida o'zgarish uchun o'ziga ruhsat bersa, bu kishi qabul qilinadi. Lekin yuragini tosh qilib olgan kishi va o'zini boshqalardan ko'proq sevadigan kishi Xudodan uzoqlashadi. Rabbiy haq va sodiqdir. Unga teng keladigan kishi yo'q.

Biz Xudoga o'xshash mehribon va solih kishi yo'qligini ta'kidlaymiz. Lekin sevgi favvorasiga kengayadigan kishi solih bo'ladi, chunki samoviy Otaning kuchi Uni qidirganlarni o'zgartiradi. Lekin Xudoning mehrining harakati uchun shunday o'zgarish va tayyor bo'lishlik tezda sodir boladi deb o'ylamang. Mag'rurlik ustidan g'alaba bo'lish uchun vaqt kerak va faqat kamchilik yiqilganlarga xizmatkor bo'lishni xohlaydi. Bu nima uchun Iso biz tosh yuraklarimizni rad etib, yumshoq yurakni qabul qilishimiz uchun va Xudo gunohkorlarni sevganidek biz ham ularni sevishimiz uchun, biz uchun yo'l hozirlagani va U zinokorlar va solih yig'uvchilar bilan yeganidir.

Siz uzoq azoblanish bilan sevgi harakatida davom etganlarning mukofotini bilasizmi? Xudo ulug'vorligi bilan inoyat ruhiga ochiq bo'lganlarni kiyintiradi. Shuning uchun, insonlar uchun ilohiy yakun Uning birinchi rejasiga qaraganda kamroq emas. Xudo insonni O'z suratida yaratdi va bu idishga O'zining barcha ulug'liklarini va hislatlarini quyishni xohladi. Qudratli malakasizlarga shavqat qiladiganlarni hurmat qiladi. Uning tinchligi Uning solihligi tufayli rad etilganlarning yuragida yashaydi.

Hukmning oxiri Muqaddas Ruhning rejasi tomon Do'zaxning abadiy azoblariga tezda tushadigan va yuraklarini tosh qilganlardan, Xudoning xursandchiligida ulug'vorlikka o'zgargan yumshoq yuraklarni ajratishdir. Adashmang, Xudo haqoratlanmaydi; inson nima eksa, shuni o'rib oladi.

IBODAT: Ey Rabbiy, mening sevgim ozgina va takkabburligim kattadir. Men Sening oldingda nopokman. Gunohlarimni kechir. Sevging harakatlariga ko'zlarimni och. Meni qurbonlikning va savob ishlarning hayotiga boshqar, chunki menda hech narsa yaxshi emas. Meni o'zimdan saqla va Sen adash-ganlarni saqlash uchun ularni qidirganingdek, men ham umidsizlarni qidirib, xalq bilan o'tirishim uchun va ularni sevib, ularni duo qilishim uchun sevging bilan yuragimni to'ldir. Omin.

SAVOL 21: Oxirgi hukmdagi ilohiy asoslar qaysilar?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:08 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)