Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 008 (Paul’s Desire to Visit Rome)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

OCHILISH:HURMAT-EHTIROM, XUDOGA TASHAKKURLIK, VA MAKTUBINING SHIYORIDEK “XUDONING SO-LIHLIGI” GA URG'U (Rimliklarga 1:1-17)

c) Xudoning solihligi doimiylik imon orqali bizda seziladi va o'rnashadi. (Rimliklarga 1:16-17)


Rimliklarga 1:16
16 Har holda men Injildan or qilmayman. Avvalo yahudiy, so'ng turli halqdan imon keltirgan har bir kishi uchun Injil Xudoning haloskorlik qudratini yetkazuvchi Xushxabardir.

Pavlus “xushxabar” so'zi Rimda tanish va yoqimli ekanidan xabardor edi, chunki u yerda ko'p xushxabarlar bor edi, ya'ni poytaxtning odamlari eshitishga qiziqqan shohona oilada hursandchilik xabarlarining e'lonlari edi.

U shahona e'lonlarning bir hil darajasiga najod hursandchilik xushxabarini ko'tardi, u shunday deb aytishni xohlagandek: “Men kichik mustamlaka bo'lgan Falastindan keladigan maktubimdan uyalmayman. Balki men buni poytaxtning o'rtasidan olib kelaman, chunki men sizlarga O'zining o'limi va tirilishi orqali barcha insonlarni qutqarish uchun va ilohiyligida bizga yaqinlashishi, yaqin bo'lishi uchun tanada bo'lgan va barcha asrlardan oldin Undan davom etgan Xudoning yagona O'g'li borligi haqidagi hursandchilik xabarini sizga olib kelaman. Mening maktubim o'lik o'g'il o'lik Qaysardan tug'ilganligi haqidagi e'lonni o'z ichiga olmaydi, balki barhayot Otaning barhayot O'g'lining tug'ilishi haqidagi hursandchilik e'lonini o'z ichiga oladi.

Agar shahona xushxabarlar sizga Rim askarlarining g'alabalarining hursandchilik xushxabarini olib kelgan bo'lsa yoki shahona o'yinlarni sizga e'lon qilgan bo'lsa yoki xalqni to'ydirish uchun ovqatni qilgan bo'lsa, men sizlarga gunohdan, o'limdan, Shaytondan, Xudoning g'azabidan va hukmdan butunlay qutqarilgan barcha insonzod haqidagi xushxabarni olib kelaman. Mening xushxabarim hamma Rim xushxabaridan ko'ra buyukroqdir, chunki bu ommabob, yuqori, abadiy, kuchli, buyuk va ulug'dir. Bu falsafalarga, kitoblarga, yoki puch umidga qurilmaydi, balki bu bir insonda to'xtaydi.”

Rimliklar Yahudiylar tomonidan berilgandek “Masih” so'zining turli-hil ma'nosini bilmadilar. Ular dinsiz vazifalariga qo'shimchasida oliy ruhoniydek hisoblangan Qaysarga berilgan nomni buning ma'nosini “moylangan” dek tushundilar. Qaysar barcha inoyat va tinchlik uchun vositachidek, o'zida siyosatni, harbiyni, va qonuniy vazifalarni xalqoro xudolarga va ruhlarga olomonning yarashishining xizmati bilan birgalikda qo'shib yuborgan.

Biroq, Masih osmonda ham yerda ham butun hokimyat berilgan rabbiylarning Rabbiysidir, chunki U haqiqiy Oliy Ruhoniydir, va faqat U Xudo bilan bizning vosetachimiz va Homiymizdir.

Pavlus o'zining bu xushxabarining boshida bu e'lon orqali faqat Xudoga va Uning ilohiy tabiatiga Masihning o'g'illigini aniqlab bermadi, balki Uning vazifalarini o'sha vatda Qaysarlarga tegishli bo'lgan faqat bu nomga loyiq bo'lgan: “Dunyoning Najodkori” Uni Rabbiydek, Hukmlovchidek, Shohdek, Hokimdek va Yarashtiruvchidek aniqlab berdi.

Xudoning O'g'lining bu hursandchilik xabari va Uning turli – hil xizmatlari faqat fikr emasdir. Bu dunyoning barcha kuchlariga qaraganda buyukroq bo'lgan portlovchi kuchdir, chunki bu xushxabar Xudoning barcha kuchlarini o'z ichiga oladi. Rabbiyning O'zi bu xushxabarda hozirdir. U tinglovchilarda yangi hayotni yaratib va chaqirilganlarni o'stirib, qora hatlar orqali gapiradi. Shunday qilib, kitob jovoningizga boshqa kitoblar bilan birga bir hil darajaga kitoblarning Kitobini qo'ymang, balki uni ko'tarib, uni qulay joyga qo'ying, chunki bu kitob boshqa barcha kitoblarni hukm qiladi. Xushxabar o'zida komildir, xuddi Xudo komildek va u yangi olamni qurish uchun kuch bilan to'lgan.

Xudoning kuchi bizning yovuz dunyomizni yo'q qilish uchun Masihning xushxabari orqali bu dunyoga kelmadi, balki dunyoni saqlab qolish uchun keldi, chunki Xudo hamma odam saqlanib qolishini va haqiqat bilimiga kelishini xohlaydi. Bizning osmondagi Otamiz hokim emas. U hech kimni O'g'lining xushxabarini qabul qilishga majbur qilmaydi, lekin hammaga tekinga haqiqatini taqdim qiladi. Masihning so'zlariga yuragini ochgan kishi va Unga ishongan kishi Xudoning kuchiga ega bo'ladi. Imonsiz najod yo'q. Ishongan kishi ilohiyligini imonliga qo'yadigan, poklaydigan, mu-qaddaslab uni jonlantiradigan Xudoning O'g'li bilan birlashadi.

Masihdagi imon Unga yuragini ochgan kishida abadiy najodni o'rnatadi; Xudoning O'g'liga bo'lgan ishonch najodga boradigan yagona yo'ldir. Imon orqali imonli kechirimni va o'limdan terilishni qabul qiladi. Shuning uchun, imon Rimliklarga bo'lgan Maktubdagi keskin harakatdir, chunki imonsiz siz Xudoni bilmaysiz, yoki Uning kuchini his qilmaysiz. Biroq, ishongan kishi oqlanadi va rostan ham yashaydi.

Yahudiylarning ko'pi Masihni rad etib, Undan nafratlanib va Uni xochga mixlagan bo'lsa ham ular bu yoqimli haqiqatga yuz tutdilar. Biroq, kamtar tanlov Uni bilar edi va Unga ishondi. Ular Muqaddas Ruhga to'ldilar va Xudoning sevgisida davom etdilar. Hatto bugunlik kunda Muqaddas Uch Birlikning kuchi ilk havoriylarning guvohliklari orqali odamlarda yashaydi.

Yahudiylarning ozchiligi Masihning najodini qabul qilganida, najod xushxabariga yuraklarini ochgan Yunonlarning ko'pchiligi va boshqa xalqlar ularga ergashdi. Ular bu xabar puch so'zlar emasligini, balki abadiy ahdda tirik Masih bilan imonlilarni bog'lab turadigan Xudoning kuchi bilan to'lganligini ko'rdilar.

Aziz birodar, agar siz Masihning xushxabarini diqqat bilan o'qi-sangiz, Uning so'zlariga yuragingizni ochsangiz, Isoning ilohiyligiga ishonsangiz, va ibodatingizda U bilan gaplashsangiz, siz xochga mixlanib tirilgan Masih haqiqiy Najodkor va Ruhoniy, Qudratli Shoh va Dunyoning Qutqaruvchisi ekanligini ko'rasiz. Shunday qilib, jasoratli bo'ling va Xudoning kuchi sizning kuchsizligingizda ulug'lanishi uchun hayotingizni to'liq xushxabarning ustiga quring.

IBODAT: Ey Ota, Xudo, O'g'il va Muqaddas Ruh, Seni ulug'laymiz, chunki Sen Masihning xushxabarida O'zingni e'lon qilasan va imonda bizni poklaysan, va Sen to'liqligingda bizda yashaysan. Biz yana Seni ulug'laymiz chunki Sening kuching Rimliklarga bo'lgan Maktubining hatlari orqali to'liq ishlaydi va Yangi Ahdning har bir kitobidan chiqadi. Biz Sening ovozingni eshitishimiz uchun, Senga ishonishimiz uchun va to'liq hayotimizni Sening rahbarliginga topshirishimiz uchun ko'zlarimizni ochgin. Omin.

SAVOL 12: 16 oyatdagi qaysi bayonni siz eng muhim deb hisoblaysiz? Nima uchun?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:04 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)