Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 082 (Founding of the Church at Philippi)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
C - IKKINCHI XIZMAT ZAFARI (HAVORIYLAR 15:36 - 18:22)

4. Filippiyada Jamoatning Shakillanishi (Havoriylar 16:11-34)


HAVORIYLAR 16:29-34
29 Zindonbon chiroq so'rab, zindonga yugirib kirdi va titrab Pavlus bilan Silaning poyiga o'zini tashladi. 30 Ularni tashqariga chaqirib: - Janoblar, najot topish uchun nima qilishim kerak? - deb so'radi. 31 Ular: - Rabbimiz Iso Masihga ishongin, sen o'zing va butun xonadoning najot topasizlar, - deyishdi. 32 Keyin unga va butun uy ahliga Xudoning kalomini so'zlab berishdi. 33 Zindonbon kechaning o'sha soatida Pavlus bilan Silani bir chetga olib, yaralarini yuvdi. Darhol o'zi bilan butun xonadoni suvga cho'mib imon keltirdilar. 34 Ularni o'z uyiga keltirib, dasturxonga taklif qildi. Xudoga imon topdim deb, butun xonadoni bilan birga juda hurram bo'layotgan edi.

Zindonbon baqirdi: “Chiroqni menga olib kelinglar!” Bu so'rov uning askarlik hayoti zulmatda yashaganligini belgilab berdi, lekin endi u Pavlusning so'zlari orqali sezgida yoritildi. U tezda samoviy Ruhning nurini payqab, uning hayotini saqlab qolgan havoriylarning oyoqlariga yiqildi. U asosan ular o'zlarini qutqarishmagani uchun ularni xudolar deb o'ylagandir. Hatto havoriylar uning hayotini qutqarib uni judayam sevishdi. Masihning bu mehribonchiligi dunyoda eng buyuk ruhiy inqilobni olib keladi.

Pavlus mag'rurlanmadi yoki hukumat xizmatchisidan qo'rquvdan foydalanmadi. Balki, u ham inson ekaligini va Masihning inoyati orqali o'zgarganligini unga aniqlab berdi. Bezovtalangan va qo'rqib ketgan kishi havoriyning so'zlarini eshitganda bu kishi uni va sheriklarini hovliga yetakladi. U havoriylarning qonayotgan badanlarini ko'rib Xudoning g'azabidan qo'rqib ketdi, chunki u ham bu hurmatga sazavor havoriylarni azoblashda qatnashgan edi.

U daxshatli qo'rquv bilan ming'irladi: “Muqaddas Xudoning qahridan qutilib qolish uchun va saqlanib qolishim uchun nima qilishim kerak?” Havoriy Pavlus Muqaddas Kitobning buyuk bayonlarining birida gangib qolgan bu kishiga xushxabarni jamlab berdi: “Rabbimiz Iso Masihga ishongin, sen o'zing va butun xonadoning najot topasizlar.” Bu bayon zindonbonga kuchli umidni berdi. Xudo uni yo'q qilmadi yoki uni osmondan tushgan chaqmoq bilan urmadi. Buning o'rniga, Iso Masihning shaXsidagi inoyatga u uchun eshik ochdi. Pavlus o'zini o'rab turgan barcha ayol va erkaklarga, cho'rilar va mahbuslarga, qari va yoshlarga Iso Masih yer qimirlashini yarata oladigan, gunohlarni kechira oladigan, va najot bera oladigan qudratli Rabbiy ekanligiga dalolat berdi.

O'limdan tirilgan Rabbiy insonni gunohining kuchidan qutqaradigan Muloyim va Muqaddas Ruh bilan tavbani to'ldirish uchun tayyorlandi. G'ayriyahudiylarning havoriysi bir necha so'zlar bilan daxshatli yuraklarga xushxabarni oshib berdi. Najot uchun tayyor bo'lganlar o'sha zahoti ular oldidagi O'zining havoriylarining oralarida turgan Xudoning O'zi ekanligini bilib, ishondilar. Faqat Barhayot Xudo ularga hayotni va yarashishni taqdim qilib, bunga o'xshab ular bilan gaplashdi. Samoviy xushxabarning nuri tinglovchilarning yuraklarida chashma bo'ldi. Hukumat xizmatchi havoriylarni uyiga olib borib, yaralarini yuvib, toza kiyimlar bilan ularni kiyintirib, sevgi Shahzodasi Iso Masihga to'la itoatkorligining ramzidek suvga cho'mishini ulardan so'radi.

Bu nafaqali hukumat xizmatchi va zindonbon uning hayotidagi barcha qolgan qoldiqlarni tezda olib tashlashni xohlashdi. U bu yangi Ruh uchun uyini ochib, hamma oilasini, xizmatkorlarini va ishchilarini bir tunda suvga cho'mishlari uchun to'pladi. Bu hukumat xizmatchisi Xudoning buyrugi muhim ekanligini va buni kechiktirish gunoh ekanligini bilar edi. U tirik Rabbiyga o'zini to'la topshirib va tavba qilib tezda javob berdi. Muqaddas Ruh suvga cho'mganlarga kirdi va ular hursand bo'lishdi. Ulug' qo'shiqlar ularning yuraklarini to'ldirdi va ular hatto qorong'uning o'rtasida va qabih zindonda Xudo ularga tashrif buyurganini sezdilar.

Ular uylaridagi tepa xonani tayyorladilar va buyuk kechki ovqat ushun ovqat pishirishni boshladilar. Ular gunohlaridan vijdonlarini yuvgan va tekinga ularni poklagan Masihdan birgalikda sevindilar. Jinoyatchi va gunohkor bo'lganlar endi hatto qorong'u tunning o'rtasida Xudoning nurining kamolotida yashashyotgan edi.

Tunning yarmida bo'lgan ziyofat qanday chiroyli surat! Masih imonlilarni buyuk hursandchilik bilan to'ldirib, ularning atroflaridagi zulmatlikning o'rtasida ularni ruhlantirdi. Bu Pavlus va Siladagi azoblanishning, sabrning va sodiq bo'ysinuvchanlikning hosili edi. Lidiya, Luqo, Timo'tiy, o'zlarining hududlari uchun zindonband bo'lganlar uchun ibodatlarni taqdim etish tugatilmadi.

HAVORIYLAR 16:35-40
35 Kunduz bo'lgach, rim ma'murlar: - U odamlarni qo'yib yuboringlar, - deb vazifadorlarni yo'llashdi. 36 Zindonbon Pavlusga xabar yetkazib: - Ma'murlar sizlarni ozodlikka chiqarish uchun odam yuborishibdi, endi chiqib eson-omon keta qolinglar,- dedi. 37 Pavlus ularga shunday javob berdi: - Rim fuqorosi bo'lgan bizni sud qilmay xalqning ko'z o'ngida urib, zindonga tashladilar. Endi esa bizni yashirincha qo'yib yubormoqchimilar? Yo'q, o'zlari kelib bizni chiqazsinlar! 38 Vazifadorlar bu so'zlarni ma'murlarga aytib berdilar. Pavlus bilan Silaning Rim fuqarosi bo'lganlarini ma'murlar eshitgach, yuraklari seskanib ketdi. 39 Kelib ulardan kechirim so'radilar. So'ng ularni kuzatib, shahardan ketishlarini iltimos qildilar. 40 Pavlus bilan Sila esa zindondan chiqiboq, Lidiyaning uyiga borishdi. Birodarlari bilan ko'rishib, ularga nasihat bergandan keyin, jo'nab ketishdi.

Zindonbon boshliqlarning oxirgi qarorlari uchun sabrsizlik bilan kutdi, chunki u ikki mahbuslarni ozod qilib, ularning ruhsatisiz ularni quvontirdi. U boshliqlar ularni qo'yib yuborishga qaror qilganliklarini eshitib juda hursand bo'ldi shunda u darhol Pavlusning oldiga xabar berish uchun hursand bo'lib yugurdi. Ular zarar ko'rmasliklari uchun tinchlik bilan borishlarini ulardan so'radi.

Biroq, Pavlus o'rnidan turib huquqlari qo'rquv bilan zo'rlangan Rim fuqorosidek qonun himoyasini ko'rsatib borishdan bosh tortdi. U faqat o'zi uchun shikoyat qilmadi, balki yangi barpo bo'lgan jamoat uchun ham shikoyat qildi. U va Sila o'g'iri emasdilar balki nohaqlik bilan uch marta azob tortgan Rim fuqorosi edilar. Ular Rim qonuniga qarshi harakatda kaltaklandilar, chunki kaltaklanish faqat qullardagi jazo edi.

Rim fuqorolari shunday jazodan qutqarilgan edilar. Ayniqsa, ularni kaltaklashdi. Ular o'rinsiz qonun usulisiz jazolandilar, va shunday nohaqlik haq deb o'ylagan Rim Imperiyasida jiddiy hato deb hisoblandi. Besaranjom daromad qonundan qattiq qo'l jazo xizmat qilgan boshliqlarning qismida amalda bo'ldi. Qo'shimchasiga ular begunoh va hukm qilinmagan bo'lsalar ham noqonuniy hibsga olindilar. Buning hammasi Pavlusga boshliqlarga qarshi harakatni olib kelish uchun to'g'rilikni berdi.

Shunday qilib, Pavlus ma'murlar zindonda ularning oldilariga kelib ulardan kechirim so'rashlariga turib oldi. Birdek, ular shaharlarining ko'chalarining o'rtasida hurmatli mehmonlardek ular bilan borishlari kerak. Pavlusning maqsadi o'ch olish emas edi, chunki haqiqiy imonlidek u ma'murlarning barcha ayiblarini kechirdi. U gullab yashnayotgan jamoatning negizini qo'ygan Filippida kichkina Masihiy jamosini oqlash uchun bu holatni oldi. U jamoat g'orlarda va cherdaklarda o'zini yashirishi kerak bo'lmagan sofdil harakatdek ko'rinishini xohlagan edi.

Ma'murlar oxiri uning oldiga qo'rquv bilan shoshilishdi. Ular G'ayriyahudiy bo'lgan havoriydan o'tinib, shahardan tinchlik bilan chiqib ketishlarini so'radilar. Ular inoyat ishi orqali o'zlarining pullariga ega bo'lmagan payitda folbinlarning boshliqlari orqali ko'tariladigan muammolarni olib tashlashni xohladilar.

Pavlus ularning so'zlariga unchalik qiziqmadi. U ibodat uchun jamoat a'zolari ko'rishadigan, binafsha rang sotuvchisi Lidiyaning uyiga qaytib bordi. Imonlilar bu ayolni birinchi Yevropalik va zindonbonning najotining suhbati o'rtasida uzoq vaqt bo'lganini ko'rsatadigan ayolning uyida uni o'rab olishgan edi. Bu vaqt mobaynida bu havoriy Filippinliklarga voizlik qildi va tirik jamoat ekildi. Ular keyinroq Lidiyaning uyida ko'rishishganda, azob tortganlar birodarlariga dalda berib, ularning barcha muammolari mobaynida Masihning huzuri ular bilan bo'lishini ularga tasdiqladilar. Bundan keyin Pavlus bilan Sila Filippidagi jamoatda boshqarish uchun Vrach Luqoni qoldirib, jo'nab ketdilar, va Timo'tiy ularga sherik bo'ldi. Bu nima uchun Luqo ular bilan emasligini bildirib, ular haqida uchinchi shaxsda gapirganligini tushuntiradi.

IBODAT: Ey Rabbim, biz Sening so'zing saqlab o'zgartirishi uchun Sendan minnatdormiz. Sen bizning oilamizni to'la saqlab qolishinga ishonamiz. O'zingning qimmat baho qoning orqali barcha gunohdan yuraklarimizni poklagin va Muqaddas Ruhning ma'rifati bilan fikrlarimizni to'la tozala. Sening beg'alva tinchligingni qumsashi va biz uchun sevgingni ko'rishi uchun barcha qarindoshlarimizga va qo'shnilarimizga yordam ber. Omin.

SAVOL 82: Nima uchun Muqaddas Kalomdagi 16 bob 31oyat eng muhim oyat?

5 - SAVOL - JAVOB

Aziz kitobhon,
Mana siz bu brashuradagi Havoriylardagi bizning izohlarimizni o'qib chiqib siz quydagi savollarga javob berishga qobilyatlisiz. Agar siz quydagi savollarning 90% javob bersangiz, biz sizning ta'lim olishingiz uchun keyingi qismini sizga jo'natamiz. Iltimos to'liq ismingizni va javob varog'idagi aniq manzilni yozishni unutmang.

  1. Insonlar bilan Xudoning tarixining maqsadi va kuchi nima edi?
  2. Pavlus Isoning tirilishi haqida nimani voizlik qilgan? Uning Isoning tirilishiga asosan aytgan xushxabari nima edi?
  3. Pavlus G'ayriyahudiylarga voizlik qilish uchun o'zining haqligiga qanday qilib dalolat keltirdi? Dindorlar bu imonni qanday tushunishdi?
  4. Pavlus bilan Barabo nima uchun bir shahardan ikkinchi shahrga qochib o'tdilar?
  5. Pavlus nima uchun barcha xudolarni takabburlar deb atadi?
  6. Pavlus bilan Barnabo yangi jamoatlarga tashrif buyurish uchun qaytib borishganda, ularda qanday xizmat qilishdi?
  7. Ikkta havoriylarning birinchi xizmat safari mobaynida ularning voizliklari tufayli boshlaridan o'tkazgan yangi tushuncha nima edi?
  8. Antioxiyadagi jamoat nima uchun o'zi o'zining muammosini yechishga qaror qilmasdan bu uchun oxirgi yechimni topish uchun Quddusdagi havoriylardan so'radi?
  9. Butrusning va'zining mavzusi bo'lgan bayoni nima edi? Masihning jamoati nima uchun najotning negizidek hisoblashdi?
  10. Najot uchun qonunni saqlash va sevgi uchun ba'zi narsalarni saqlashning o'rtasidagi farq nima?
  11. Quddusdagi Havoriylik Kengashi orqali olingan qarordagi bosh mulohazalar nima edi?
  12. Pavlusning ikkinchi xizmat safari uchun sabab va asosiy reja nima edi?
  13. Timo'tiyning sunnati zarur edimi yoki yo'q? Nima uchun?
  14. Imonlilarning maqsad qilgan quvishdan Muqaddas Ruhning taqiqlashining ma'nosi nima edi va yangi xizmatga ularni Muqaddas Ruhning chaqiruvining ma'nosi nima edi?
  15. Lidiyaning hayotidagi mo'jiza nima edi? Nima uchun Pavlus uning butun oilasini suvga cho'mdirdi?
  16. Yovuz ruhga chalingan folbinning so'zlaridagi yolg'on nima edi? Pavlus gapirgan haqiqat nima edi?
  17. Nima uchun tunda azob tortgan mahbuslar madhiya kuylashdi?
  18. Nima uchun Muqaddas Kalomdagi 16 bob 31 oyat eng muhim oyat?

Biz sizni Havoriy Kitoblari uchun tekshirish imtihonini bajarishingiz uchun sizni ruhlantiramiz. Shunday qilishda siz abadiy hazinani qabul qilasiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz.

Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:49 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)