Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 253 (Jesus Before the Roman Civil Court)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

20. Iso Rim Kengashi Oldida: Isoning Shohligi haqidagi Shubha (Matto 27:11-14)


MATTO 27:11-14
11 Iso hokimning huzurida turdi. Hokim Undan so'radi: - Sen yahudiylarning Podshohimisan? - O'zing aytding, - dedi unga Iso. 12 Oliy ruhoniylar va oqsoqollar Uni ayiblaganlarida, U hech narsa deb javob bermadi. 13 Shunda Pilat Unga: - Eshitmayapsanmi, Sening bo'yningga qancha ayiblar qo'yishyapdi! - dedi. 14 Lekin Iso bu gaplarga ham biron javob qaytarmadi. Hokim esa juda hayron bo'ldi.
(Ishayo 53:7, Matto 26:63, Yuhanno 19:9)

Iso Palastinning boshqaruvchisi va Rim hokimi bo'lgan Pilat tomonidan boshqarilgan kengash oldida namoyon bo'ldi. Pilat zolim inson bo'lgan. U xalqni yomon ko'rgan va xalq ham uni yomon ko'rgan. Birorta ochiq munozarasiz, u Masihdan “Sen bu xalqning shohimisan?” deb diniy kengash orqali namoyish etilgan ayib haqida so'radi. Ayyor oqsoqollar Isoni faqat qonunlariga ko'ra diniy tomondan ayiblamasdan, balki ular bu hokimdan ularni tinglashga majburlash uchun, siyosiy sabablar uchun Unga hujum ham qildilar. Agar ular Muso Qonunidagi munozaralari haqida diniy shikoyatni qo'yganida, Pilat ularni befarqlik bilan jo'natib yuborgan bo'lar edi.

Agar Iso Yahudiylarning shohi emasman deb javob berganida, U balki ozod bo'lgan bo'lar edi. Lekin Iso kutilgan va yagona ilohiy Shoh ekanini tasdiqladi. Iso shohligining aniq e'tirofi bu U haqiqiy Shohligini, haq-huqulari bor bo'lgan va shohligining Egasi ekanini tasdiqladi. Sizni boshqarish uchun Shohning huquqlariga siz qanday qilib javob berasiz? Siz Uniki ekaningizga qo'shilasizmi? Siz Uning buyrug'lariga itoat qilasizmi?

Pilat Isoning Shohligi haqidagi tasdig'ini eshitganida, u Isoni bu Nasroniy muhim bo'lmagan qattiq aqidaparastdek hisoblab, kulib qo'ydi. Pilat Isoda g'alayonni rejalashtirish, askarni to'plash yoki shohligini o'rnatish uchun birorta tayyorgarlikni topa olmadi. Uning ayg'oqchilari unga kamtarlik haqida gapirib, va o'zini tiyishga, sevgiga va haqiqatga olg'a surib, Isoning kasalni da'volagani haqidagi xabarlarni olib keldi. Iso Quddusga eshakka minib kelgan va hech qanday qurollar olib kelmagan. Shunday inson Rim imperiyasiga hech qanday zarar keltirmaydi.

Pilat tezda Iso umuman begunoh ekanini ochib berdi. U dunyoviy shohlikni o'rnatishni maqsad qilmagani yoki U g'alayon va to'ntarilish uchun tayyorgarlik ko'rmaganligi aniq edi. Shuning uchun, Pilat Uni ozod qilishni xohladi.

Oqsoqollar Pilat Isoni ozod qilishga tayyor ekanini bilishganda, ular Iso g'alayonchi va qaysarning dushmani deb baqirishni boshladilar. Masih ularning ayiblovlariga javob bermasdan balki U hokim Unga O'zini himoya qilish uchun imkoniyat bermagunicha jim turdi. Iso Pilat haqiqatni bilishini va u odil boshqaruvni berish uchun javobgar ekanidan xabardor edi. Masihning jimturishi hokimning vijdoni Uning haqligini hukm qilish uchun va solih bo'lgani uchun Uni ozod qilish uchun aniq chaqiruv bo'ldi.

IBODAT: Ey kamtar Xudoning Qo'zisi, Sen Yahudiy qabilasining Sherisan. Sen Dovudning o'g'li va shu bilan birga Xudoning O'g'li, va'da etilgan Shohsan. Sen O'zingni himoya qilmasdan, balki haqiqatni tasdiqlading. Biz sabr-toqating uchun, va o'lishga tayyor bo'lganing uchun Seni ulug'laymiz. Gunohkorlar uchun o'rinbosardek xochdagi o'liming bizni la'nat va jazolardan qutqarib oldi. Bu bizga tinchliging shohligini aytishga va haqiqatni sevadiganlarga yaxshiligingni tarqatishga huquq beradi.

SAVOL:

  1. Isoning haqiqiy Shoh ekanini tan olishining ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:14 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)