Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 247 (Jesus Faces the Sanhedrin)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

15. Iso Yahudiylarning Oliy Kengashi Oldida (Matto 26:57-68)


MATTO 26:63-64
63 Iso indamadi. Oliyruhoniylar Unga: - Barhayot Xudo haqi Senga qasam ichirayinki bizlarga ayt: Xudoning O'g'li - Masih Senmisan? - dedi. 64 Iso unga: - O'zing aytding, - dedi. - Hatto sizlarga aytadurmanki, bindan keyin Inson O'g'li Qodir Tangrining o'ng tomonida o'ltirib, osmon bulutlari uzra kelayotganini ko'rasizlar.
(Zabur 110:1, Donyor 7:13, Matto 16:27, Yuhanno 10:24)

Guvohlarning savol-javoblari nihoyasiga yetganida va Iso begunoh deb topilganda, Kayafa yana nimadir qilishga harakat qildi. U Masihni kufr qilish uchun Yahudiylarning qonuni tomonidan hisoblangan nimadir aytish uchun Masihni majburlashni istadi. U Isoni kimligini e'lon qilish uchun va keskin savolga: U tirik Xudoning O'g'li, kutilgan Masihmi? deb javob berish uchun qasamga qo'ydi.

Bu sudning eng oliy nuqtasida, Iso jimligini buzib, hukmdorga qarshi hukmni gapirdi. Iso Kayafaga murojat qilib, shunday deb savoliga javob berdi, “O'zing aytding. Sen haqiqatni bilasan va buni aytding, lekin sen Menga ishonmaysan. Bu tufayli, agar tavba qilmasang halok bo'lasan.”

Masih diqqat bilan tinglab turgan Yahudiy boshliqlariga ham so'zlarini gapirdi. Iso bu dunyoda faqat kuch bilan o'ng tomonda o'tiradigan Inson O'g'li bo'lishi uchun O'zini e'lon qildi. Iso Uning oldida turgan hukmdorlar bilan birga, tirik va o'liklarni hukm qilish uchun bulutlarda yana keladi.

Iso dushmanlariga ochib berish uchun Zabur 110:1 dagi “Xudovand mening Rabbimga aytdi: “Yovlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha, Sen Mening o'ng tomonimda o'ltirib tur!” degan Dovudning payg'omini qayta aytdi. Iso O'zi uchun bu payg'omni qo'llash bilan, O'zini Xudo bilan to'liq birlikdagi Hukmdor bo'lgan ahd Xudosi bilan tasdiqladi. Iso oldida o'tirgan oqsoqollarni Uning oyoqlari ostiga yiqitadigan Xudoning dushmanlari deb hisobladi. Iso ilohiy guvohligini va Uning hukmdorlariga qarshi hukmlarini tugatganda, U Donyor Kitobida (7;13-14) eslatib o'tilgan Inson O'g'li ekanini isbotladi. U barcha xalqlarni hukm qilish uchun ulug'vorlik bilan kiyingan, samoviy Otasi orqali boshqarilgan, osmon bulutlarida keladigan Xudodir. Iso hech qanday huquqlaridan chekinmadi. U O'zini barhayot Hukmdor deb e'lon qildi va hukm chiqaruvchilarini jarohatlash shahodati bilan hukm qildi.

IBODAT: Bizning solih Rabbimiz Iso Masih, Sen O'zingni xalqingning boshliqlari oldida aniq tan olding. Sen ilohiyligingdan bosh tortmasdan, balki Sen Inson O'g'lining tanasidagi Xudoning O'g'li ekaningni Eski Ahdning va'dalarini bog'lash qasami orqali e'lon qilding. Sen hukm yurutuvchilaringni Senga ishonib, sajda qilishlari uchun chaqirding, chunki Sen va'da qilingan Masihsan va Xudoning O'zisan. Biz Seni ulug'laymiz chunki Sen bir gapda xalqingning boshliqlarini tavba qilishga va Senga o'zlarini bag'ishlashga chaqirding, agar ular tavba qilmasalar Sening oxirgi hukming ularga tushadi. Biz Seni ulug'laymiz chunki Sen tinglovchilaring o'zlarining shaxsiy qarorlariga javobgar bo'lishlari uchun, tushunchalariga ko'ra shahodating orqali ularga hokimyatingni oshkor qilding.

SAVOL:

  1. Yahudiylarning Oliy Kengashi oldidagi Isoning yagona shahodatining mohiyati nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:05 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)