Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 245 (Jesus Heals His Attacker)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

14. Iso Unga hujm qiluvchining Qulog'ini Shifolaydi (Matto 26:51-56)


MATTO 26:51-54
51 Shunda Iso bilan birga bo'lganlardan biri qilichini qinidan sug'irib, qulochkashlab oliyruhoniyning qaroliga dast soldi-da, qulog'ini uzib tashlada. 52 Lekin Iso unga: - Qilichingni joyiga qaytarib qo'y! Qilich ko'targan bari qilichdan halok bo'lur. 53 Yoki o'ylaysanki, Men Otamga iltijo qilolmaymanmi? U Menga hoziroq o'n ikki tumandan ko'proq farishtalarni yuborishi mumkin. 54 Biroq u holda bularning sodir bo'lmog'i kerakligi aytilgan oyatlar bajo bo'larmikin?
(Ibtido 9:6, Matto 4:11)

Butrus samoviy Shohlikni o'zining qilichi va kuchi bilan himoya qilishni xohladi. Lekin Masih uni zo'ravonlikdan qaytardi, chunki Uning shohligi faqat mehribonchilik, yumshoqlik va sevgi orqali keladi. Masih shunday qilish bilan sevgi va hurmat uchun ilohiy maqsadiga va chaqiruviga qarshi chiqadigan har qanday urushni rad etdi. Rabbiy O'zining ixtiyoridagi o'n ikki tumandan ko'proq farishtalardan foydalanmadi yoki bu dunyoni qutqarish uchun Uning o'limi va tirilishi kerakligini oldindan aytgan Muqaddas Ruhni sinamadi. U dushmanlarini sevdi va ularning oldida U kecha, bugun va abadiy O'sha ekanini tan oldi. Shuning uchun zo'rlik bilan fikrlaringizni ishlatishga harakat qilmang. Aksincha, sabr-toqatli bo'ling, o'zingizni Rabbiyga topshiring va oxirigacha dushmanlaringizni seving.

Masihning xizmatkorlari uchun urush qurollari tanaviy emas balki ruhiydir. Shuning uchun, biz jonga ko'ra urushmasligimiz kerak (2 Korinfliklarga 10:3-4). Biroq, ba'zi imonlilar o'zlarining haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda turushlari kerakligini o'ylashadi. Ular urush umumiy tinchlik va buyrug'ning himoyasi uchun kerak deb turib olishadi. Hatto ular biz iblisga qarshi chiqmasligimiz kerak deb rozi bo'lishadi (Matto 5:39). Masih xizmatkorlari zoravon qo'llar bilan xushxabarini tarqatishlarini xohlamaydi. Lotincha matal deydi, “E'tiqod majburlanmaydi; va bu o'ldirish orqali emas, balki o'lish orqali himoya qilinishi kerak.”

Masih Rabbiyning so'zini yana bir bor eshitishi uchun Butrus qulog'ini kesib yuborgan xizmatkorning qulog'ini shifoladi. Qilich qulog'ini yerga tashlaganini va uni o'ldirishi mumkin bo'lgan “dushmani” tomonidan o'z joyiga qaytganini ko'rgan xizmatkorning ajablanishini tasavvur qiling. Bu shifo bizga inoyat orqali Iso dushmanlarini kechirishini va ularga tekinga Xudoning shohligini ochishini isbotlaydi.

MATTO 26:55-56
55 Shundan so'ng Iso olomonga qayrilib dedi: - Sizlar Meni hibsga olish uchun qaroqchiga qarshi chiqqandek qilichlaru tayoqlar bilan qurollanib kelibsizlar. Men bo'lsam, har kuni ma'badda ta'lim berib, sizlar bilan birga o'tirar edim, sizlar-chi Meni qo'lga olmadinglar. 56 Lekin bularning hammasi payg'ambar oyatlari bajo kelishi uchun sodir bo'ldi. O'shanda hamma shogirdlari Isoni qoldirib, qochib ketishdi.

Iso qotillarini sevdi va ularga qarshi O'zini himoya qilmadi. U ularga yumshoqlik bilan tanbeh berdi va ularga ikkiyuzlamachiliklarini, qo'rqoqliklarini va qo'rquvni ko'rsatdi. Iso ularda hech qanday Uning ustidan hokimlik yo'qligini aytdi. U ham Masih G'ayriyahudiylarga gunohlaridan ularni qutqarish uchun topshirilishini va Xudo Cho'ponni jarohatlaydi va qo'ylar tarqab ketishini aytgan payg'omni qayta aytdi.

Bu payitgacha, shogirdlar Isoga yaqin bo'lishgan edi. Lekin ular Xudo Isoni dushmanlarining qo'liga topshirishini eshitishganida, ular noumid kishilar kabi tunga qochib ketdilar. Ular hamma umidni yo'qotgan edilar!

IBODAT: Rabbiy Iso, Sening yuraging yumshoq va kamtardir. Sen O'zingni Otangning irodasiga topshirding va Senga qarshi bo'lgan hukmni, haqoratlarni va hatto o'limgacha bo'lgan azobni olding. Bizga qarshi bo'lgan ilohiy hukmdan bizni qutqarish uchun sharmandali o'lim bilan o'lding. Hamma gunohlarimiz uchun bizni kechir. Biz sevging orqali harakatlanishimiz uchun, hukming qilichidan qochishimiz uchun, irodanga ko'ra kamtarlik bilan yurishimiz uchun va Sen istagan joyga borishimiz uchun bizni so'zingni tinglashga va Senga ishonishga o'rgat.

SAVOL:

  1. Isoning bog'lanishi nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:03 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)