Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 234 (Shrouding of Christ)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

3. Masihni Kafanlash (Matto 26:6-13)


MATTO 26:6-13
6 Iso Baytaniyada moxov Simunning uyida ekan, 7 bir ayol Uning oldiga keldi. U ganchdan yasalgan idishda juda qimmatli atir moy keltirib, Iso dasturxon oldida o'tirgan payitda Uning boshiga quydi. 8 Shogirdlari buni ko'rgach, g'azablanib: - Bu isrofgarlikning nima keragi bor? 9 Bu moyni katta bahoga sotib, pulini kambag'allarga bo'lib berish mumkin edi-ku! - deyishdi. 10 Iso aytilganlarning farqiga borib, shogirdlariga dedi: - Nega ayolni xijolatda qoldiryapsizlar? U Men uchun ezgu ish qildi. 11 Kambag'allar har doim sizlar bilan birga, lekin Men doim sizlar bilan birga bo'lmayman. 12. Ayol bu moyni tanamga to'kib, Meni ko'mishga tayyorladi. 13 Sizlarga chinini aytayin: Injil Xushxabari dunyoning qaysi yerida targ'ib qilinsa, bu ayol ham eslanib, uning qilgan ishi yodga olinadi.
(Luqo 7:36-50, Yuhanno 12:1-8, Qonunlar 15:11)

Shohlar, bosh ruhoniylar va payg'ambarlar samoviy burchlarini bajarish uchun Muqaddas Ruhning yashashini ko'rsatish uchun moylanganlar. Xuddi shu yo'l bilan, Lazarning singlisi Maryam Isoni moylash uchun Uning tanasiga hushboy yog'ini surtish uchun Muqaddas Ruh tomonidan harakatlangan. Masih Xudoning butun to'liqligi tanaviy bo'lib yashagan haqiqiy moylangan Rabbiy bo'lgan. O'lim uchun bu moylanish Otasining irodasi bilan birlikda bo'lgan. Bu suyukli Masihni ulug'lash uchun hayotining xazinalarini bergan ayolning qurbonligi orqali bajo bo'ldi.

Biz boshqalar orqali yoki o'zimiz orqali Rabbiy Isoga beriladigan hech qanday narsani isrof qilmasligimiz kerak. Uning xizmatida vaqt ketganligi va ishida pul ketganligi bu zoe ketmaydi. Hatto bu suvga tashlagandek tuyuladi, biz buni ko'p kunlardan keyin yana topamiz (Voiz 11:1).

Shogirdlar Uning boshiga quyilgan moy isrof bo'ldi deb o'ylashdi. Lekin Iso ularga dedi, “Agar mamlakatingizning urf-odatiga ko'ra, o'lik tanaga ko'p moy surtilganida, siz shikoyat qilmas edingiz va bu isrof bo'ldi deb o'ylamagan bo'lardingiz.” Bu ayol surtgan moy tana o'lik kabi yaxshidir, va uning muhabbati bu sabab uchun juda qimmatdir. Shuning uchun, bu isrofgarchilikdan ko'ra Isoning o'limi uchun tayyorgarlik deb hisoblanishi kerak.

Masihning shogirdlari bu atir moyni sotib, pulini och va bechoralarga berish kerak deb aytishdi. Biroq, Masih Maryamning mehribonchiligini ilohiy maqtov bilan maqtadi. Iso uning xizmatini O'zining xochga mixlanib, ko'milishi uchun tayyorgarlikdek bilib, dunyo bo'ylab bildirdi.

IBODAT: Rabbiy Iso, biz Seni maqtaymiz chunki Sen bu ayolga biz uchun ko'milishinga yaqinlashib, o'liming uchun moylash kabi bu qimmatbaho moy bilan Seni moylash uchun bu ayolga ruhsat berding. Biz Sendan minnatdormiz chunki Sen shogirdlaring juda qimmatbaho atir moyga qarab, lekin Sening vaqt-soating kelayotganini tushunishmaganida ularning yuraklarini ochding. Sen bizlarga biz bilan doim kambag'allar birga ekanini ochding va bizni noming bilan ularga xizmat qilishimiz uchun turtki berasan. Sen ular buni bilganmi yoki tushunganmi yoki yo'qmi, ular uchun ham o'lding. Ular Sening mehringa, sevginga to'lib, xizmatga muhtoj bo'lgan kishiga xizmat qilishlari uchun Muqaddas Ruhning boshqaruvida ehtiyotkorlik bilan ularga yordam berishimiz uchun bizni boshqar.

SAVOL:

  1. “Kambag'allar doim sizlar bilan birgadir” degan ibora nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 09:39 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)