Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 219 (The End of the Worlds)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

9. Dunyoning Oxiri (Matto 24:32-36)


MATTO 24:32-36
32 Anjir daraxtidan ibrat olinglar. Uning shohlari ko'karib, barg chiqaryotganidan yoz yaqinlashganini bilasizlar. 33 Xuddi shunday sizlar ham bularning hammasini ko'rgach, bilinki, U yaqindir, eshik oldida turibdi. 34 Sizlarga chinini aytayin: bu nasl o'tmasdanoq, bularning hammasi sodir bo'ladi, 35 Yeru osmon bitar, lekin Mening so'zlarim bitmas. 36 U kun va u soat haqida birgina Otamdan boshqa hech kim bilmaydi, osmondagi farishtalar ham bilmaydi.
(Ishayo 51:6, Matto 5:18, Havoriylar 1:7, Mark 13:28-32, Luqo 21:29-33, 12:39, 40)

Masih yer-yuzi, oy va yulduzlar yo'q bo'lib ketishini karomat qildi. Muqaddas Ruh ham bu hodisalarni Havoriy Butrusga ochib bergan va bularni ikkinchi hatida, 3:8-13 oyatlarda tushuntirib bergan. Biroq, juda mehrli Xudo solih va tinchlik yashaydigan yangi osmonni va yangi yerni yaratishga va'da bergan. Masihning izdoshlari abadiy hursandchilikda bir oila bo'lib Xudo bilan yashaydilar.

Masihning so'zlarini yuragingizda saqlang, chunki ular insoniyat uchun eng buyuk hazinadir. Ular bizni halokatdan abadiylikka olib boradi va gunohdan solihlikka olib boradi. Teleko'rsatuvni tomosho qilishdan ko'ra Masihning so'zlarini ko'proq tinglang. Buning kuchiga ishonib, bunga ko'ra harakat qiling, shunda siz Xudoning yangi dunyosida qatnashasiz. Agar siz safar qilishingizga to'g'ri kelsa, mamlakatdan qochishga to'g'ri kelsa yoki harobalikdan yashirin joyga qaytishga to'g'ri kelsa, eng muhim narsa to'rvangizga (pul, oltin yoki kiyimlardan ko'ra) Muqaddas Kitobni solishingiz kerak, chunki bu qalbingiz uchun ruhiy ozuqadir. Dono bo'ling, hech qachon Xudoning so'zlaridan o'zingizni ajratmang. Uning so'zlari hatto butun olam yo'q bo'lib ketsa ham hech qachon o'zgarmaydi. Uning so'zlari o'zgarmasdir, va Masihning O'zi Xudoning So'zidir.

Masihning So'zi osmon va yerdan ko'ra aniq va o'zgarmas. U gapirganmi? Va U buni bajarmaydimi? (Ishayo 38:15) Osmon ustunlari va yer-yuzining poydevorlari g'arq bo'lganda, Masihning So'zi to'la kuch va halollikda qoladi.

Biz hamma narsalarni batafsil bilmasak ham, Masihning kelishiga tayyor bo'lish uchun sodir bo'ladigan ko'p narsalrni tan olishimizga to'g'ri keladi. Faqat ahmoqlar hamma narsani bilishga da'vo qilishadi. Masih ahillikda Otasidan boshqa hech kimsa bu olamning oxirgi vaqtu soatini bilmasligini ochib beradi. Masih tirilishidan va o'lim ustidan zafar qozongandan keyin, U osmonu yerda butun hokimyat Unga berilganligini tasdiqladi. Patmos orolidagi Uning vahiysida Havoriy Yuhanno so'yilgan Qo'zi qiyomat qoyimning izoxini o'z ichiga olib, faqat yozuv varog'ini ochishga va uning muhrini buzishga loyiq bo'lgan Xudoligini ko'rgan. Shunindek, insoniyatning tarixi Masihning qo'llaridadir.

IBODAT: Rabbiy Iso, biz Senga sajda qilamiz chunki Sen shohlarning Shohisan, rabbiylarning Rabbiysisan va Sening qo'lingda barcha insonlarning kelajagi bor. Bizning befarqliklarimiz va e'tiborsizliklarimiz uchun bizlarni kechir. Biz umidsizlik bilan emas, balki minnatdorchilik bilan kelishingga tayyor bo'lishimiz uchun olamning oxiri haqida o'ylashga bizni o'rgat. Sen bizning aniq Umidimiz ekaningni bizga e'lon qiladigan so'zlaring uchun Seni ulug'laymiz.

SAVOL:

  1. Iso anjir daraxtining masali haqida nimani e'lon qildi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:59 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)