Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 184 (Jesus’ Entrance into Jerusalem)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
A - MA'BADDAGI TORTISHUV (Matto 21:1 - 22:46)

1. Isoning Quddusga Kirishi (Matto 21:1-9)


MATTO 21:6-9
6 Shogirdlar yo'lga tushib, Iso ularga buyurganiday qildilar. 7 Eshak bilan xo'tikni keltirib, ularning ustiga kiyimlarini yukladilar. Iso esa minib oldi. 8 Xalqning ko'pchilik qismi o'z kiyimlarini yo'lga payondoz qildi. Ba'zilari esa daraxt shoxlarini kesib, yo'lga to'shadilar. 9 Oldda va orqada yurayotgan xaloyiq: “Dovud O'g'li mangu yashasin! Xudovand nomidan Kelayotgan muborak! Ko'klardan najod yuborgin!” - deb hayqirishar edi.
(2 Shohlar 9:13, Zabur 117:25-26)

Masih eski va'dalarga ko'ra kelgan. U shohlar va g'oliblarga o'xshab ot minmasdan, balki eshakka minib, yuragida Xudo tinchligini olib kelib, Sevgi Shohining yurishida Quddusga kirib bordi. Xudoning O'g'li hukmda, qahr-g'azabda va qattiq qo'llikda emas balki solihlikda va kamtarlikda keldi. U yo'ldan ozayotganlarni qo'lga kiritish uchun kelgan. U Oliy Ruhoniy va Xudo Qo'zisi kabi odamlarining gunohlari uchun O'zi orqali to'lovni bajardi.

Biroq, xalq Uning birinchi kelishining maqsadi nima ekanini tushunmadi. Ular kuch-qudrat, ulug'vorlik va farovonlikning yangi asrini kutishgan edi. Shunda ular xalqni Xudo bilan yarashtirishdagi bosh ruhoniy uchun nomlangan so'zlardan quvonishdi. Lekin ular yuraklariga Xudoning kechirimini qabul qilishni o'rniga, Rimni egallab olish maqsadi uchun Xudoning yordami va inoyatini qidirishdi.

Masihni o'zlarining Shohlari deb bilganlar yo'lga kiyimlarini to'shagan olomondek, Uning oyoqlari ostiga o'zlaridagi borini qo'yishlari kerak. Masih kelganida, Bosh eging, U ko'rib chiqadi degan so'z qalblarga gapirilishi kerak (Ishayo 51:23). Shogirdlar eshak ustiga kiyimlarini to'shagan payitda, odamlardan ba'zilari yo'lga kiyimlarini va daraxt shoxlarini to'shadilar. Bu ozodlikni, g'alabani va hursandchilikni ifodalash uchun maqsad qilingan Chodir Bayrami mobaynidagi an'ana harakati bo'lgan. Bu bayram xushxabar davrlarining mazmunida ham gapiriladi (Zahariyo 14:16).

Bugun, Masih odamlar oldiga Ruhining kuchida keladi. Siz bu yorliqni e'tirof etasizmi? U sizda yashash maqsadi uchun Xudoning inoyatini sizga ochib beradi. Siz nima qilasiz? Unga sajda qilasizmi? Og'zingiz Uni ulug'laydimi? Odamlar kiyimlarini Uning oyoqlari ostiga to'shagani kabi, siz ham o'zingizni va qobilyatlaringizni Uning ixtiyoriga qo'yasizmi? Xudoning O'g'li kelyapdi. Siz Uni qanday qilib qabul qilasiz?

Bu vaqt davomida, Yahudiylar Rim mustamlakasining jabri ostida yashayotgan edilar. Ular Masihni Rimga qarshi Undan kuch olishni umid qilib, g'ayrat bilan Masihni qabul qilishgan. Lekin Iso ularga siyosiy yordamni va'da qilmagan, yoki ularning dunyoviy maqsadlariga erishish uchun ularga yordam berishni taklif qilmagan. Shunga o'xshab, Xudo sizni oliy tabaqaga ko'tarmaydi yoki sizga tanaviy bo'yliklarni hadya qilmaydi. Balki U sizni takabburlikdan sevgiga va tanaviylikdan abadiylikka olib boradi. Agar siz Uni tanaviy sabablar uchun qabul qilsangiz, siz tez orada Uni rad etishingiz mumkin. Biroq agar siz gunohlaringiz uchun Uning kechirimini so'rasangiz va Uning tinchligini qidirsangiz, U sizning yuragingizni ochib unda yashaydi. Keyin abadiy hursandchilik hayotingizni to'ldiradi.

IBODAT: Ota, Sen mening tomim ostiga kelishingga men loyiq emasman. Ko'plab yuraklar va xalqimizning fikrlari bilan birga meni poklab abadiy bizning ichimizda yashagin. Kuch-qudrating bilan bizni muqaddaslagin. Faqat bizning oldimizdan o'tib ketmasdan, balki biz bilan va dunyo bo'ylab kutayotgan Seni qidiryotgan barcha bilan ham qolgin.

SAVOL:

  1. Biz Masihning Quddusga kirishidan nimani o'rganishimiz mumkin?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 07:49 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)