Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 159 (Epileptic Boy Cured)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Hebrew -- Hungarian? -- Indonesian -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Spanish? -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

o) Bola Shifo topdi (Matto 17:14-21)


MATTO 17:14-18
14 Ular xaloyiq yoniga kelganlarida, bir odam Isoning oldiga kelib, tiz cho'kdi-da: - Hazrat, - dedi, - o'g'limga rahming kelsin! Uning tutqanog'i bor, u juda azobda qoldi. Dam olovga, dam suvga tashlanadi. 16 Bolamni Sening shogirdlaringga ko'rsatdim, ammo ular uni tuzatisholmadi. 17 Iso javob berib: - Ey imonsiz, buzuq nasl-ey! Qachongacha sizni yoqlayveraman? Qachongacha sizga chidayin? Bolani bu yerga, Mening oldimga keltirtinglar! - dedi. 18 Iso jinga do'q urgach u boladan chiqib ketdi. Bola o'sha zahoti tuzaldi.
(Mark 9:14-29, Luqo 9:37-42)

Masih gunohkorlarning vodiysiga o'zgarish tog'idan keldi. U tog'da Muso va Ilyos bilan suhbatlashdi, lekin U vodiyda yovuz ruhga chalingan bolaning oldiga keldi. Bu o'zgarish to'gda ulug'vor ko'rinish haqidagi fikrlar bilan qamrab olingan shogirdlarga zarba edi. Masih jinga chalinganlarni qutqarish uchun kurashda haqiqiy hayotga ularni olib keldi.

Shogirdlar bu bolani ozod qilolmadilar yoki undan bu nopok ruhlarni haydab chiqara olmadilar, hatto ular Masihning nomidan harakat qilgan bo'lsalar ham. Ularning imonlari kuchsizlandi chunki Masih O'zining o'limi haqida gapirgan edi. Ularning yuraklari qo'rquvga tushdi va ular havotirga tushib qoldilar.

Masih shunday ruhiy bo'linishni va Xudoning boshqaruviga bo'lgan kam itoatkorlikni “imonsizlik” deb ataydi. Xudoning irodasi bilan yashamasdan balki o'zining irodasini bajaradigan kishi o'zini o'ylaydi va o'jar imonsizdir. Ota va uning jinga chalingan o'g'li, olomonlar, o'qimishli ulomolar va hatto shogirdlar Xudoning sevgisi va Uning najod rejasi bilan birlikda emas edilar. Shuning uchun ular kuchsiz va kuchisizliklaricha qoldilar.

Shayton ustidan bo'lgan Masihning g'alabasi O'zining so'zining kuchi bilan bunga erishdi; bu Uning og'zidan chiqadigan qilichdir (Vahiy 19:21). Shayton hatto insonlarning yuragini uzoq vaqt egallab olgan bo'lsa ham, u Masihning tanbehlari oldida turolmaydi. Boshliqlar va kuchlar bilan kurashyotganlarga bu daldadir, Masih bularni kuchsizlantirdi, va “ularni O'zining tantanali yurishida yurgizib, rasvoi olam qildi.” (Kolosaliklarga 2:15).

O'zingizni imtihon qiling! Iso bilan birligingizga nima halal beradi? Nima uchun imoningiz kuchsiz va qudratsiz? Sevgingiz insonlarga va Xudoga nisbatan sovidimi va o'zingizning eski o'zligingiz uchun hali o'lmadingizmi? Sizning itoatsizligingizni ochib tashlash uchun va g'alayonchi yuragingizni yengib chiqish uchun Masihdan so'rang. Keyin Buyuk Vrach orqali shifoga muhtoj bo'lgan kasallarni Masihga olib keling. Sevgi otasiga, “Rabbiy, e'tiqod qilaman; e'tiqodsizligimdan qutqargin!” (Mark 9:24).

Masih darhol imonda kuchsiz bo'lgan otaning ibodatlariga javob bergan, va uning o'g'lidan yovuz ruhni haydab chiqardi. Agar biz harakat qilish uchun imon bilan Isodan so'rasak, Masihning kuchi nopok ruhlar bilan to'sqinlik qilmaydi. Masihga qayting, hatto g'am cheksangiz ham va hech narsaga qobilyatsiz bo'lsangiz ham. Sizda va atrofingizda Isoning g'alabasini bajarishni Undan so'rang. Ruhingiz tushmasin yoki qiyin holatlarga tushmang, balki Rabbingizni kuchiga ishoning va doyim imon bilan Unga ibodat qiling.

IBODAT: Samoviy Ota, ruhlar va iblislar Sening sevimli O'g'lingning yo'lida turolmaydi, chunki U qudratli, kamtar va muqaddasdir. Biz Senga rahmat aytamiz chunki O'g'ling Shaytondan yovuz ruhga chalingan bolani ozod qildi va uni haydadi. Biz Iso nomi bilan imonimizni kuchli qilishingni so'raymiz, va hamma nopok ruhlar bizning suyukli bolalarimiz va do'stlarimiz iblisning hukmi ostidagi balchiqqa o'zlarini otmasdan, balki Senga ergashish uchun va abadiy Senda qolishlari uchun to'liq ozod bo'lishlari uchun ulardan ketsin. Omin.

SAVOL:

  1. Iso shogirdlarini bu boladan yovuz ruhni chiqara olmaganliklari uchun qanday qilib ularga tanbeh berdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:49 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)