Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 155 (Jesus First Prediction of His Death and Resurrection)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

l) Iso Birinchi O'limi va Tirilishi haqida Aytishi (Matto 16:21-28)


MATTO 16:27
27 Inson O'g'li O'z Otasining ulug'vorligida, farishtalari bilan kelishida, har kimni o'z qilmishiga yarasha taqdirlaydi.
(Matto 13:40-43, Rimliklarga 2:6)

Masih sizga Xudoning hukmidan qochib ketolmaslikni aytadi. Xudoning O'g'li bu dunyoni hukm qilish uchun samoviy Otasining ulug'vorligida Inson O'g'li bo'lib keladi. Ikkinchi marta Masih shogirdlari oldida ulug'vorlikda kelishining vahiysini va osmonning ulug'vorligini e'lon qilgan (Matto 13:40-43). Bu hodisa insoniyatning butun tarixining maqsadidir. Shunday qilib, kim o'zini U bilan uchrashish uchun tayyorlayapdi? Shunday deb vijdoningizni boshqarmang, “Hali vaqt bor, va hukm hali uzoqda.” Aziz aka-uka va opa-singillar, Xudo bilan munosabatingiz vaqt yoki o'limning yaqinligi bilan bog'lanmaganligini bilib qo'ying. Agar siz bugun o'lsangiz, siz qanday qilib Xudo oldida turasiz?

Bizning ishlarimiz buzuq va bizni oqlash uchun qoniqarli emas. Siz barhayot Hukmdorga nima taqdim etasiz? Siz Uning oldida yalang'och va uyatdan turasiz. Uning oldida turganingizda Unga nima deysiz? Siz Uning oldida gapira olmaysiz, na Unga qaray olasiz. U sizga tanbeh berib, shunday deb sizga buyuradi, “Siz badkirdorlar, Mendan ketinglar!” abadiy og'riqning oloviga. Chunki siz na o'zingizdan kechdingiz, na xochingizni ko'tarib yurdingiz, endi ko'payib ketgan jazongizni olasiz.

Ammo siz gunohlaringizni tan olib, xochingizni ko'tarishda Masihga ergashgan bo'lganingizda, siz shunday deb Xudo O'g'lining yupatuvchi ovozini eshitgan bo'lardingiz, “Ha, yovuz inson, siz haqiqiy gunohkorsiz, lekin siz barcha gunohlaringizni tan oldingiz va Mening qutqaruvimga ishondingiz. Gunohlaringiz imon orqali Men bilan a'loqangiz tufayli kechiriladi. Men sizni qabul qildim va sizda yashayapman, va Mening kuchim o'limingizni hayotga va haqiqatga o'zgartirdi.

Rabbimiz Iso eng buyuk dunyoviy hukmdor biror marta qilmagan mukofot va jazolarni tayorlash uchun muqaddas hukmdordek keladi. Har bir kishi bu dunyodagi yutuqlariga ko'ra emas, balki ular qanday bo'lganiga va nima qilganiga qarab mukofotlanadilar. Bu kunda xoinlarning yolg'onlari abadiy barbod bo'lish bilan jazolaniladi, va sodiq xizmatkorlarining mustahkamligi hayot toji bilan mukofotlanadi.

Endi sizning oxirgi hukm tomon munosabatingiz qanday? Siz Masih bilan mixlanganmisiz, va U hozir sizda yashaydimi? Yoki siz hali ham adashib, o'lim va barbotchilik bilan hukm qilingan bu dunyoda adashib yuribsizmi?

IBODAT: Ey Masih, iltimos men Sening oyoqlaringni o'pishim uchun menga yordam ber, chunki Sen men gunohkor bo'lganimda meni o'pding, poklading va men buyuk sevging tufayli va mening o'rnimga bo'lgan o'liming tufayli hukm va olovga kirmasligim uchun meni talabsiz muqaddaslading. Mening hayotimni qabul qil, va men najoding va kelayotgan hukm haqida Muqaddas Ruhning boshqaruvi bilan do'stlarimga aytishim uchun va ular Sendagi imon orqali olovdan qutqarilishlari uchun qutqaruving haqida minnatdorchilikda menda nima bo'lsa hammasini qabul qil.

SAVOL:

  1. Biz Inson O'g'lining kelayotgan hukmidan qanday qilib qochamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:45 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)