Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 149 (Peter’s Decisive Confession)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

j) Butrusning Isoning Ilohiyligi Haqidagi keskin Tan olishi (Matto 16:13-16)


MATTO 16:13-16
13 Filip Kesarya atroflariga kelgan Iso O'z shogirdlaridan so'radi: - Odamlar Meni, Inson O'g'lini, kim deb hisoblaydilar? 14 – Ba'zilari Yahyo payg'ambar deb, boshqalari Ilyos payg'ambar deb, yana birlari esa Yeremiyo yoki bo'lak payg'ambarlardan biri deb hisoblaydilar, - dedi shogirdlar. 15 Iso ulardan: - Sizlar-chi, Meni kim deb hisoblaysizlar? - deb so'ragach, 16 Simun Butrus javob berib dedi: - Sen Barhayot Xudoning O'g'li- Masihsan!
(Matto 14:2; 17:10, Mark 8:27-30; 9:18-21, Luqo 7:16, Yuhanno 6:69)

Jalila xalqi yahudiylarning boshliqlaridan qo'rqib Masihni tark etganlaridan keyin, Iso shogirdlarini buyuk Hirodning o'g'illaridan biri bo'lgan Filipning shohligiga boshladi. U yerda Iso ozgina dam va tinchlik oldi, va O'zini zolimlardan erkin qo'ydi. Isoning izdoshlari voizlik qila olishlari uchun, ta'lim bera olishlari uchun va Uning o'limidan keyin Xudoning shohligini o'rnatishlari uchun ularni o'rgatishni davom ettirdi.

Masih shunday deb so'ramadi, “Nima uchun ulomolar va Farziylar men deb aytadi?” Ularni Isoga qarshi yo'ldan urgan edilar va ular Isoni Shayton bilan birgalikda yolg'onchi deb da'vo qilganlar. Iso “Men deb aytadigan kishilar kim?” deb so'ragan. Iso Farziylar nafratlangan oddiy odamlarga aytdi. Masih bilmagan kishi kabi bu savolni so'ramadi, chunki U insonlar nimani o'ylashini va ular aytadigan narsa haqida ko'p biladi! Oddiy odamlar shogirdlar o'z Ustozlari bilan suhbatlashishlariga qaraganda ko'proq ular bilan suhbatlashishdi, shuning uchun Iso ular shivirlab sirli gaplashgan narsalarini ochiqchasiga gaplashishlari uchun ularni boshqarishni xohladi. Masih kimligini ochiq aytmadi, balki Uning ishlaridan odamlar buni tushunishlariga qo'yib berdi (Yuhanno 10:24-25). Endi Masih havoriylari Uning nomi bilan qilgan mo'jizalaridan va ulardan odamlar qanday tahminlar qilishlarini istadi.

Ko'pincha Masih O'zini “Inson O'g'li” deb atagan. Bu degani, Masih shogirdlariga va bizga o'xshagan inson bo'lganligidir. Biroq, bu nom eng buyuk mo'jizani o'z ichiga oladi; Xudo bizga yaqin bo'lish uchun va tanalarimizning kuchsizliklarini va vasvasalarini yengish uchun inson tanasida namoyon bo'ldi. Bu nom yana taxtda o'tiradigan va Otasining ulug'vorligida yana qaytib keladigan barhayot Hukmdor Isoni ham anglatadi. Iso hukmni bajarish uchun yuboradigan ko'plab farishtalar bilan nomoyon bo'ladi. Eski Ahd xalqi insonning samoviy qiyofasida buyuk qudratida Masihning kelishini anglatgan payg'ambar Donyorning kitobining 7 bobidan olingan “Inson O'g'li” den bu so'zlarni bilishar edi. Xushxabarchi Matto Isoning bu ismini 8,9,10,11, 12, 13, 16, 17, 18, 19, 20, 24, 25 va 26 Boblarda ma'nosi bilan birgalikda ko'p marta eslatib o'tadi. Biz Isoning bu ismini Yangi Ahdda sakson marotaba va Mattoda o'ttiz marotaba o'qiymiz.

Iso Otaning ishlari orqali Butrus o'rnidan turib keskin Muqaddas Yozuvning haqiqatini tan olgan joyda Iso shogirdlarini sabr-toqat bilan ilohiy mohiyatining tushunchasiga boshladi. Butrus asrlar osha sodiq payg'ambarlar kutgan va minglab yillar ilgari Xudo orqali va'da berilgan Shoh Dovud kabi Nasroniylik Isoni “Masih” deb chaqirdi. Iso shogirdlari orqali bu e'lon bilan O'zining ular bilan bo'lgan xizmatidagi tanqidiy nuqtaga yetib bordi. Bu vaqtdan boshlab Iso bu buyuk haqiqatda shogirdlariga ta'lim berish uchun va boshqarish uchun O'zini bag'ishladi.

Butrus Inson O'g'lini, Xudoning O'g'li, Muqaddas Ruhdan tug'ilgan va inoyat va haqiqatga to'la deb chaqirishga jur'at etib, o'zining shahodatini ochib berdi. Bu Yahudiy Sanhedrin tomonidan o'limga hukm qilingan Isoga ikta so'zlar “Masih” va “O'g'il” deb belgilash eslatib o'tiladi. Butrusning tan olishi agar omma ichida e'lon etilgan bo'lsa Iso va Uning izdoshlari uchun haqiqiy hatarligini anglatganligini ko'rsatadi.

IBODAT: Rabbimiz Iso Masih, biz Seni ulug'laymiz va sevamiz chunki Sen Inson O'g'lisan va shu bilan birga Xudoning O'g'lidirsan. Sen bizlarni gunohdan, o'limdan, va Shaytondan qutqargani va sevgida bizni Xudoning haqiqiy bolalari qilish uchun kelding. Biz Senga sajda qilamiz, quvonamiz va Sen Masih, Xudoning O'g'li va dunyoning Najodkori ekaningni eshitishni istaganlarga aytamiz. Eshitishga tayyor bo'lgan har bir kishi Sen Masih, Xudoning O'g'li ekaningni bilishi uchun va Seni hursandchilik bilan qabul qilishi uchun bizga dono shahodatni bergin.

SAVOL:

  1. Butrusning “Sen Masih, tirik Xudoning O'g'lidirsan” deb aytadigan guvohligi nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:38 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)