Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 110 (Aim of Preaching)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
C - O'N IKKI SHOGIRDLARNI VOIZLIK QILISHGA VA XIZMAT QILISHGA JO'NATILISHI (Matto 9:35 - 11:1)
3. OSMON SHOHLIGI TARQALISHNING USULLARI (Matto 10:5 - 11:1) -- ISO SO'ZLARINING IKKINCHI TO'PLAMI

e) Voizlikning Ulug' Maqsadi (Matto 10:40 - 11:1)


MATTO 10:41-42
41 Kim payg'ambarni payg'ambar deb qabul qilsa, u payg'ambarga yarasha exson oladi. Kim solihni solih deb qabul qilsa, u solihga yarasha exson oladi. 42 Kimki shogirdlik hurmati deb, bularning hatto eng kichigiga bir piyola sovuq suvgina ichirsa ham, chindan sizlarga aytamanki, u exsoniga sazavor bo'lur”.
(1 Shohlar 5:17; 8:24; Matto 25:40; Mark 9:41)

Payg'ambarning mukofoti uning payg'omining bajarilishidir. Uning umidi so'zida yolg'onchi bo'lib ko'rinish emas, balki Xudoning nomidan bo'lgan chorlovchi bo'lib ko'rinishdir. Ishayo Masihning kelishini go'dak kabi e'lon qilgan (Ishayo 9:5); Yerimiyo imonlilarning yuraklariga qonunning yashashini ko'rsatib bergan; Izekel yangi yurak Xudoning sov'gasi ekanini bashorat qilgan, holbuki Donyor dunyoviy shohliklar va oxirgi hukm tomon o'sishlar ustidan Masihning g'alabasini ko'rgan. Bu payg'ambarlar o'zlarining bashoratlari tezda bajarilishini istashgan. Ularning mukofotlari yer-yuzida najod va shohlik haqida Xudoning shohligi to'liq bo'lishi uchun Masihning qayta kelishidir.

Masih haqiqatdan kelgani uchun biz Ota Xudoga rahmat aytamiz. Uning ruhiy shohligi bu dunyoda o'zlarini kichik deb hisoblagan shogirdlaridadir. Ular dunyoviy qurollarsiz, sevgining ilohiy shohligiga ko'plarni erishtirish uchun shaharga kirib bordilar. Ulardan nafratlangan, quvg'in qilgan, ularni qamchilagan va o'ldirganlarning ko'plariga ular Xudo oldida kichik va kuchsiz bo'lib ko'ringanlari qanday ajablanarli! Lekin ularni qabul qiladigan kishi Xudoni qabul qiladi va ularga bir piyola sovuq suv beradigan kishi buyuk mukofotni oladi.

Agar ular Masihga ishonsalar, ularning va'da qilgan hayot noni Masihning O'zidir. Isoning bolalarining inoyati hayoliy umid emas. Bu Muqaddas ruhning kuchi, tavba qilganlarning yuragida Xudoning yashashi va abadiylikdan bo'lgan dunyoning umididir.

Masih qabul qiladigan Uning shogirdlariga bo'lgan mehribonchilik Masih uchun va Unga bo'lgan ko'z bilan bajariladi. Payg'ambar Rabbiysining nomidan qabul qilinishi kera va solih kishi uni oqlagan Xudoning nomidan qabul qilinishi kerak. Kichiklar “shogirdning nomidan” duo qilinishi kerak; shogirdlar o'rgangani uchun yoki aqilli bo'lgani uchun emas yoki ular bizning qarindoshimiz bo'lgani uchun emas, balki ular Masihning suratini olib yurgani uchundir. Ular ham payg'ambar va ham shogirdlardir va shuning uchun ular Masihning ishiga yuborilganlar. Bu Masihning xizmatorlariga qilingan mehribonchilikka ma'qul bahoni qo'yadigan Masihga bo'lgan ishonchdir.

IBODAT: Otamiz, dunyoga non, xalqlarga nur bo'lgan Masihni dunyomizga jo'natganing uchun Seni ulug'laymiz. U bizning mukofotimizdir. Agar biz Uni imon orqali qabul qilib, boshqalar oldida Uning muqaddasligini tan olsak, U ochlarni qondirib, chanqaganlarni chanqovini bosadi. Biz Sendan minnatdormiz chunki Sen isming uchun quvg'in bo'lganlarga g'amho'rlik qilasan va ularga umidsizlikda jonlanishni berasan.

SAVOL:

  1. Masihning payg'ambarlari, solihlari va izdoshlarining mukofoti nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 10:09 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)