Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 106 (Encouragement)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
C - O'N IKKI SHOGIRDLARNI VOIZLIK QILISHGA VA XIZMAT QILISHGA JO'NATILISHI (Matto 9:35 - 11:1)
3. OSMON SHOHLIGI TARQALISHNING USULLARI (Matto 10:5 - 11:1) -- ISO SO'ZLARINING IKKINCHI TO'PLAMI

c) Qiyinchilikdagi Jasoratlik (Matto 10:26-33)


MATTO 10:32-33
32 “Kimda-kim insonlar oldida Meni tan olsa, Men ham osmondagi Otamning oldida uni tan olaman. 33 Biroq kim insonlar oldida Meni inkor etsa, Men ham osmondagi Otamning oldida uni inkor etaman.
(Mark 8:38; Luqo 9:26; 2 Timo'tiy 2:12; Vahiy 3:5)

Masih sizga samoga chiqib ketganini tasdiqlab beradi. U ismingizni Xudo oldida esga oladi, chunki siz yer-yuzida Iso Masihning nomidan xizmat qildingiz. Yerdagi sizning tan olishingizda samoda aniq ta'sir bor. Xudoning O'g'lining O'zi ovozingizni taniydi, shuning uchun hurmatingizni va oilaviy tabaqangizni unuting va Iso Najodkoringiz va Shohlarning Shohi ekanini donolik va ochiqlik bilan gapiring. Mana shunda, siz abadiy Xudoning hotirasida qolasiz. Ko'p odamlar mahsus muruvvatning umidlarida ularning ismlarini prezidentlar, boshliqlar va shohlar bilishini istaydilar. Lekin sizning ismingiz agar siz do'stlaringiz, qarindoshlaringiz va dushmanlaringiz oldida Isoning nomini tan olsangiz Xudo oldida esga olinadi. Siz Isoning najodi, xochga mixlangani, ko'milgani va tirilgani haqida dalolat berasizmi? Yoki siz o'lik toshga, xotirasiz, hayotingizga o'xshaysizmi? Agar siz ochiq guvohlik berolmasangiz, Rabbiy Isodan siz Unga ibodat qilganingizdan keyin guvohlik berishingiz uchun qulay payitni sizga ko'rsatishini so'rang. Iso uchun shahodatiga e'tibor bermaydigan va Undan bosh tortadigan kishining nomi osmonda bo'lmaydi. Faqat ishonch kabi Masihga bo'lgan imoningiz yetarli emas, chunki guvohlikning minnatdorchiligi har doim sizdan chiqishi kerak.

Agar siz Isoni sevsangiz, Uni tan olasiz. Xudoning Ruhi sizni Najodkoringiz Masihning nomini e'lon qilishga undaydi. Lekin siz ichingizdagi Muqaddas Ruhni mensimasdan Uning rahbarligiga qarshi tursangiz va Najodkor haqida boshqalarga aytmasangiz, siz O'zingizni Xudoning kuchidan ajratasiz. Kelin o'z kuyovini sevadi, agar kelin kuyovi haqida gapirmagan bo'lsa uning sevgisi sovib g'oyib bo'ladi. Sizning guvohligingiz ham shundaydir. Bu imoningizning isbotidir. Muqaddas Ruhning boshqaruvi ostida Iso uchun guvohlik va dono gapsiz, imoningiz umuman samarasizdir.

Masihga faqat ishonish va Unga xizmat qilish emas, balki biz bajarish uchun chaqirilganimizda Unga bo'lgan imonimiz uchun azob tortish ham bizning yutig'imizdir. Biz hech qachon Masih bilan birligimizdan, Unga bog'liqligimizdan va Undan bo'lgan umidimizdan uyalmasligimiz kerak. Bu orqali, imonimizning samimiyligi guvohlikdir – Uning ismi ulug'lansin va boshqalar ta'lim olsin.

Biroq bu hozir bizga tanbeh berishni muammo keltirishni ochib beradi, bu Masihning (ko'proq nima bo'ladi?) “Men Uni tan olaman” deb aytishini eshitish uchun bizning izohlab bo'lmas sha'nimiz va xursandchiligimiz bo'lganida, odillikning tirilishida bu uchun mo'l-ko'llik bilan mukofotlanamiz.

Insonlarning oldida Masihdan bosh tortish va Uni rad etish havfli narsadir. Iso ular Unga muhtoj bo'lganlarida, buyuk kunda shunday qilganlarni rad etadi. Masih xizmatkorlari bo'lmaganlarning Ustozi bo'ladi: “O'sha vaqtda Men ularning yuziga qarab: Men sizlarni hech qachon tanigan emasman. Ey badkirdorlar, Mening oldimdan ketinglar!” deydi. (Matto 7:23).

IBODAT: Ey Rabbiy Iso, Sen tiriksan. Sening shafoating bizning kuchimiz va umidimizdir. Bizni quvg'in qilganlardan biz qo'rqmaymiz, chunki hayotimiz Sen bilan yashiringan. Iltimos biz Sening ismingni jasurlik bilan va donolik bilan e'tirof etishimizni bizga o'rgat va biz uchun bo'lgan sevgingni e'lon qilish uchun Ruhingning botirligini bizga ber. Hatto boshimizning tolasini hisoblaydigan, bizga g'amho'rlik qiladigan samoviy Otamiz oldida nomlarimizni eslatishing uchun Senga rahmat aytamiz.

SAVOL:

  1. Nima uchun insonlardan va o'limdan qo'rqish bizga taqiqlangan?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 10:03 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)