Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 105 (Encouragement)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
C - O'N IKKI SHOGIRDLARNI VOIZLIK QILISHGA VA XIZMAT QILISHGA JO'NATILISHI (Matto 9:35 - 11:1)
3. OSMON SHOHLIGI TARQALISHNING USULLARI (Matto 10:5 - 11:1) -- ISO SO'ZLARINING IKKINCHI TO'PLAMI

c) Qiyinchilikdagi Jasoratlik (Matto 10:26-33)


MATTO 10:29-31
29 Ikkita chumchuq bir tangaga sotilmaydimi? Ammo Otangiz rozi bo'lmasdan, ularning bittasi ham yerga tushmaydi. 30 Sizlarga kelganda, boshingizdagi sochlarning hammasi ham sanalgandir. 31 Shuning uchun qo'rqmanglar sizlar talay chumchuqlardan ko'ra qadirliroqsiz.
(Matto 6:26; Havoriylar 27:34)

Samoviy Otamiz Qudratli va Jabbordir. U hamma chumchuqni biladi va bu uchun qayg'uradi. Ulardan hech biri Uning xohishisiz yerga qulamaydi. Boshimizdagi har bir tola sanalgandir. Siz boshingizda qancha soch tolasi borligini bilmaysiz, lekin samoviy Otangiz biladi. Biz imkoniyat bilan o'lmaymiz, yoki behudaga azob tortmaymiz, lekin sevimli Otamizning irodasi hayotimizda zafar qozonadi. U sizni biladi, sizni ko'radi, sizni boshqaradi va sizni hamma yo'lda o'rab oladi. Samoviy Otangizga bo'lgan imoningiz sizni insonlardan qo'rqishdan to'xtatadi, chunki ular siz tomon harakat qilishga qodir emas, balki Xudoning irodasining yo'nalishiga ko'ra harakat qilishlari mumkin. Otangiz hammasidan ham eng buyugidir. Dushmanlaringizga emas, Unga qarang. Bular orqali Uning mehribon yuziga qarang.

Agar Xudo sochimizni sanasa, boshimizni ko'proq sanaydi va hayotimiz haqida, daldalarimiz va qalblarimiz haqida g'amho'rlik qiladi. Bu biz o'zimizga qaraganda Xudo biz haqimizda ko'proq g'amho'rlik qilishini ko'rsatadi. Pullarini, narsalarini va mollarini hisoblash uchun qayg'uradiganlar to'kiladigan va yo'qoladigan sochlarini sanash haqida hech qachon ehtiyot bo'lmaydilar va bularni hech qachon qoldirib yubormaydilar. Lekin Xudo O'z xalqining soch tolasini sanaydi, va “ularning sochlarining bir tolasi ham to'kilmaydi” (Luqo 21:18). Uning irodasi orqali ruhsat berilgandan tashqari ularga zarar yetmaydi. Shuning uchun Xudo uchun qimmatbaho bu Uning azizlari va ularning hayotlari va o'limlaridir!

Ilohiy qonunlardan va taqdirdan qo'rqmanglar, chunki bu sizga oldindan tayyorlab qo'ygan va Masihda eng yaxshisini tanlash huquqini sizga berib, bolasi kabi O'zining darajasigacha sizni ko'targan samoviy Otangizdir.

IBODAT: Ey Samoviy Ota, biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen Qudratli va Jabbordirsan. Sen bizning o'tmishimizni, hozirimizni va gelajagimizni bilasan. Biz ilohiy qoidalardan qo'rqmaymiz, balki Sen bizga g'amho'rlik qiladigan va boshimizning har bir tolasini biladigan Otamiz ekaning uchun Senga rahmat aytamiz. Biz har doim so'zda, yurish-turishda va fikrda senga xizmat qilishimiz uchun iltimos imonimizni kuchaytirgin. Do'stlarimiz va qarindoshlarimiz Sen ularning ham sevimli Qudratli Otasi ekaningni bilishlari uchun ularga bu ruhiy zakavotni bergin.

SAVOL:

  1. Masihiylardagi taqdir va ilohiy qoidalar nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 10:02 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)