Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 072 (Collecting Money for Oneself)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
3. YOVUZ MAQSADLARIMIZ USTIDAGI G'ALABA (Matto 6:19-7:6)

a) O'zi uchun Boylik Yiqqan Kishi Shaytonga Xizmat qiladi (Matto 6:19-24)


MATTO 6:19-21
19 Bu dunyoda kuya va zang yeb ketadigan hamda o'g'ri teshib talaydigan hazinalarni jamlamanglar. 20 Aksincha, kuya va zang yeb ketmaydigan, o'g'ri teshib talamaydigan u dunyoning hazinalarini jamlanglar. 21 Hazinangiz qayerda bo'lsa, yuragingiz ham o'sha yerda bo'lur.
(Matto 19:21; Luqo 12:33-34; Kollosaliklarga 3:1-2)

Boylarning ba'zilari ochko'zlik bilan hazinalarini to'plashadi. Ular katta uylar qurishadi, qimmat baho kiyimlar kiyishadi va moddiy uslublar orqali boyliklarini kuchaytirishadi. Ular boyliklarini ko'paytirish uchun, kuchli qabila va o'zlarining mulklari bilan boshqalarni rad etadigan qarindoshlari bilan birga bo'lish uchun pul ishlaydilar. O'g'irilar ham uxlamaydi. Ular ayyorlik bilan va yolg'onchilik bilan boylarning pullarini o'g'irlashga harakat qilishadi va halol ishdan bosh tortib nafratlanishadi. Ular o'zlarini kunning nuridan yashirishadi va ular boylarga o'xshagan pulni va qimmatbaho narsalarni o'g'irlash orqali hursandchilikni, buyuklikni va mashxur inson bo'lishni istab, o'zlarini o'zlari aldaydilar; lekin ular boshqa odamlardek olamdan o'tishadi va abadiy boyliklaridan quvonishmaydi.

Biz dono bo'lishimiz kerak va faqat samodagi hazinamiz havfsizligini o'rganishimiz kerak. Bu kechikmaydi; buni zang ham bosmaydi va kuya ham yemaydi, bizni bundan hech qanday kuch va yolg'on ajratolmaydi. O'g'irilar talab buzisholmaydi. Bu halok bo'lmaydigan va buzib bo'lmaydigan vaqtning o'zgarishi va imkoniyati ustidan bo'lgan hursandchilikdir.

Hazinangiz osmondami yoki yerdami, qayerda bo'lsa, yuragingiz ham o'sha yerda bo'ladi. Shuning uchun biz haq bo'lishimiz uchun va hazinamizning tanlovida dono bo'lishimiz uchun biz haqimizda qayg'urilyapdi, chunki ongimizning g'azabi va hayotimimzning tuyg'usi tanaviy yoki ruhiy, dunyoviy yoki samoviy bo'ladi. Igna magnetga ergashgandek va kungaboqar quyoshga ergashgandek, yuragimiz ham hazinaga ergashadi. Qimmatbaho va qadirli hazina qayerda bo'lsa, sevgi va muhabbat ham o'sha yerda bo'ladi. Rabbingiz sizning barcha niyyat va fikrlaringiz bilan Unda markaz bo'lishingiz uchun sizning hazinangiz va buyuk mukofotingiz bo'ladi, shunda siz tanaviy narsalardan ozod bo'lib, samoviy hazinaga erishasiz.

Kambag'allar boylardan ko'ra yaxshiroq emaslar, chunki ular boylardagi narsalarni egallashni istaydilar. Ularning ikkovi ham kelajaklarini tanaviy farovonlikning asosiga quradilar. Ular kamdan-kam qalblari barhayot ekani haqida va ruhiy ozuqaga muhtoj ekani haqida o'ylab qoladilar. Xudodan boshqa hamma narsa oxiriga yetadi. Masihning kechirimi bomba orqali buzilib ketadigan va yer qimirlashi orqali yo'q bo'lib ketadigan sement va temirdan qurilgan uylardan ko'ra hayotingiz uchun buyukroq havfsizlikni taklif etadi. Imoningiz diplomingizdan ko'ra muhimroqdir; Muqaddas Ruhdagi sevgingiz bankdagi ishonch hisobidan ko'ra qimmatliroqdir. Muhtojlarga bo'lgan xizmatingiz Xudoni ulug'laydi. Nazrlaringiz samoviy bankdagi hazinangizni oshirmaydi, chunki Xudo sizning ulushingizdir, va U eng buyuk hazinadir.

Bizning asrimiz ochko'z bo'lgan. Insonlar Muqaddas Xudoni va Uning Qonunini unutib, boylikka ko'z tikib, zamonaviy kashfiyotlar va iqtisodlarning rivojlanishi bilan harakat qilyapdilar. Muqaddas Ruh ular bilan emas va ular bu dunyoning nopok ruhlari bilan to'lyapdilar. Dunyoviy narsalar haqida qayg'uradigan kishi zulmat ruhiga bo'lgan qullikdadir. Xudo sizni O'z suratida yaratgan. Unga qarang. Shunda Uning ulug'vorligi ko'zingizning nurida ifodalanadi. Lekin agar siz Rabbingizdan ko'zingizni olib qochsangiz va pulga maqsad qilsangiz, xohish va nopokliklaringiz sizni qul qiladi va ko'zingiz hafagarchilikka va qorong'ulikka o'zgaradi.

Sizdagi yovuz ruhlar faqat pulni va ishni anglatmaydi, balki Xudoda davom etmaydiganlar ustidan g'alaba qozonadigan “boylik”ni Masih nohaqlik deb ataganidek Xudoga qarshi ishlayotgan ruhni anglatadi. Haqiqatdan ham, boy bo'lgan kishi uning xohishlarini qondirish uchun ochiq bo'lgan bu dunyoning ko'pgina imkoniyatlarini topadi. Sizning boyligingiz daxshatli yovuzlikka va zinokorlikka berilish uchun sizni harakatlantiradi. Boylar ossonlikcha buzuqlikka va nopok harakatlarga boshqariladilar. Mamlakatlarimizda biz pullari bilan bir tun mobaynida berilgan nopok va jinoyatchi odamlarni ko'rmasligimiz Xudoning mehridir. Bo'lmasa, biz shunday harakatlarni ko'rganimizdan aqildan ozar edik. Xudo sabr-toqatlidir va hatto nopok insonlarga sabr-toqat qiloladi.

Rabbiy sizga Uning oldiga qaytib kelishingiz uchun maslahat beradi, U sizni bag'riga olib, sizni boylik butingizdan ozod qiladi, chunki siz Xudoni ham boylikni ham birdek sevolmaysiz. Agar siz pulingizga ko'ngil qo'ygan bo'lsangiz, ibodatingiz bekor bo'ladi. Siz Xudoga yoki boyliklaringizga ishonishingiz kerak, chunki ulardan birini izlaysiz va afzal ko'rasiz. O'zingizni tekshirib ko'ring va shunda siz qanchalik vaqtni va pulni Xudoga xizmat qilish uchun sarf qilishingizni, va o'zingizga, moshinangizga va qiziqishingizga ulardan qanchasini sariflashingizni bilib olasiz. Hammamiz boylikning quli bo'lishimiz uchun vasvasadami. Biz bilganimizdan ko'ra ko'proq o'zimizni aldaymiz va shuncha boylikni to'plaganimizda qaltirayotgan qo'llarimiz bilan quvonib boylik butiga sajda qilamiz. Siz bu orqali o'lja bo'lmasdan, balki Masihda va Uning najodida yashashingiz uchun Xudo pulning bo'yintrug'idan ozod bo'lishingiz uchun sizga yordam beradi. Muqaddas Xudo hayotingiz uchun yagona hazinadir, shuning uchun jamiyatda hurmat qozonishni qidirishda davom etmang. Rabbiyning xizmatidagi yuksak darajani qidiring, kambag'allarga sarflang va siz uchun Masih O'zini qurbon qilgani kabi o'zingizni ular uchun qurbon qiling.

Ba'zi imonlilar Xudoga ham pulga ham xizmat qilishga harakat qilishadi. Ular Masih ularga hech kim pulga ham Xudoga ham birdek xizmat qilolmasligini tasdiqlaganini sezmaydilar. Shuning uchun Rabbiydan siz Uni sevishingiz uchun va U sizni asrab, barcha muhtojliklaringizni yetkazib berishini sizga yordam berishi uchun ulug'vorlik Xudosidan so'rang. Siz yagona Xudoga sajda qilishga tayyormisiz? Yoki hali ham bu ikkalasining o'rtasida ikkilanyapsizmi? Bo'lingan yurakni toj qilib kiyib olmaydigan Masihga qayting.

MATTO 6:22-23
22 Ko'z – tanning chirog'idir. Agar sening ko'zing tiniq bo'lsa, butun taning ham yorug' bo'lur. 23 Ammo ko'zing yomon bo'lsa, butun taning ham qorong'u bo'lur. Agarda ichingdagi nur qorong'u bo'lib tursa, u qorong'ulik qanchalik qo'rqinchli bo'lur!

Ko'z tanning chirog'idir, va chiroq nurni ramzidir. Ko'z inson hamma narsani u orqali ko'radigan nurdir. Ko'z tuyg'ularni, fikrlarni va erkak va ayolning tuyg'ularini bu orqali payqay oladigan oynadir. Agar ular bizni sevsalar, biz ularning qarashida sevgilarini ko'ramiz. Agar ular bizdan nafratlansa, biz ko'zlaridagi nafratni sezamiz. Agar bir kishining yuragida g'azab, jahil yoki gina bo'lsa, bu ko'zlarida namoyon bo'ladi. Agar u kishida jinoyatchilik, botirlik va qasosning tuyg'ulari bo'lsa, uning ko'zlari bularni ochib tashlaydi. Uning ko'zlarida yolg'on ko'rinadi. Rashk, hasad va hatto nafrat, sabrsizlik va boshqa tuyg'ular bilan birga ko'zlarida mag'rurlik va nodonlik porlaydi.

“Agar ko'zingiz yaxshi bo'lsa” degan gapning ma'nosi nima? “Yaxshi” degani yolg'on insoniy tuyg'ularning qo'shimchasisiz, g'azab, yolg'on, xohish va mag'rurlikning qo'shimchasisiz Xudo tomonidan yaratilgandek ma'noni beradi, chunki bu qo'shimchalar bilan yaxshi emas.

Keling boshqa misol keltiraylik. Bizning birinchi ota-onamiz, Odam Ato va Momo Havolar, ularning ko'zlari boshida pok bo'lgan. Yaxshi va yomonni bilish daraxti bog'ning o'rtasida edi (Ibtido 3:3). Ular har kuni hech qanday muammosiz bu orqali o'tishlari kerak edi, lekin ilonning vasvasasi pok ko'zlariga qo'shilganda, ular “yaxhsi va yomonni bilib, xudodek bo'lib qolishadi” (Ibtido 3:5), ko'zlar endi pok emas edi. “Ayol bu daraxtni ko'rganida, bu yeyish uchun yaxshi edi, va ko'zga yoqimli hamda did-farosat topishga foydali edi” (Ibtido 3:6) hamma narsa to'la o'zgardi, chunki ko'zlar o'zining pokligini yo'qotdi. Ular qaragan bu daraxt o'zgargani kabi, ularning bir-birlariga qarashlari ham o'zgardi.

Shunday qilib ko'zingiz hech qanday xohishning qo'shimchasisiz, vasvasa yoki yashiringan fikrlarsiz mehribon bo'lganida, butun tanangiz yorug' bo'ladi. Lekin g'azab va qasos singari ko'zingizga yana birro narsa qo'shilsa, sizning yuzingiz o'zgaradi va qon bosimingiz ko'tariladi. Tuyg'ularingiz tanangizga tegishni qoldiradi va shunda tanangiz qorong'u bo'lib ko'rinadi.

Agar sizning jahlingiz chiqsa, tushkunlikka tushgan bo'lsangiz yoki yuzaki hursandchilikda bo'lsangiz, tezda tavba qiling! Isoga keling. U haqiqat va siz uchun va ko'zlaringiz uchun yo'l ko'rsatadigan nurdir.

MATTO 6:24
24 Hech kim ikki ho'jayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini yomon ko'rib, boshqasini sevadi, yoki biriga ihlos qo'yib boshqasini horlaydi. Siz ham Xudoga, ham pulga birdek sig'ina olmaysizlar.
(Luqo 16:13; Yoqub 4:4)

Masih biz uchun “Hech kim ikki ho'jayinga xizmat qilolmaydi” bittasiga xizmat qiladi degan gapni ochib beradi, chunki ularning amrlari ba'zisi jadval tuzadi yoki boshqasi g'azablanadi yoki bir-biriga qarama qarshi bo'ladi. Ikki ho'jayinlar birga borsa, xizmatkor ikkalasiga ham ergashishi mumkin, lekin ular bo'linishganda, bu xizmatkor ulardan biriga ergashadi. U ikkalasini ham sevolmaydi va nazorat qilolmaydi va ularga sodiq qololmaydi. U biriga ko'ngil qo'yib boshqsini ho'rlaydi.

Asl matnda eslatib o'tilgan “pul” so'zi “erishishni” anglatadigan Suriya so'zidir; shuning uchun bu dunyodagi narsalar yoki erishish uchun biz orqali hisoblaniladigan narsalar bu puldir. Bu dunyodagi narsalar, tana xohishi, ko'z xohshi va hayotning mag'rurligi bu puldir. Ba'zilarga bu boylik, sportlar va sevimli mashg'ulotlar ularning pullaridir – boshqalarga esa ularning obro'lari va harakatlaridir. Bu insonlarning sharaf va maqtovlari Farziylarning pullari edi. Tanaviy narsaning o'zi Xudo bilan birga bo'lishda xizmat qilinmaydigan puldir. Chunki agar bunga xizmat qilib bo'lsa, bu Xudo bilan tortishishda va Unga qarama-qarshilikda bo'ladi.

Masih siz Xudoga va pulga xizmat qilmasligingiz “kerak” deb aytmaydi, balki U siz ikkalasiga birdek xizmat “qilolmaysiz” deb aytadi. Biz ikkalasini ham birdek sevolmaymiz, yoki ikkalasiga xizmat qilolmaymiz, yoki ikkalasiga itoatkorlikda, ishtirokda, ishonchda va bog'liklikda xizmat qilolmaymiz, chunki ular bir-biriga qarama-qarshidir. Xudo deydi, “O'g'lim, yuragingni Menga ber.” Pul deydi, “Yo'q, yuragingni menga ber.” Xudo deydi, “O'zingdagi bori bilan qanoatlangin.” Pul deydi, “To'grilik bilanmi yoki nohaqlik bilanmi qo'lingdan kelganicha harakat qil.” Xudo deydi, “Tovlama, hech qachon yolg'on gapirma, balki hatti-xarakatingda to'g'ri va odil bo'l.” Pul deydi, “Agar sen bu bilan erisholsang, o'z Otanga yolg'on gapir.” Xudo deydi, “Mehribon bo'l.” Pul deydi, “O'ziningni qo'lga ol: bu berish bizga umuman yordam bermaydi.” Xudo deydi, “Hech narsa uchun ehtiyot bo'l.” Pul deydi, “Hamma narsa uchun ehtiyot bo'l.” Xudo deydi, “Shanba yoki Yakshanba kuningni muqaddas saqla.” Pul deydi, “ bu dunyo uchun boshqa bilan birga bu kundan foydalan.”

Bu qarama-qarshiliklar Xudoning va pulning amrlaridir, shuning uchun biz ikkalasiga ham birdek xizmat qilolmaymiz. Keling Xudo va Baal o'rtasida yon bermaylik, balki o'zingiz uchun tanlovingiz orqali bu kun siz kimga xizmat qilishingizni va kimda qolishingizni tanlang.

IBODAT: Ey Ota, bizga sabr-toqat qilganing uchun Sendan minnatdormiz, biz tanaviylarmiz. Iltimos bizning pulga bo'lgan sevgimiz va xohishlarimiz uchun bizni kechir. Mol-mulklarimizga ishonishdan bizni ozod qil. Biz hayotdagi va abadiylikdagi hazina va mukofotlarimiz bo'lgan Senga erishish uchun va Senga hamma narsani berish uchun faqat Senga ishonib, Seni sevishga bizlarni o'rgat. Atrofimizdagi muhtojlarga donolik bilan, hursandchilik bilan berish uchun bizni ozod qil. Omin.

SAVOL:

  1. Biz nima uchun bir vaqtda ham Xudoga ham pulga birdek xizmat qilolmaymiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:28 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)