Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 065 (The Lord’s Prayer)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
2. XUDO OLDIDAGI BURCHLARIMIZ (Matto 6:1-18)

c) Rabbiyning Ibodati (Matto 6:9-13)


MATTO 6:10
10 Osmonda bo'lgani kabi, Yerda ham Sening irodang bajo kelsin.
(Luqo 22:42)

Ko'p dindor odamlar Rabbiylarining irodasini bilish uchun harakat qilib o'zlarini toliqtiradilar. Shuning uchun, qonunlar va urf-odatlar e'lon qilingandek Xudoning amrlarini bajarish uchun odamlarga ta'lim berish uchun borliqqa kelgan. Bu qonun qoidalar “buni bajaring va bundan tiyiling” deb qattiq talab qiladi. Haqiqatdan ham, hech kim Xudoning irodasini aniq bajara olmaydi va aniq bilolmaydi, chunki insonlar gunohkor va nodondirlar.

Bizlarni Musoning Qonunidan va uning og'ir bo'yinturug'idan ozod qilib, sevimli O'g'lini bizga Otasining irodasini e'lon qilish uchun yuborgan Xudoga hamdu-sano bo'lsin. U bizdan Uni qondirish uchun birornarsani bajarishimizni so'ramaydi, biroq, U bajaruvchi, beruvchi va marhamatlovchidir. U mehribon Yaratguvchi va Najodkordir. U bizdan bizni qabul qilish uchun hech qanday burchni so'ramaydi, balki Uning inoyatiga va Uning najod ishini qabul qilishga ochiq bo'lishimizni so'raydi. U barcha in'omlarning manbayidir. U bizga mehribon bo'lishga, bizni duo qilishga va bizga yordam berishga qaror qiladi. Agar biz yana Uning amrlarini bajarish uchun yiqilsak, O'zining inoyati va mehrli sevgisi orqali bizni kechiradi. Siz Samoviy Otanginzing irodasini tushundingizmi? U sizdan hech narsa so'ramaydi, balki U sizni qutqarib va sizni Muqaddas Ruhining kuchi bilan to'ldirib, sizni inoyatlashga ko'z tikadi. Samoviy Otangiz O'zining hamma narsasini sizga berishni istaydi.

Diniy qoida va osmondagi Otamizning haqiqiy tushunchasi o'rtasida katta farq bor. Bizning Xudoyimiz hokim emas. U mehribon Otadir. Uning sevgisi bizdan jazosini ko'tarib, yuragimizdan qo'rquvni olib tashladi. Bu biz nima uchun Uni hursandchilik bilan ulug'lashimiz va buyuk sevgisining to'liq qoniqishi uchun Uning irodasini bajarish uchun uni izlashimizdir. Biz Uning Muqaddas Ruhi sevgisining turli hil talablari orqali Uning amrlarini bajarish uchun bizni kuchli qilishiga ishonamiz. Uning Qonuni bizning rohatimiz va hayotimiz bo'ldi.

Biz bu yer-yuzi Xudo irodasining nazorati orqali osmonga o'xshash bo'lishi uchun ham ibodat qilamiz. Bu yer-yuzi Shaytoning faol ishi orqali deyarli do'zaxga o'xshab qolgan. Biz azizlar o'zlarini bag'ishlashda va itoat qilishda Iso Masihga o'xshashga o'zgarishlari uchun ibodat qilamiz. Biroq, bizlar hanuz yer-yuzidamiz, Xudoga shukurki, hali yer tubida emasmiz. Kelinglar Otamizning irodasini qidiraylik va Muqaddas Ruhning yordami bilan buni bajaraylik.

IBODAT: Ey Ota, Senga sajda qilamiz, chunki Sen O'g'linga osmonu yerdagi butun hokimyatni berding. U bizning Shohimiz va biz Unga sajda qilamiz. Biz Sening farishtalaring rejalaringni bajarganlari kabi hayotimizda Otalik irodangni bajarishing uchun ibodat qilamiz. Iltimos bizni sevging bilan to'ldir va noming ulug'lanishi uchun va do'stlarimiz va dushmanlarimiz sevgingning boshqaruviga chin dildan ergashishlari uchun ularni shohliginga olib kel. Omin.

SAVOL:

  1. Samodagi Otangizning irodasi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:24 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)