Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 007 (Genealogy of Jesus)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

1. Isoning nasl-nasabi (Matto 1:1-17)


MATTO 1:2
2 Ishoqdan Yoqub tug'ildi.

Isoning nasl-nasabini o'qiydigan kishi, xushxabar Eski Ahd kitoblaridagi asos ekanligini tushunadi. Agar bu nasl-nomani o'rganmasa hech kim bunga tushunmaydi, xuddi kimdir eng past eshikdan birinchi kelmasa, uyning yuqori xonasiga chiqa olmasligiga o'xshab.

Faqat Yoqub Xudoning vahiysi orqali duo oluvchisidek, tug'ilishidan oldin tayinlangan edi (Ibtido 25:23-28). Lekin Yoqub ibodat va sabr bilan va'daning bajarilishi uchun kutib turmadi. U shoshilib, merosga erishguncha onasi bilan fitna uyushtirdi. Unga qarshi ukasi tutib turgan gina shunday buyuk ediki, Yoqub qochishga majbur bo'ldi. Qochayotgan payitda, Xudo rejalashtiruvchi Yoqubga ko'rinib, unga butun dunyo u orqali barakali bo'lishini aytdi. Yoqub bu tushga tushunmadi, biroq u qo'rquv bilan osmonga yetadigan zinaning vahiysiga va Rabbiysining so'zlariga ishondi. U yo'lida davom etib, Sharqiy yerga yetib bordi. Yoqub u yerda qobilyatli cho'pon bo'ldi. U qo'ylarning egasi bo'lgan amakisi Lobonni aldadi. Lobon Yoqubga eng kichik qizini berishga kelishib turib, to'ng'ich qizini unga turmushga berish orqali o'xshash yolg'on bilan Yoqubga duch keldi. Keyinroq Yoqub o'zi xohlagan kichik qiziga uylandi, lekin ko'p yil amakisi uchun ishlab bergandan keyin. Yoqub uzoq xizmat va qiyinchiliklardan keyin, otalarining yeriga ketishni xohladi, biroq Xudo uning mag'rurligiga chek qo'yish uchun va uni siniq va achinadigan qilish uchun uning safarida unga duch keldi, shunda U tushida u bilan kurashdi. Bu ruhiy kurash orqali, hiylagar kamtar sajda qiluvchiga aylandi, va Xudo Yoqubga “U Xudo bilan kurashadi va imoni tufayli g'alaba qiladi” ma'nosini beradigan yangi “Isroil” ismini berdi. Xudo dunyoga Isoning kelishida uzoqdan payqagan to'liq najod uchun xohishni uning yuragida yaratib, bu hiylagar bilan maqsadiga erishdi.

Bu dunyoning ne'matlari bilan Undan osmonga ko'tarilib, pastga tushayotgan Xudoning farishtalari bilan Yoqubning tushida to'g'ri kelgan Masih edi (Ibtido 28:12-13; 48:15-16; 49:18; Yuhanno 1:51).

IBODAT: Ey Muqaddas Xudo, Sen mening yuragim yolg'onlarga, firibgarlikka va mag'rurlikka moyilligini bilasan. Iltimos hamma gunohlarim uchun meni kechir. Men Sening solihlik yo'lida siniq bo'lib yurishim uchun yovuz maqsadlarimni buzib tashla. Men Sening mehribonlik shohliging uchun sajda qiluvchi va kurashuvchi bo'lishim uchun Yoqubning mag'rurligini buzib tashlaganingdek, mening ham mag'rurligimni buzib tashla. Omin.

SAVOL:

  1. Yoqub barcha insonlarga Xudoning barakasini taqdim etishda qanday qilib loyiq bo'ldi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:30 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)