Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 024 (Peter and John Imprisoned; The Common Prayer)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

11. Butrus bilan Yuhanno qamoqqa olinib birinchi marotaba sud qilinishdi (Havoriylar 4:1-22)


HAVORIYLAR 4:19-22
19 Lekin Butrus va Yuhanno ularga javob berib: O'zlaringiz qaror qilinglar, Xudodan ko'ra ko'proq sizlarga quloq solishimiz Xudo oldida to'g'ri bo'ladimi? 20 Biz ko'rgan eshitganlarimizni aytmay turolmaymiz, - deyishdi. 21-22 Kengash a'zolari jazo berish uchun hech qanday asos topolmagach, ularga yana bir do'q urib, qo'yib yubordilar. Mo'jiza natijasida shifo topgan odam qirq yoshdan oshganini butun xalq bilib, yuz bergan voqea uchun Xudoga hamdu sano aytishar edi.

Oliy sud bu ikkala havoriy va shifo topgan kishini endi Iso nomi bilan va'z aytishmasliklariga qaror qilishdi. Bu ikki guvohlardan agar Xudoning xohishi va insonlarning qarorini o'rtasini tanlash uchun talab qilinsalar, ularda imkon yo'qligini balki ular Xudoga itoat etishlari haqida javob berdilar. Ular har bir mug'ombirlik yoki ikkiyuzlamachi bo'lgan haqiqatga qarshi turishlariga to'g'ri keldi. Bu qarshilik inqilobiy ruhdan kelmadi, aksincha vahiyga qarshi bo'lmagan balki Iso uchun guvoh bo'ladigan imonlilarni boshlaydigan Muqaddas Ruhga itoat qilishdan keldi.

Ikki havoriylar birgalikda shunday deb javob berishdi: Biz ko'rgan va eshitganlarimiz haqida gapirmasdan turolmaymiz. Ularning yuraklari va hayotlari o'limdan tirilgan Masih bilan tajribaga to'lgan edi.Yuraklar to'lib tishganidan og'iz gapiradi. Shunday qilib aziz birodar, qanday qilib siz bu kunning jarayoni hamma joyda gapirasiz? Siz qancha tez-tez Isoning ismini e'lon qilasiz? Xudoning Ruhi sizning ichingizda yashaydimi? Yoki pulning, ifloslikning va befarqlikning ruhi sizning ustingizdan boshqaradimi? Siz nima gapirsangiz o'shasiz. Siz ichingizda jim saqlab turgan narsa emassiz. Isoning muqaddas guvohlari barhayot Xudolarini ulug'lashga yordam berolmaydi, chunki ular Muqaddas Ruhni qabul qilishgan va U Isoning nomiga ularni guvohlar qilib qo'ydi. Bu ularning muassasalari, hizmatlari va qobilyatlaridir. Shahodatda Isoning so'zlariga va ishlariga Xudoning kuchi o'z ichiga oladi. Shunday qilib jim turmay gapiring. Biroq, gapirishingizdan oldi ibodat qiling va siz baraban urayotgan yoki baland tovushda nog'ora choluvchi bo'lasiz.

Xalq boshqaruvchilari o'zlarning hokimyatlariga xavf tug'dirib odamlar orasida baqir-chaqirdan gangirab qolmasdan Masihning guvohlarini yo'q qilib yoki jazolash yo'lini o'ylab chiqishga qobilyatsiz edilar. Shunda ular havoriylarga do'q po'pisalarida Masihning harakatini toxtatishlari uchun usulni topishni umid qilib ularni ogohlantirishdi. Qanday ajoyib, chunki Quddus ahlining hammasi bu shifo topish mo'jizasidan hayron qolib Xudoning ulug'vorligi bilan to'lib toshishyotgan edi. Bu aholi o'sha zahotiyoq bu mo'jizadan tushunib yetdilarki, Oliy Janobning huzuri hali ularning shahridan ketmagan, balki bechoralar ustiga tushganini tushunishdi. Xudoning najotini kuchi O'g'li Masihning guvohlari orqali ishlayotgan edi.


12. Jamoatning Umumiy Ibodati (Havoriylar 4:23-31)


HAVORIYLAR 4:23-31
23 Butrus bilan Yuhanno ozodlikka chiqarilgandan keyin, o'rtoqlarining qoshiga borib, oliy ruhoniylar bilan oqsoqollarning barcha aytganlarini so'zlab berdilar. 24 Ular buni eshitgach, bir ovozdan Xudoga nido qilib dedilar: Ey bizning egamiz, yeru osmon, dengiz va ularning ichidagi hamma narsalarni yaratgan Xudo! 25 Sen Muqaddas Ruh orqali O'z quling – otamiz Dovud og'zi ila degansan: Millatlar nega isyon ko'taryapdilar? Xalqlar nega behuda qasd qilmoqdalar? 26 Dunyo podshohlari va hukmdorlari bosh ko'tarib, Xudovand va Uning Masihiga qarshi til biriktirdilar. 27 Haqiqatdan ham, Hirod bilan Po'ntiy Pilat bu shaharda Isroil xalqi va boshqa xalqlar bilan til biriktirib, Sen Masih deb tayinlagan azizu muqaddas O'g'loning Isoga qarshi qo'l ko'tarishdi. 28 Sen O'z qudrating va xohishing bilan avvaldan belgilagan ishlarning hammasini bajarishdi. 29 Endi, yo Rabbiy, ularning do'q-po'pisalariga qara, Sening so'zingni to'la jasorat bilan aytish quvvatini shu qullaringa ehson ayla. 30 Aziz O'g'loning Iso ismi bilan odamlarga shifo berish va turli alomatlar, mo'jizalar yaratish uchun qo'lingni uzatgin! 31 Ibodat qilib bo'lgach, ular yig'ilib turgan joy silkinib ketdi. Hammalari Muqaddas Ruhga to'lib, Xudoning so'zini jasorat bilan gapira boshladilar.

Ikki havoriylar ularning ozodligiga ergashib, boshqa Isoga ishonuvchilar birga yig'ilib doimiylik ibodat qiladigan tepadagi xonaga chiqishdi. Ulardan birlari zindonda edi. Ular Xudodan shu zindonband qilinlan kishiga O'zining kuchini, donoligini, botirlikni, rahbarlikni va himoyani berishini birma bir so'rab ibodat qildilar. Butrus bilan Yuhanno qaytib kelib ularga hukmdorlar bilan ularning xalqi oldida Isoning ismiga va najotiga guvoh bo'lishlariga Xudo qanday yordam berganini aytib berishganda, ular hursand bo'lib, Xudoni ulug'ladilar. Xuddi shu paytda, Isoning nomidan ta'lim berishlari uchun oliy kengashning buyrug'i halal berganidan g'amni his qilishdi, chunki bu qarorga hammalari qo'shilishgan edi. Ular bu hukmdorlar tavba qiladi deb umid qilishgan edi. Bundan ko'rindiki ular Isoga yana ham yuraklarini qattiq qilib olishdi. Ular oqsaqollar va bosh ruhoniylarning najoti uchun ibodat qilishdi; buning natijasi rad etish va do'q-po'pisa bo'lib chiqdi.

Ikki havoriylar ozodlikka chiqqanlaridan keyin boshqa mo'jiza sodir bo'ldi. Jamoa Iso Masihning nomi bilan gapirishdan ularga halal bergan qarorni atroflicha eng yaxshi yo'l ustida maslahatlashmadilar. Jamoa a'zolari na extiyot bo'lib gapirishga yon berishdi, na qulay vaqtni kutishdi. Buning o'rniga ular tizza cho'kib ibodat qilib, osmon bilan yerni va undagi barcha narsalarni yaratgan qudratli Xudoga ko'z tikdilar. Ular odamlardan, dalillardan va obro'-e'tibordan yuz o'girishdi. Havoriylar Xudoga hamma savollarini berishdi va Uning oldida Isoni xochga mixlash uchun allaqachon javobgar bo'lgan oliy sudning do'q-po'pisalarini ochishdi.

Muqaddas Ruh Xudoning bu oilasini bir ovozdan birgalikda ibodat qilishlari uchun va Zabur 2 dan ba'zi oyatlarni o'qishlari uchun ularni boshqardi. Bu Yahudylarning ulug'lash qo'shiqlari bo'lgan Zabur honishi ularning yuraklarini to'ldirdi. Ularning hammalari karomat ruhidagi payg'ambarlar bo'lishdi. Ular Xudoga va Uning Masihiga qarshi Rim Imperiya kishisining qo'zg'olonidagi hokimyatlari va taraqqiyotlarining harakatlarida ko'rishdi. Bizda ham diniy rivojlanish, iqtisodchilik va siyosat orasida o'zimizning holatimizni tushunish uchun payg'ambarchilik zakovatimiz bor edi! Xudo va Uning Masihiga qarshi urush qiladigan Masihga qarshilik orqali boshqarilgan keng dunyo holatiga har hil odamlar va xalqlar birlashganda bu so'z vaqt tomon o'zib boradi.

Xudoning dushmani Isoni o'ldirish uchun birga uchrashganda Quddusda shu vaqtda boshlanib, bu payt iblisning ruhi orqali boshqarildi. Yahudiy xalqi va Rim hokimyatlari bir birlariga qarama qarshi bo'lishlaridan qat'iy nazar, Xudoning Masihiga qarshi birlashdilar. Rim hukmdori Pilat, shoh Hirod va Kayafa, ayg'oqchi bo'lgan qozilar buyuk muvofaqqiyatsizlikka uchradilar. Ularning hukmlari qadir qimmatsiz bo'ldi, chunki Xochga mixlangan Masih qabirda chirib ketmadi. Buning o'rniga, butun insoniyatning yovuz maqsadlarini Xudoning zafariga qaytarib o'limdan tirildi. Hamma narsa Xudoni sevganlarga yaxshilik bo'lib hizmat qiladi. Oliy Janob Xudoning rejalari sezib bo'lmaydigan, inoyatga, g'amho'rlikka va muruvvatga to'ladir. Xudoning dushmanlari Xudoga hizmat qilishiga to'g'ri keladi, chunki bizning osmondagi Otamizning irodasisiz dunyomizda hech narsa sodir bo'lmaydi. U bizlarni o'lim to'rlarida tashlab ketmaydi.

Bu imon bilan jamoa botirlik bilan ibodat qilib, Xudoning qo'liga hukmdorlarning do'q-po'pisasini topshirishdi. Ular o'zlarining muammolari va quvg'inlari to'g'risida ko'p gapirmasdan Xudoga ishonishdi va Iso haqida gapirishni to'xtatish uchun odilsiz buyrug'ni Xudoning qo'liga topshirishdi. Muqaddas Ruh ularni Iso haqida xushxabar aytish hizmatlarida qo'shimcha kuch berishi uchun Xudodan so'rashga rahbarlik qildi. Ular Xudodan tinglovchilari oldida Nasroniylik Iso dunyoning najotkori ekanligini ko'rsatib berish uchun donolik, botirlik va kuch berishini so'rashdi. Bu Xudoning so'ziga bo'lgan pok guvohlikdir. Xudo to'g'ridan-to'g'ri Iso haqida guvohlik beradigan kishi orqali gapiradi va uning guvohligini marhamatlaydi. Muqaddas Xudo hamma insonlarni qutqarish uchun, tozalash uchun va kamolotga yetkazdirish uchun xochga chaqiradi. Aziz imonli, siz Xudoga og'zingizni ochdingizmi yoki hali ham qo'rqyapsizmi? Siz botir bo'lish uchun va Muqaddas Ruh rahbarligi ostida gapirish uchun kuch berish sovg'asini so'rayapsizmi?

Ibodat uchun birga yig'ilgan kishilar Xudoning kuchidan bo'ladigan hosilni ham so'radilar. Ular Xudoning so'zini gapirishganda oralarida Xudoning kuchining ishini ko'rdilar. Ular imonlarini tasdiqlash uchun faqat mo'jizalar qidirishmadi. Butun jamoa Xudoga Najotkorning nomi ulug'lanishiga ko'ra shifoni va mo'jizalarni o'tinib so'rashdi. Ular qo'lida jannatning ham do'zaxning ham kalitini tutib turgan Isodan boshqa jannatga yo'l yo'qligini tushunib yetish uchun shubhali va sekin imonni xohlashgandi.

Xudo bu jasoratli imon ibodatini eshitib bunga javob berdi. Bu biz faqat oldingi jamoatdan yozib olgan ibodat edi. Xudo qo'lini cho'zib uchrashuvni marhamatladi shunda stullar va o'sha joy silkinib ketdi. Ularning hammalari Elliginchi kundagidek Muqaddas Ruhga to'lishdi. Biz Xudoning sevgisining Ruhi bilan birgalikda Uning haqiqatini ochib berishi uchun Undan so'rab ibodat qilsak, Xudo aniqlik bilan o'sha zahotiyoq ibodatlarimizga javob beradi. Xudo Masihning xizmatkorlarini jasoratli qilib va imon umidida ularni mustaxkamlab ularga kuch ato qiladi. Xudo ularni sevgi kuchi bilan to'ldiradi.

Bu yagona ibodatning natijasi nima edi? Hatto hukmdorlar Isoning nomini gapirmasliklari uchun ularga buyrug' bergan bo'lishsa ham, ular botirlik bilan Najodkorlari haqida ko'proq gapirishdi. Havoriylar o'zlarining uylarida, orqa qatorlarda, ko'chalarda va xatto ma'badning keng hovlisida voizlik qilishdi. Xudo ularni yangi Muqaddas Ruhi bilan to'ldirdi va O'zining guvohlari bo'lishlari uchun ularni tayyorladi. Bu tanish ilgarigi jamoatning ibodatining ma'nolari haqida ehtiyotkorlik bilan o'ylang. Siz ham aziz imonli, ibodat qilib buni e'lon qilishda qatnashishingiz mumkin.

IBODAT: Ey ulug'vor Ota, Sen Yaratguvchi, Najodkor va kunlarimizni Tamomlovchisan. Dunyo Senga qarshi o'zining odamlarini to'playapdi. Ey Tangrim, ularning do'q-po'pisalariga qara va butun botirlik bilan Sening so'zlaringni gapirishlari uchun hizmatkorlaringni duo qil. O'zingni muqaddas O'g'ling Isoning nomi orqali mo'jizalar va ajoyibotlarni yaratgin. Omin.

SAVOL 24: Nimaga Muqaddas Ruh ishlashi uchun Xudoning so'zini e'lon qilish zarur va muhim?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 09:30 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)