Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 270 (The Appearance of Christ in Galilee)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 6 - RABBIMIZ ISO MASIHNING TIRILISHI (Matto 28:1-20)

5. Masihning Jalilada Ko'rinishi va Uning bu Dunyoga Voizlik qilishga Buyrug'i (Matto 28:16-18)


MATTO 28:16-18
16 O'n bir shogird Jalilaga, Iso ularga tayin etgan toqqa borishdi. 17 Ular Isoni ko'rib, Unga sajda qildilar. B'azilar esa shubhaga bordilar. 18 Iso ularga yaqinlashib, shunday dedi: …

Shogirdlar Masihning tirilishi haqida eshitishdi, lekin ular Iso aytgani haqida ayollarning shahodatlariga ishonishmadi. Biroq, Uning va'dalari Rabbiylari ularga xizmat qilgan Jalilaga bo'ysunib borishlari uchun yuraklarida ishladi. Iso ular orasida tirilishining ulug'vorligini e'lon qilishni xohladi.

Iso shogirdlarini moylagan tog'da ularga to'satdan zoxir bo'ldi. Ular bilan balki boshqa sodiq do'stlari ham bo'lgan. Ba'zi sharxlovchilar bu uchrashuv havoriy Pavlus Isoni bir payitning o'zida besh yuzta birodarlardan ko'proq kishilar ko'rganini eslatib o'tadigan 1 Korinfliklarga 15:5 da bizga aytadigan xuddi shu uchrashuv edi deb o'ylashadi.

Hatto ular o'z ko'zlari bilan Isoni ko'rgan bo'lsalar ham, ulardan ba'zilari ikkilanib ishonmaganlar. Uning aniq huzuri ulardan ko'plarini ishontirgan va ular yuz tuban yiqilib, o'lim ustidan g'alaba qozongan Isoga sajda qildilar. Ular Isoni Rabbiydek qabul qilib, Uning qudratini va ulug'vorligini his etdilar va qo'rquv va hursandchilik bilan qaltiradilar.

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, biz Seni ulug'laymiz, chunki Sen sinov vaqtlarida qochib ketgan shogirdlaring bilan uchrashding. Sen ularga tanbeh bermasdan, balki xushxabarning nurini tutish bilan buni xalqlarga berishni ulardan so'rading. Sening barcha izdoshlaring tirilishingga ishonishmadi. Ular shubhalanishdi. Lekin Sen Muqaddas Ruhning qudratining kelishi bilan ularning kelajagini oldindan kording, Samoviy Otangga ishonding va ularni yubording. Bizdek hosilsiz kishilarga rahm qil. Bizga gapir va hursandchilik bilan Sening amrlaringga bo'ysunishimiz uchun bizni kuchli qilgin.

SAVOL:

  1. Masih nima uchun hosilga hosil bermaydigan imonlilarni yubordi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:52 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)