Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 226 (Are You Talented?)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI
13. Qobilyatlar haqidagi Masal (Matto 25:14-30)

a) Siz Qobilyatlimisiz? (Matto 25:14-18)


MATTO 25:1418
14 Yana oxirzamon bir odam safarga jo'nab, xizmatkorlarini chaqirib, o'z mol-mulkini ularga omonatga berganiga o'xshaydi. 15 U odam har bir kishiga o'z qobilyatiga yarasha: biriga besh, biriga ikki, biriga bir yombidan berib, jo'nab ketibdi. 16 Beshta yombi olgan o'sha zahoti borib, pulini ishga solib, yana besh yonbi ortiribdi. 17 Shunga o'xshab, ikki yonbi olgan ham yana ikki yonbi ortiribdi. 18 Bitta yonbi olgan esa borib, chuqur qazib, ho'jayinining pulini yashirib qo'yibdi.
(Luqo 19:12-27, Rimliklarga 12:6)

Bizda shu yerda uchta xizmatkorga berilgan qobilyatlar haqida masal bor. Bu biz kutish holatida bo'lishimiz kerakligini ko'rsatadigan oxirgi masaldek, ish va tadbirkorlik holatida bo'lishimiz kerakligini ko'rsatadi. Birinchisi doim tayyor bo'lish kerakligini ko'rsatgan; ikkinchisi bizning hozirgi ishimiz va xizmatimizdagi tirishish va boshqarishdir. Birinchisida biz qalbimizni tayyorlash uchun ogohlantirilganmiz; ikkinchisida esa boshqalarning qalbida Xudoning ishi uchun yo'lni tayyorlashga ogohlantirilganmiz.

Har bir odam Xudo suratida yaratilgan, Xudoning mo'jizasidir. Sizga tanada, fikrda va qalbda in'om etilgan. Sizga ko'p qobilyatlar va in'omlar berilgan. Siz tosh yoki o'simlikka o'xshamaysiz - siz quvonib harakat qilasiz. Siz og'riqni va hursandchilikni his qilasiz. Sizga bergan buyuk in'omlar uchun Rabbingizga rahmat aytganmisiz? Bularsiz hayotingizni tasavvur qilishga harakat qilganingizda Xudoning sovg'alarini tushunib yetish ossonroqdir. Siz ko'rishingizni qanchalik baholaysiz? Yoki eshitishingizni? Siz tasavvur qilganingizdan ko'ra boyroqsiz; siz saodatlisiz. Shuning uchun, siz qachon Yaratguvchingizga rahmat aytish va sajda qilish uchun tizza cho'kasiz? Chunki samoviy Otaga tashakkur bildiradigan kishi Unga tegishlidir. Unga berilgan sovg'alar uchun Xudoga hamdu-sano aytgan kishi Unga quvonch bilan xizmat qiladi. O'zini o'ylaydigan kishi Xudo haqida o'ylamaydi; balki hurmat va e'tiborni izlab, o'zi haqida o'ylaydi. Biroq minnatdor bo'lgan kishi butun kuchi bilan, kamtarlik va kamsuqumlik bilan Rabbiysini hurmat qilib, Unga xizmat qiladi. Rabbingiz uchun siz nima qilasiz? Hayotingizning maqsadi va ma'nosi samoviy Otamizga ulug'lik berishi kerak. Minnatdor bo'lmaydigan kishi ruhan olik va sovugan yurak bo'lib qolgan. Siz Rabbiyga rahmat aytishda ruhiy donolikni va sevimli yurakni ko'rsatasiz.

Bu mataldagi uchta xizmatkorlarga bir hil narsa berilmagan, chunki ularda bir hil qobilyatlar berilmagan. Xudo “bu qobilyatlarni har kimga alohida taqsimlab berish” ga erkin tashkilotdir (1 Korinfliklarga 12:11). Ba'zi odamlar tabiy tananing qisimlari har hil maqsad uchun rejalashtirilganligiga o'xshab, xizmatning bir turi uchun rejalashtirilganlar, boshqalarga boshqacha. Har bir odam, va har bir in'om va qobilyat Masihning xizmatida foydalidir; shuning uchun qo'llaringiz, oyoqlaringiz, mol-mulklaringiz, vaqtingiz va pulingiz bilan harakat qiling, ishlang va Rabbingizga xizmat qiling. Sizdagi hamma narsa Xudoga va insonlarga qurbonlik xizmati uchun foydalidir. Siz hosilli yo'lda Yaratguvchiga xizmat qilishingiz uchun donolik bilan sizni yasantirishni Undan so'rang.

Barcha in'omlaringizni samoviy Otangizning oldiga qo'ying. Uni ulug'lang va U sizni O'zining o'g'li yoki qizi deb chaqiradi. Agar siz jamoatingizdagi kambag'alga sovg'angizning boyligidan bersangiz, U sizning marhamatingizni oshiradi. Rabbingizga hormasdan uyingizda, maktabingizda, ishingizda va bo'sh vaqtingizda xizmat qiling, va shunda siz yoqimli va hursand xizmatkor bo'lasiz. O'zida boriga yopishib oladigan takabbur kishi nordon sharobga to'la bo'lgan idishga o'xshaydi lekin hammaga beradigan Rabbiyning sodiq xizmatkori shirin hidli tutatqiga o'xshaydi. Pavlusning quydagi qoidasini amalda qiling: “Qiladigan har bir ishni insonlar uchun emas, Rabbingiz uchun qilayotganday, chin qalbdan bajaringlar.” (Kolosaliklarga 3:23).

IBODAT: Samoviy Ota, biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen bizga to'liqligingdan, inoyat uchun inoyat va sovg'a uchun sovg'angdan berding. Biz kimmmiz? Va Sen kimsan? Biz Sening marhamatlaringga munosib emasmiz. Masihning qoni tufayli, biz ruhingning kuchida Sening oldingda yashay olamiz va nafas ololamiz. Hayotimiz Senga minnatdorchilikdan biri bo'lishi uchun bizga yordam ber va atrofimizda yashaydiganlar Sening oldingda hursandchilikda qatnashishi uchun ular bilan marhamatlaringni bo'lishish uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Sizga berilgan in'omlar nimalar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 09:08 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)