Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 208 (Jesus’ Prophesy about Jerusalem)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
B - MASIH YAHUDIY DINDORLARIGA TANBEH BERADI VA ULARNI OGOHLANTIRADI (Matto 23:1-39) -- ISO SO'ZLARINING BESHINCHI YIG'INDISI

11. Isoning Quddus haqidagi Bashorati (Matto 23:34-36)


MATTO 23:34-36
34 Ana shu sababdan Men sizga qanchadan-qancha payg'ambaru donishmandu ulamolarni yuborib turaman. Sizlar esa ulardan kimini o'ldirasizlar, kimini xochga mixlaysizlar, kimini esa ibodatxonalaringizda qamchilab shahardan-shaharga quvg'in qilasizlar. 35 Shu yo'sin solih kishi bo'lgan Hobilning qonidan tortib, ma'bad bilan qurbongoh oralig'ida sizlar o'ldirgan Baraxiya o'g'li Zakariyoning qonigacha, yer yuzida to'kilgan butun begunoh qonlar sizning bo'yningizda! 36 Ha, sizlarga chinini aytaman: ushbu gunohlarning hammasi shu naslning bo'yniga tushadi.
(Ibtido 4:8, 2 Solnoma 24:20-21)

Iso shu gaplar bilan Yahudiylarni ogohlantirdi, “Sizlar do'zax hukmidan qochmaydigan zaxarli ilonlarning bir avlodisizlar.” Kimdir Xudo “Shuning uchun hech qachon endi sizda ogohlantirish uchun yuborilgan payg'ambar bo'lmaydi” deb davom etadi deb o'ylashi mumkin. Lekin biz buning teskarisini eshitamiz: “ Shuning uchun Men sizlarga tavba qilishga sizlarni chaqirish uchun payg'ambarlarni jo'nataman, yoki Xudo oldida kechirib bo'lmaydigan sizni tark etish uchun ularni jo'nataman.” Bu va'da “haqiqatdan ham” - ishonch izohi bilan tanishtiriladi. Bu so'z Masih ularni jo'natishini aniqlab beradi. Masih payg'ambarlarni chaqirishga va hukmronlik qilishga qudrati bor bo'lgan U O'zi Rabiy ekanini e'lon qilyapdi. Masih qalblarning holati haqida o'rgatish uchun ularni O'zining elchilaridek jo'natdi. Iso tirilishidan keyin, U shunday va'dasini amalga oshirdi: “Men sizlarni ham yuboraman” (Yuhanno 20:21).

Iso O'z kuchida O'zining o'limidan keyin Yahudiy xalqiga payg'ambarlarni, xabarchilarni, donishmandlarni va ulamolarni yuborishini ochib berdi. U izdoshlariga o'zlaricha solih va mag'rur bo'lgan dushmanlari ularni quvg'in qilishini, qamchilashini va tosh bo'ron qilishini va ba'zilarini xochga mixlab, bir shahardan boshqa shaharga quvg'in qilishlarini ham ochib berdi. Bu payg'omning bajo bo'lishi haqida o'qishni istagan kishi Havoriylar kitobini o'qishi kerak. Boshqalar orasidagi bu Yangi Ahd kitobi Masihning izdoshlariga hujum qilgan va ularni o'ldirganlarida Xudoga xizmat qilyapmiz deb o'ylagan Muso Qonunining takabbur izdoshlari tomonidan bo'lgan nafrat va vaxshiylik haqida aytadi (Yuhanno 16:1-3).

Masih faqat ularga ularning yovuzliklari va nopok ishlari haqida aytmadi, balki ularga bo'lgan Xudoning hukmi haqida ham aytdi chunki ular Rabbiyning xizmatkorlarining qonini to'kishgan edi. Bu qon xuddi Xudoning odil hukmini kutib turgan Eski Ahdning bo'g'izlangan shahidlarining qalblaridek (Vahiy 6:9-11) Xudoga nola qiladi (Ibtido 4:10), Ibroniylarga 12:24).

Bugunlik kunda, ba'zi jamoat oqsaqollari va dindor odamlar tavbaga ko'ra va o'zgargan ruhga ko'ra kun kechirmasdan, balki ular o'zlarining solihlik saviyalariga ko'ra yashaydilar. Ular yolg'on muqaddaslikni rad qilish uchun ularga dalda beradigan Masihning elchilarini qat'iyan rad etadilar. Ular tavba qilib, kamtar bo'lgan Masihning misollariga ergashishlari kerak.

IBODAT: Muqaddas Rabbiy, biz Sendan minnatdormiz chunki O'g'ling o'zini solih deb bilganlarga ochiq-oydin gapirib, ular tavba qilishlari uchun ular ustiga sakkizta voyni yubordi. Agar biz ular kabi o'zimizni tutgan bo'lsak va haqiqatdan ham tavba qilmagan bo'lsak yoki muqaddasliging orqali o'zgarmagan bo'lsak, bizning mag'rurliklarimiz va ikkiyuzlamachiliklarimiz uchun bizlarni kechir. Najod inoyatini va xoch solihligini qoldirmasliklari uchun o'zlarini solih deb biladigan yo'l boshchilari, va kaltafahmlarning quvg'inlaridan faqat Najodkordagi tavba va imon bilan nola qiladigan har bir kishini himoya qilgin. Senga rahmat aytamiz chunki Sen befarq bo'lganlarga va Senga qarshi bo'lganlarga qarshi bo'lgan hukmning o'rtasida Isoning to'lovi bilan bizlarni tasdiqlaysan.

SAVOL:

  1. Masih nima uchun O'z xalqining olimlariga yana qayta xizmatkorlarini jo'natdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:25 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)