Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 207 (The Eighth Woe)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
B - MASIH YAHUDIY DINDORLARIGA TANBEH BERADI VA ULARNI OGOHLANTIRADI (Matto 23:1-39) -- ISO SO'ZLARINING BESHINCHI YIG'INDISI

10. Sakkizinchi Voy (Matto 23:29-33)


MATTO 23:29-33
Ey ulomoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Chunki sizlar payg'ambarlarga maqbara qurib, aziz-avliyolarning yodgorliklarini bezab yuribsizlar. 30 Agar ota-bobolarimiz davrida yashaganimizda, biz payg'ambarlarning qonini to'kishda ularga hamkorlik qilmas edik, - deysizlar. 31 Bu bilan siz o'zingizni o'zingiz inkor etib, payg'ambarlarni qatl qilganlarning o'g'illari eakningizni o'zingiz tasdiqlab turibsiz. 32 Qani, ota-bobolaringiz boshlagan ishni bitirib qo'ymaysizlarmi?! 33 Hoy ilonlar, zaharli ilon zotlari-yey! Jahannam jazosidan qanday qilib qutularkansizlar?
(Yeremiyo 26:20-23, Matto 5:12, Havoriylarga 7:52)

Farziylar va ulomolar keladigan jazodan qochib qutilishlari uchun savob ishlari orqali shahodatlari tufayli o'ldirilgan shahid va payg'ambarlar uchun buyuk qabirlar qurishgan. Ularning ajdodlari sodiq xizmatkorlarni o'ldirishgan, shuning uchun qotillarning avlodlari buyuk imoratlar qurish orqali ota-bobolarining jinoyatlarini va bu sharmandagarchilikni yopishni izladilar. Masih ularning harakatlariga hayron qolmasdan ularni “payg'ambarlarni qatl qiluvchilarning o'g'illari” deb atadi. Masih hukm qiluvchi so'zlari bilan xudosiz bo'lgan ikkiyuzlamachilarni tavba qilib Unga qaytishlari uchun ularni qimirlatdi. Biroq ular ota-bobolarining yovuzliklariga ergashib, Isoni ham o'ldirishdi va endi Xudoning hukmi ularning ustiga tushadi.

Rabbiy Iso muqaddas qahri bilan bu o'zbilarmon solihlarni “ilonlar va zaharli ilonlar” deb nomladi. Ular yolg'on, yovuz va zaharga to'lgan qari ilon bo'lgan Shaytonning urug'lari edilar. Iso ularni tavba qilib Unga qaytish uchun muvaffaqiyatsizliklarining daxshatli oqibatidan ogohlantirdi.

Biz Eski Ahdda Muqaddas Ruhning tushishi orqali Isoning chaqiruvini eshitib tavba qilgan va yangi ijod bo'lgan minglab odamlar uchun Isoga tashakkur aytamiz. Isoning havoriylarining shahodatlari va ibodatlari bizni jonlantirib umidga to'ldiradi, chunki Masih qari ilonning ruhini ularda yengib chiqdi. Jamoatlar Masihning poydevorida va Havoriyning sodiq hizmatida qurildi.

Masih birinchi bo'lib imonda befarq va komilsiz sevgi haqida ularni ogohlantirib, ilohiy chaqiruvni qabul qilganlar ustiga voylarini tushuradi. Agar biz Isoning hayoti bizda yashashi mumkin bo'lgan va bizni kamtarlikda, mehribonchilikda va imonda boshqarishi uchun samimiy tavba qilmasdan va muqaddas Isoga xizmat qilmasak, biz Masihiylarning holiga voy.

IBODAT: Bizning osmondagi Otamiz, Sen Muqaddassan va hukming odildir. Biz Sening buyuk sabr-toqating uchun Senga rahmat aytamiz. Biz barcha do'stlarimiz bilan birga sinish uchun va keladigan g'azabga hukm bo'lmasdan oqlanishimiz uchun tavba qilishga bizlarni o'rgat. Bizlarni ikkiyuzlamachiligimizdan va mag'rurligimizdan qutqargin. Bizda yangi yurakni yarat va og'ishmaydigan ruhni yangilagin. Bizni huzuringdan olib tashlama, va Muqaddas Ruhingni bizdan olib qo'yma.

SAVOL:

  1. Iso nima uchun o'sha kunlaridagi xudosiz dindor xalqni hukm qildi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:24 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)