Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 193 (Parable of the Great Wedding Feast)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
A - MA'BADDAGI TORTISHUV (Matto 21:1 - 22:46)
5. Iso To'rtta Masallar Beradi (Matto 21:28 - 22:14)

d) Nikoh To'yi haqidagi Masal (Matto 22:1-14)


MATTO 22:1-14
1 Iso masallar bilan gapini davom ettirib, xalqqa xitoban dedi: 2 “Osmon Shohligi o'zining o'g'liga nikoh to'yi qilgan bir podshohga o'xshaydi. 3 Podshoh to'yga taklif etilganlarni chaqirish uchun xizmatkorlarini yuboribdi. Ular esa kelishni istamabdilar. 4 Podshoh yana boshqa xizmatkorlarini yuborib: - Taklif etilganlarga aytinglarki, men ziyofat dasturxonini tayyorlab qo'ydim, ho'kizlaru bo'rdoqlarim so'yildi, hammasi tayyor. To'yga kelaveringlar! - debdi. 5 Biroq ular yana nazarga ilmay, biri o'zining dalasiga, boshqasi bozor-o'charga ketibdi. 6 Qolganlar esa podshoh xizmatkorlarini tutib, xo'rlab, o'ldirishibdi. 7 Podshoh buni eshitib, g'azablanibdi. Qo'shinlarini yuboribdi-da, qotillarni tig'dan o'tkazib, shaharlarini kulga aylantiribdi. 8 Keyin u qolgan xizmatkorlariga: - Nikoh to'yi tayyor, lekin taklif etilganlar bunga munosib emas ekanlar. 9 Shuning uchun chorrahalarga borib, kimni topsangizlar, to'yga chaqiringlar, - deb buyuribdi. 10 Bu xizmatkorlar yo'lga chiqib, uchratganlarining hammasini – yomonlarni ham, yaxshilarni ham to'plashibdi. To'yxona mehmonlarga to'lib ketibdi. 11 Podshoh mehmonlalni ko'rish uchun kirganda, u yerda nikoh kiyimida kiyinmagan bir odamni ko'ribdi 12 va undan: - Do'stim, nikoh kiyimsiz bu yerga qanday kirding? - deb so'rabdi, u indamabdi. 13 Shunda podshoh malaylariga buyrug' berib: - Uning qo'l-oyoqlarini bog'lab, tashqariga, qorong'ulikka tashlanglar. U yerda yig'i-sig'i va ohu voh bo'ladi, - debdi. 14 Shunga o'xshab, Xudo da'vat etganlar ko'p, ammo tanlanganlar ozdir”.
(Luqo 14:16-24, Yuhanno 3:29, Matto 21:35, 24:2, Vahiy 19:8)

Chunki Masih insonlarning fikrlari haqida xabardordir va U qanday qilib ularga javob berishni biladi. Bu masal xushxabar taqdimini ifodalaydi va bunga turli hil javoblar beriladi. Uzumzor haqidagi masal payg'ambarlarni quvg'in qilgan oqsoqollarning gunohlarini ifodalaydi. Bu ham bu xabarni mensimagan odamlarning gunohlarini ko'rsatadi, chunki ularning oqsaqollari xabarchilarni quvg'in etar edilar.

Iso shoh qanday qilib O'g'li uchun Xudoning ajoyib ruhiy to'yi haqida bir misoldek, o'g'li uchun to'y qilganni gapirib berdi. Mehmonlar kuyovni ifodalaydi. Hamma insonlar Xudoning O'g'li bilan imonda birlashish uchun taklif qilinadilar. Bu imonning birligi haqiqiy hursandchilikni, zavqni, iltijoni va minnatdorchilikni anglatadi. Butun xushxabar ahdi qon to'kish yoki ko'z yoshiga to'la muqaddas urush emas, balki hursandchilikning to'liq to'yiga o'xshaydi. Masih bizni eng oliy saodatga taklif qiladi.

Buyuk to'yni qiladiganlar mehmonlarni tanlaydi. Xudoning mehmonlari inson bolalaridir. “Xudo inson bo'ldi”, U ulug'lanishi kerak! Birinchi taklif etilgan mehmonlar Yahudiylar edi. Xushxabar voizlik qilinadi, bu taklif davom etadi. Xizmatkorlar taklifnoma bilan jo'natilgan “xizmatkorlar” dir (Hikmatlar 9:4-5).

Bu masaldan, biz mehmonlar to'yga haqiqatdan chaqirilishini va taklif etilishini ko'ramiz. Bu taklifnoma xushxabarning tovushini hursandchilik bilan eshitganlarga jo'natiladi. Taklifnomani olib keladigan xizmatkorlarda aniq mehmon ro'yhati yo'q. Muhtojlik yo'q chunki har bir kishi taklif etiladi. O'zlarini qo'shmaydiganlardan tashqari hech kim chiqarilib tashlanmaydi. Ziyofatga taklif etilganlarning hammasi to'yga taklif etiladi. Ular to'yga taklif etiladilar, shuning uchun ular Kuyov bilan uchrashishga borishlari mumkin, chunki bu hamma insonlar O'g'ilni ulug'lash kerak bo'lgan Otaning irodasidir (Yuhanno 5:23).

Xushxabarda, faqat kechirimli taklif qilish emas, balki kechirimli imon ham bor. Biz insonlarni “biz Masih uchun elchilik qilyapmiz Xudo biz orqali insonlarga murojaat etyapdi” (2 Korinfliklarga 511, 20) deb ishontiramiz. Masihning yuragi qanchalar bechora qalblarning hursandchiligiga o'rnatilganiga qarang! Iso faqat ular uchun muhtojliklariga ko'ra yordam bermaydi balki U ularning kuchsizliklarini va estan chiqarishlarini ham hisobga oladi.

Taklif etilgan mehmonlar kelishga imillashganda, shoh boshqa xizmatkorlarini jo'natdi. Lekin Eski Ahdning payg'ambarlari hukmronlik qilmadi, yoki suvga cho'mdiruvchi Yahyo, yoki Masihning O'zi (ularga Xudoning shohligi bo'sag'ada turibdi deb aytgan). Oxiri, xushxabring havoriylari va xizmatkorlari Masihning tirilishidan keyin ularga to'y tayyorligini aytish uchun va bu taklifni tezda qabul qilish uchun ularni ishontirishga yuborildilar.

Agar biz xushxabarga javob bersak, (“Qaranglar, ziyofat tayyor, xo'kiz va bo'rdoqlar so'yildi, va hamma narsa tayyor”), Ota bizni qabul qilish uchun tayyor, O'g'il biz uchun shafoat qilishga va Muqaddas Ruh bizni poklashga toyyordir. Kechirim tayyor, tinchlik tayyor, va yupanch tayyordir. Va'dalar tirik suvning quduqlaridek tayyo turibdi. Farishtalar bizni boshqarishga tayyor, donolik yaxshiligimiz uchun ishlashga tayyor turibdi va oxirida osmon bizni qabul qilish uchun tayyor turibdi. “Oxirgi zamonda ochiq ko'rinishga tayyor bo'lgan” bu tayyorlangan shohlikdir (1 Butrus 1:5).

Birinchi Xudo O'zining payg'ambarlarini va xabarchilarini Yahudiylarning oldiga yuborgan, keyin butun dunyoga. Ularning xizmatlari majburiy, yoki o'kinish emas, balki ihtiyoriy va quvonchdir. Ular horib tolmaydilar. Ular o'zlarining shon-shuhratini izlamaydilar balki Rabbiylarining shon-shuhratini izlaydilar. Ularning xabarlari, “ Xudoning O'g'lining kechki ovqati uchun hamma narsa tayyorlandi”. Bu to'ydagi o'zgacha narsa kuyov ham qurbonlikdir. U mehmonlarni oqlash uchun o'ldi. Xudo osmon kechasi uchun hamma narsani yetkazib berdi. Najod bajarildi va har bir inson uchun bu tayyorlandi. Biz Xudo nomidan “Kelinglar, hamma narsa tayyor” deb chaqiramiz.

Bu masal haqidagi boshqa g'alati narsa shundaki, taklif etilganlarning ko'plari kelmadilar. Bu Xudo bilan bo'lishni istamaganliklarini ko'rsatib, kechirim sababsiz edi. Ular Xudoni sevmadilar, balki o'zlarini sevib Uning sevgisidan mustaqil bo'lishni xohladilar.

Sabablari bor gunohkorlar Masihga kelmaydilar va Uning najodini qabul qilolmaydilar (Yuhanno 5:40). Bu munosabat gunohkorlarning azoblarini kuchaytiradi. Agar ular kelganlarida ularda hursandchilik bo'lar edi, lekin ular buni rad etishni tanladilar.

Ko'p odamlarda tadbirkorlik va dunyoviy savdolarning foydalari ularni Masihga kelishdan to'sib qo'yadi. Bu masalda har bir kelmaganlar kechirim so'rashdi. Mamlakat odamlarida g'amho'rlik qilish uchun fermalari bor. Shahar aholisi do'konlarida xizmat qilishlari kerak. Ular olib sotishlari va foyda ko'rishlari kerak. Bu haqiqat, bu fermer va olib sotarlar o'zlarining ishlarida Masihga ergashishdan ularni ushlab turadigan ishni kengaytirmasdan, balki savdolarida mohir bo'lishlari kerak.

Muqaddas Xudoning yuragi o'rtandi, chunki Uning sevgisi odildir. Uning inoyatini rad etadigan kishi o'zini Uning nuridan ajratadi. Bu Xudoning qahridir: o'zlarini o'zlari yo'q qilish uchun imonsizlarni tark etish. Siz Xudoning g'azabini bilasizmi? Gazetani oching va ruhiy ko'zlar bilan o'qing. Shunda siz Xudoning g'azabining biluvchisi bo'lasiz.

Taklif etilgan lekin kelishni rad etilganlardan keyin, Xudo nopoklarni, o'zgalarni, yovuzlarni va kasallarni O'zining bazimiga taklif etdi. O'zining xalqi Uning taklifnomasini qabul qilishmadi, shuning uchun U barcha bechoralarni O'g'lining to'yiga taklif etdi. Buyuk Xudoyimiz, shaxsan sizni taklif etadi, kelasizmi? Siz bechora, cho'loq va bahtsiz ekanligingizga ishonasizmi?

Xudo solihlik kiyimini Uning taklifnomasini qabul qiladiganlarga taqdim etadi, Siz Xudoning inoyatining kiyimini kiyib olganmisiz va Muqaddas Ruhning zeb-ziynatlari bilan o'zingizni yasatganmisiz? Sizning yovuzligingizni yengadigan bularni kiymasdan, siz Xudoning kechasida qolishga loyiq bo'lmaysiz. Masihning inoyat kiyimisiz Xudoning oldiga kelolaman deb o'ylaydigan kishi abadiy olovga tashlanadi. Do'zax faqat chanqoqlik va olovlar bilan azob bermaydi, balki chuqur qora zulmatdagi abadiy ajralishning qo'rquvi va daxshati bilan ham azob beradi.

Masih hammani to'y bazimiga taklif etgan, lekin faqat ozchilik keldi. To'yga kelganlar Xudoning tanlanganlaridir. Siz ham Uning solihligining oq kiyimida kiyinganlardan birimisiz?

IBODAT: Ota Senga rahmat aytamiz, chunki Sen biz yovuz bo'lsak ham O'g'lingning to'yida qatnashishimiz uchun bizni taklif etding. Bizlar bu sharafga loyiq emasmiz, lekin Iso Masihning qoni bizni hamma gunohimizdan tozalaydi, va biz Sen bilan yashashimiz uchun va bu dunyoda barcha poklanganlar bilan Seni ulug'lashimiz uchun, Muqaddas Ruhing bizni sevgi, hursandchilik va tinchlik bilan yasantiradi. Biz yolg'izlarni, kambag'allarni va noumidlarni chaqirib, ular bilan a'loqa qilishimiz uchun va osmon hursandchilik va quvonch bilan to'lishi uchun to'y baziminga ularni taklif qilishimiz uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Xudo O'g'lining to'yida topilishi mumkin bo'lgan yettita g'alati dalillar qaysilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:03 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)