Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 179 (Jesus’ Third Prediction of His Death and Resurrection)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 3 - ISONING QUDDUSGA BO'LGAN SAFARI MOBAYNIDA IORDAN VODIYSIDAGI XIZMATI (Matto 19:1 - 20:34)

9. Iso O'z O'limini Uchinchi bor Aytishi (Matto 20:17-19)


MATTO 20:17-19
17 Iso Quddusga qarab yo'l olarkan, o'n ikki shogirdini alohida chaqirib, ularga dedi: 18 “Hozir Quddusga boryapmiz va Inson O'g'li oliy ruhoniylar bilan ulamolarga tutib beriladi. Ular esa Uni o'limga mahkum etadilar. 19 Haqoratlash, qamchilash va xochga mixlash uchun Uni majusiylarga topshiradilar. Uchinchi kuni esa U qaytadan tirilajak”.
(Matto 16:21; 17:22-23, Mark 10:32-34, Luqo 18:31-33, Yuhanno 2:13)

Iso joni bilan izdoshlarini qutqartish uchun xochgacha bordi. U barcha payg'ambarlarning eng buyugi bo'lib, kelajakdagi azoblari va achchiq o'limi haqida oldindan bilar edi. Uchinchi marta U aniq O'zining shogirdlariga aniqlik bilan barcha tavsilotlarni e'lon qildi. Iso shogirdlariga bosh ruhoniylar va xattotlar Undan va izdoshlaridan nafratlanishlarini aytdi. Shunga qaramasdan, Iso Otasining irodasiga ko'ra dushmanlarining qo'llariga tutib berilishini bilib, shogirdlari bilan dushmanlarining qal'asiga yaqinlashdi. Ular o'zlarini shakkoklar deb ko'rmasdan kufrlik qilib Xudoning kamtar O'g'lini ayiblab o'limga Solih bo'lgan Isoni hukm qilish uchun yo'llarni izladilar. Ular nopok hisoblangan G'ayriyahudiylarning qo'liga Muqaddas Rabbiyni topshirishda vaxshiy bo'ldilar, shunda Yahudiylar Undan nafratlanib, va'da qilingan Masihdek Unga ishonishmadi. G'ayriyahudiylar Yahudiylar Shohini ko'rlarcha mazax qiladilar va Undan nafratlanib, sharmandalik xochiga Uni mixlaydilar. Iso hamma bu hodisalarni oldindan ko'rgan va shogirdlari qoqilmasliklari uchun bular haqida oldindan aytgan. Iso achchiq o'lim uchun asta-sekin ularni tayyorlab borgan. Biroq U umidsizlik va iztirob ustidan zafar qo'shig'idek ulug'vor tirilishi haqida ham ularga e'lon qilgan.

Iso shogirdlarini sevgan. Iso ularga hushomad qilmagan yoki kelajakdagi ofatni ulardan yashirmasdan, balki ularga zulmat soati kelganda ular qo'rqib ketmasliklari va chalg'imasliklari uchun bu haqiqatni ularga aytgan.

Bu e'lonlar haqida o'ylaydigan kishi Iso nima uchun bu aniq va qo'rqinchli tavsilotlar bilimi bilan Misrga, Lebanon yoki Iordanga bormaganligiga hayron bo'lishi mumkinmi? Iso nima uchun O'zini yashirmadi? Biz uchun Iso jon deb o'lishni xohlaganini tushinadigan kishi Uning o'limining muhimligini va xochga mixlangan Masihsiz boshqa najod yo'q ekanini payqab oladi. Iso shogirdlari bilan Quddusga ataylab bordi.

IBODAT: Rabbiy Iso, biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen biz uchun azob tortib, o'lib va qayta tirilish uchun qaror qilding. Biz qoning orqali pok bo'lishimiz uchun, kechiriming orqali oqlanishimz uchun, Xudoning g'azabidan saqlanishimiz uchun va Sening qurbonliging orqali Muqaddas Xudo bilan yarashishimiz uchun nopok gunohkor bo'lgan bizlar uchun shunday qilding. Bizlar Senga qanday qilib minnatdorchilik bildirishimiz mumkin? Biz Sening Muqaddas Ruhingning kuchi bilan Seni va osmondagi Otani ulug'lashimiz uchun hayotimizni, vaqtimizni va pulimizni qabul qil. Omin.

SAVOL:

  1. Masih nima uchun Quddusda Uni kutib turgan hodisani bilganida qochib ketmadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 11:24 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)