Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 180 (Pride Among Jesus’ Followers)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 3 - ISONING QUDDUSGA BO'LGAN SAFARI MOBAYNIDA IORDAN VODIYSIDAGI XIZMATI (Matto 19:1 - 20:34)

10. Isoning Shogirdlari Orasidagi Ahmoq Mag'rurlik (Matto 20:20-23)


MATTO 20:20-23
20 Shunda Zabadiylar oilasining onasi o'g'illari bilan birga Isoning huzuriga keldi. Nimadir so'ramoqchi bo'lib, Unga ta'zim qildi. 21 Iso ayoldan so'radi: - Sen nima istaysan? - Sening Shohligingda bu mening ikki o'g'limning biri o'ng tomoningda va biri chap tomoningda o'tirishlarini buyurgin! - dedi Unga ayol. 22 Iso javob berib dedi: - Sizlar nima so'rayotganingizni bilmaysizlar. Men ichajak hasratli daqdir sharobini icha olasizlarmi? - Ichamiz! - dedi ular. 23 Iso ularga: - Sizlar-ku Mening kosamdan ichib, hasratlarimni chekasizlar, ammo Mening o'ng va chap tomonimda o'tirishga ruhsat berish Mening ixtiyorimda emas. Otam bu o'rinni kimlarga tayyorlagan bo'lsa, ularga buyuradi, - dedi:
(Matto 10:2; 19:28; 26:39, Mark 10:35-45, Havoriylar 12:2, Vahiy 1:9)

Shogirdlar Isoning yaqinlashayotgan o'limi haqida ularga o'chib berganini tushunmadilar. Ularning onglari berk edi, lekin ularga va'da qilingan porlayotgan taxtlar haqida ularda fikr yo'q edi. Yoqubning va Yuhannoning onasi va o'g'illari bilan Isoning oldiga U shohligida hukmsurganida o'g'illari Uning o'ng va chap tomonida o'tirishlarini noil qilishini Undan so'rab va Isoning oldida sajda qilib, Uning oldiga kelishdi. Ular balki shunday talab qilish uchun ularni yaqinliklari huquq bergan deb hayol qilishgan (Yuhanno 19:25).

Ular talablarining jiddiyligini tushunishmagan. Ular Iso azoblar va qutqarish haqida o'ylaganda, ular hurmat-e'tibor va kuchni qidirishgan. Ular yorliq va huquqlarning jiddiyligini tushunishmadi. Ular Iso azoblar va qutqarish haqida o'ylaganda, e'tibor va kuchni qidirishgan. Ular imtiyozlar va huquqlardan rohatlanishni istaganlar, lekin Masih yarashtiruvni maqsad qilgan. Ular dunyoviy va Iso samoviy edi. Ular O'g'il ichishi uchun tayinlangan butun dunyoning gunohida Xudoning g'azab kosasining achchiqligini bilishmagan.

Yoqub va Yuhanno bu soatning muhimligini bilmasdan, balki ular Iso kelgusi o'limi haqidagi bashoratidan qat'iy nazar mo'jiza orqali poytaxtga kirib taxtni qo'lga kiritadi deb o'ylashgan. Ular yerda osmon shohligidagi eng muhim ulushni o'zlari uchun ta'minlashni xohlashgan. Ular vasvasaga qulab, Isoni hafa qilish uchun va zo'rovonlarcha harakat qilish uchun Uning jig'iga tegishni istagan iblisning tuzog'iga ilinishlarini payqashmagan. Xudoning Qo'zisi ularga yumshoqlik va mehribonlik bilan javob berib, ular Uning azoblari va o'limida qatnashishlariga ularni ishontirdi.

Biz qanchalar tez-tez imonlidek oliy e'tiborlarni, yaxshi ishni, oliy maoshni va havfsizlikni qidiramiz-ku, lekin biz orqali o'tayotgan Masihning muhtoj yoki quvg'in etilgan izdoshlarining cheksiz ustunlarini payqamaymiz.

IBODAT: Muqaddas Rabbiy, Sen bu dunyoning gunohini olgan va Yuraginga bu dunyoning uyatini olgan Xudoning Qo'zisisan, biroq shogirdlaring taxtlarga va tojlarga qaradilar. Agar biz hayotga, rohatga va pulga diqqatimizni qaratgan bo'lsak ularni kechirganing kabi bizlarni ham kechir. Biz Sening achchiq o'liming orqali biz uchun va ular uchun to'lov qurboni ekaningni biz uchrashadigan barcha odamlarga aytishimiz uchun bizga yordam ber. Biz quvg'in qilingan va muhtoj imonlilarga yordam berishimiz uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Yuhanno va Yoqub qanday qilib juda mag'rur bo'ldilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 11:27 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)