Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 166 (Mutual Forgiveness)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
4. XUDO SHOHLIGINING AMALIY QOIDALARI (Matto 18:1-35) -- MASIH SO'ZINING TO'RTINCHI YIG'INDISI

b) Aka-ukalar Orasidagi O'zaro Kechirim (Matto 18:15-17)


MATTO 18:15-17
15 “Agar birodaring senga qarshi gunoh qilsa, uning oldiga borib, faqat yuzma-yuz gapirib, aybini unga ko'rsat. Agar senga quloq solsa, sen birodaringni qaytaribolgan bo'lasan. 16 Agar senga quloq solmasa, o'zing bilan yana bir yoki ikki kishini olib bor, toki Tavrotda yozilganidek “aytiluvchi har bir so'z ikki yoki uch shohidning guvohligi bilan tasdiqlansin”. 17 Agar ularga ham quloq solmasa, imonlilar jamoatiga ayt. Agar imonlilar jamoatiga ham quloq solmasa, uni kofir yoki tamagir qatorida sana.
(Levitlar 19:17, Qonunlar 19:15, Luqo 17:3, 1 Korinfiliklarga 5:13, 2 Salonikaliklarga 3:6, Galatiyaliklarga 6:1, Titus 3:10)

Jamoat a’zolariga taxdid soluvchi eng katta to’siq mag’rurlikdan keyin tushunmovchik, donolikni kamligi tufayli ayblov va birodarlar orasida ikki tomonlama kechirim. Sevgi jamoat tushunchasini beradi. Lekin bitta a’zo xudbinlikka berilsa u tez gunoh harakatlarida yiqiladi va begona ruh jamoatga kiradi. Lekin Muqaddas Ruh yordami bilan farqlay olishni biladigan imonlilar begona ruhni bilib oladilar va Masih nomi bilan g’alaba qozonadilar.

Masih shogirdlariga yomonlik qilmasliklarini ogohlantirdi, birortasi yomonlik qilsa nima qilishlari kerakligiga yo’naltirdi. Muhokamaning maqsadi xar hil holatlarni tushunib olinishidir. Shaxsiy haqoratga nisbatan muhokama jamoat tinchligini saqlovchi maqsatdir. Ommaviy tortishuvlarga nisbatan muhokama jamoatning pokliga va go’zalligini saqlovchi maqasddir.

Agar siz jamoatingiz a’zosi yoki boror Masihiy gunoh qilishda davom etayotganini eslasangiz u uchun samimiy ibodat qiling. Uni haqoratlamang yoki sharmanda qilmang, aksincha Masih sizga maxsus chaqiruv va donolik boshqaruviga va hafa odam bilan yolg’iz gaplashishga kuchli xohish berishiga ibodat qiling.

U bilan gaplashganingizda imonigiz kuchi kamtarlik va yaxshilikda ko’rinishini esingizdan chiqarmang. Hafa qiluvchiga haqiqatni ochiq ayt, lekin uni qutqarish uchun sevgi va mehr bilan va ishonchda g’alaba qozonish uchun boshqalarga tilyog’lamalik qiladi aslida u ularga do’st emas. U adashganlarni gunohlaridan ham yomonroq mag’rurligida qilgani gunohlar uchun U o’zi ham mahkum bo’lishga boshqalarni qattiqlik bilan va masxaralab hukm qiladi. Biz jamoat a’zolari bo’lsak bir birimizga haqiqatni aytish uchun yetarli jasoratimiz yo’q, jamoat ikkiyuzlamachilik, hafagarchilik va alam tufayli o’ladi.

Haqorat qiluvchi sizga quloq solmasa Masih aytganiga bo’ysuning. Adashganni oldiga ikki yoki uch birodarni olib boring va ochiq gaplashing. U Muqaddas Xudo xuzurida o’zgarishi uchun ibodat qiling. Agar u yuragini tosh qilishda davom etsa va tavba qilishni xohlamasa va to’g’ri ishni tuting, keyin faqat sevgi kasal qalblarga da'vola olishi uchun Masih soliqchi va gunohkorlarni Xudoga qaytishi uchun sevganidek seving.

Agar yovuz odam yovuzligiga yopishib olsa va samimiy tavba qilmasa vaqtinchalik undan o’zingizni ajirating toki “kasallik” birodarlar orasida tarqalmasin. Agar u o’zi xohlab sizdan ajiramasa u yoqolgan insonni biz haqiqatdan yaxshi ko’ramiz, lekin biz uni gunohini yomon ko’ramiz va bu gunohni bizni oramizdan olib tashlashini fikrlab Xudo uni qutqarishini yoki uni sizdan ketishida Xudoni O’zi aralashini so’rang.

IBODAT: Rabbimiz Iso Masih Sen shogirdlaringni o’zidan qoniqishlari, o’zini yetuk deb xisoblashlari va ishonchsizliklarini oshkor qilganing va ulardan ozod bo’lish uchun ularga yordam berganing va yaxshilik qilishlari uchun ularga kuchli xohish berganing uchun minnatdorman. Birodarimizni o’zgarishi va muqaddaslashi va ularni xis tuyg’ularini jarohatlamasligimiz uchun ularni sevgi va haqiqat, xurmat va samimiylik bilan kutib olishimizga yordam ber. Hammamizni mehribon tartib o’rnatuvchi qilgin.

SAVOL:

  1. Agar jamoatda to’g’irlash kerak bo’ladigan birodar bo’lsa unga qo’llanadigan uchta qadamlar qaysilardan iborat?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 11:00 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)