Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 165 (Disciples’ Pride and the Children’s Humility)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
4. XUDO SHOHLIGINING AMALIY QOIDALARI (Matto 18:1-35) -- MASIH SO'ZINING TO'RTINCHI YIG'INDISI

a) Shogirdlarning Mag'rurligi va Bolalarning Kamtarligi (Matto 18:1-14)


MATTO 18:10-14
10 “Extiyot bo'linglar, bu kichiklardan birortasini ham xor qilmanglar. Men sizga shuni aytaman: osmonda ularning farishtalari doimo samoviy Otamning jamolini ko'ribturadilar. 11 “Inson O'g'li esa adashib gumroh bo'lganlarni qutqarish uchun kelgan.” 12 Sizlarning fikringiz qanday? Agar bir odamning yuzta qo'yi bo'lib, ulardan biri adashib qolsa, to'qson to'qqizini tog'larda qoldirib, adashib qolganini izlab ketmaydimi? 13 Agarda uni topib olsa bormi, sizga rostini aytsam, adashmagan to'qson to'qqiztasidan ko'ra, shu bir qo'y uchun u ko'proq sevinadi. 14 Shunga o'xshab, osmondagi Otangiz bu kichiklardan birining ham halok bo'lishini istamaydi”
(Luqo 15:4-7, Ibroniylarga 1:14)

Farishtalar borligiga ishonasizmi? Ular Xudoning xizmatchilari va Xudoning buyrug’ini bajaradigan abjir porloq ruhlardir. Iso Xudo farishtalariga bolalarini asrashini buyurganligi haqidagi yoqimli sirni bizga aytadi. Xudo bizning haqiqiy Otamiz bo’lgani uchun kuchli farishtalari himoyasi ostidagi ruhiy bolalarini qo’riqlashlariga Xudo tomonidan buyruq olganlar. Shubhasiz, shayton va uning armiyasi Muqaddas Ruhdan tug’ilganlarni yiqitishni xohlaydi. Agar Xudoning farishtalari Uning muqaddas bolalarini boshqarish uchun bu bo'lmaganida, Shayton ularni yo'q qilishga olib kelgan bo'lar edi. Bizning samoviy Otamiz Uning bolalaridan birortasini yo’qotishni xohlamaydi.

Shayton Xudoning qudratli xohishiga qarshi turishni xohlaydi, lekin Otaning rejalari va qarori qudratliroqdir. Uning muqaddas zavqidan ijoddan, yangidan sotib olishdan va Uning xohishidan inoyat amalga oshadi. Uning Otalik rejasini amalga oshirish uchun Xudo O’zining yagona O’g’lini yo’qolgan qo’ylarni topish va gunoh qulligidan olib chiqish uchun yubordi. Uning sevgisi Eski Ahddagi ko’r-ko’rona xudojo’ylikni bo’ysunmagan, Yahudiy bo’lmagan o’zga xalqlarni topish va iloji boricha ularni qutqaradigan Yaxshi Cho’ponni eslatadi. Biz boshida Xudoning va Uning O’g’lini qidiruvchilari bo’lmaganmiz. Iso esa aksincha O’z ulug’vorligidan voz kechib gunohkorlar uchun O’zini past oldi, bizni yomon hirs va yolg’onlarimizdan ozod qildi va O’zining yelkalarida Otasining oldiga olib bordi.

Uning hech bir tanlangani halok bo’lmasligi bu Xudoning xohishi. Xudoning rejasi va maqsadi Uning O’g’lining o’lishi edi toki Xudoning g’azabida birorta Uning bolalari halok bo’lmasin. Hamma odamlar buzuqdir. Hech qaysi biri yaxshi ish qilmagani uchun hammasi halok bo’ladi. Lekin inson Najotkorni topishi mumkin va Yaxshi Cho’pon chaqiruviga imon hayqirig’i bilan javor bersa albatta qutiladi. Bu so’zlarda Iso odamning qiyinchiliklari va o’limining maqsadida aytadi. Iso Xudoning yo’qolgan bolalari uchun kelgan va biz yashashimiz uchun o’ldi.

Iso bizga hoh jamoatdagi hoh jamiyatdagi birorta kichiklarni vasvasaga solmaslikni, aksincha bolalardan o’rganishni o’rgatgan. Javobgar ota-onalar bolalariga kechayu kunduz qayg’urganlaridek, Xudo ham kichik, oddiy, o’zini past oluvchi va kamtar kichiklari uchun g’amho’rlik qiladi.

Siz jamoatdagi faqatgina xurmatga sazavor odamga xizmat qilasizmi yoki kichik va past oluvchi uchun ham xizmat qilasizmi?

Ba’zida Yakshanba maktabi sinfini ochish va termulib turgan bolalarga Iso sevgisini tushuntirib berish chalkash talimotlarni befarq eshituvchilarga tushuntirishdan yaxshiroqdir. Bolalarning yuraklari ochiq va u yerda xech qanday jarohat yo’q. Isoning ismini va hislatini to’g’ri yo’l bilan ularga yetkazishga imkoniyat toping. Isoning sevgisini ular Isoning kamtarligi va pokligiga burkana olishlari uchun ularga misol keltiring. Masihiy yo'l takabburlik va mag'rurlik emas balki sevgi va kamtarlik ekanini unutmang.

IBODAT: Rabbimiz Iso, Sen Xudoning O’g’lisan. Sen Otangni xohishida xurmat bilan bo’ysunuvchan bo’lgansan. Lekin biz Xudoning sindirishidan qochib o’zimizning odatlarimizga va gunohlarimizga yopishib olamiz va g’azab va yo’lg’on chuquriga yiqilamiz. Bizning gunohlarimizni kechir va Sen O’z ulug’vorligingni qoldirib yo’qolganlarni qidirib topish uchun bizga kelganliging uchun, bizni gunoh yukidan ozod qilganing uchun, bizni butununlay poklaganing uchun va bizni Otamizning uyiga yelkangda olib borganing uchun minnatdorchiliklarimizni qabul qil. Bizni mag’rur bo’lmaslikka o’rgat, aksincha kichiklar uchun qayg’urishga, o’zimizni past olishga va Sening Muqaddas Ruhing kuchida kambag’allarga xizmat qilishni o’rgat.

SAVOL:

  1. Kichiklarga nisbatan samoviy Otaning xohishi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:58 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)