Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 153 (Jesus First Prediction of His Death and Resurrection)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

l) Iso Birinchi O'limi va Tirilishi haqida Aytishi (Matto 16:21-28)


MATTO 16:25
25 Kim o'z jonini ayamoqchi bo'lsa, uni yo'qotadi. Lekin kim Men uchun jonini yo'qotsa, jon topadi.
(Mark 8:35, Luqo 9:24, Rimliklarga 12:11)

Bu dunyo zamonaviy ilmlarning foydalarini va keng jamiyatning havfsizligini izlaydi-ku, ammo birinchi shaharni qurgan, qotil Kainni eslamaydi; yoki qulaylik uchun zinokorlikka sho'ng'igan Sadom va G'amo'ra xalqini eslamaydi. Bu buzuqlikka qo'shimcha ravishda, zamonaviy asrimizdagi rivojlangan uslublar yer sharining suvini, havosini va yerini ifloslashini topamiz. Biz gapirish tarzda go'ngda yashayotganimizni topamiz. Dunyo falokatga qarab shohyapdi. Barcha odamlar bu yiqilishda qatnashgan. Ular qonuniyni qonunsizdek va qonunsizni qonuniydek hisoblaganlar. Shunday yovuzlik bizning gunohkor qalblarimizda tomir yoygan. Kimki bu yo'lda davom etib, o'zidan kechmasa, o'zini barbod etib nuqta qo'yadi. Insonzod insonlarning yuraklarini o'zgartirmasdan yer-yuzida jannatni qurish uchun harakat qiladi. Bizda umid yo'q lekin o'zimizdan kechishda va Injilning muqaddasligining nurida fikrlarimizni hukm qilishda umid bor.

Biz Masihga ergashish orqali O'zining shohligi uchun odamlarni quradigan Isoda hayot topamiz. Bu hayot sodiqlik va sadoqat bilan birga haqqoniy va bir bo'lishni odamlar bilan o'rganish qanoat va boshqalar haqida o'ylash orqali belgilanadi. Lekin bu ruhiy uyg'onish faqat o'zidan kechish va o'zini o'ylashni yo'q qilish bilan boshlanadi.

Aldanmanglar, chunki biz gazetalarda va oynayi jahonda ko'radigan suratlar haqiqiy hayot emas, ular faqat oshirib yuborilgan homhayollardir. Siz sevgi va qurbonliksiz haqiqiy hayotni topmaysiz. Masihning nomi bilan orzularingiz uchun o'ling, o'zingizning hayotingizni unutib, uni Xudoga topshiring. Xudo siz hafa va achinarli dunyomizda Masihning shohligini qurishingiz uchun, kuchli bo'lishingiz uchun muqaddas qudrat, kuch va hursandchilikka to'la bo'lgan hayotini Masihda sizga taqdim etadi. Masih bilan yashaydigan kishi mo'l-ko'l hayotda yashaydi va hayotiga mazmun topadi, ammo Usiz harakat qiladigan kishi hursandchiliksiz shunchaki hayot kechiradi. O'zining huquqlariga osilib oladigan va o'jarlik bilan o'zining yutug'i uchun kurashadigan kishi tinchligini yo'qotadi, biroq Masihga hizmat qilib, U uchun azob chekadigan kishi hursandchilik va tinchlikdagi marhamat bilan yashaydi.

Masih bizga dunyoning kambag'allari, kasallari uchun g'amho'rlik qilishni avzal ko'rishimizni buyuradi. Biz ularning tanaviy azob-uqubatlarini kamaytirishni izlashimiz kerak va ularning yashash tarzlarini ko'tarish uchun ularga yordam berishimiz kerak. Biroq, eng muhim narsa ular Masihni bilish va Unga ergashishga kelishlari uchun hayot beradigan xushxabarni ularga taqdim etishdir. Shu yo'l bilan, ularning hayotlari Xudoning kuchi orqali o'zgaradi. Ular Xudo Ruhining boshqaruvida Masihning inoyatidan yashab, Xudoning qattiq ishlaydigan javobgarli bolalari bo'lishadi.

IBODAT: Rabbiy Iso, Sen yumshoq va kamtarsan, Sen O'zingni samoviy Otangning boshqaruviga topshirding. Biz huquqlarimizga yopishmasdan, pulga va hazinaga ruju qo'ymasligimiz uchun bizga yordam ber va o'zimizdan kechib, itoatkor, qanoatli va tinchlik bilan yashashimizni bizga o'rgat. Sening hayoting ko'plab imonlilarda ko'payishi uchun, xushxabaringni tarqatish uchun bizlarni kuchli qil.

SAVOL:

  1. Biz qanday qilib haqiqiy hayot kechira olamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:43 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)