Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 154 (Jesus First Prediction of His Death and Resurrection)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

l) Iso Birinchi O'limi va Tirilishi haqida Aytishi (Matto 16:21-28)


MATTO 16:26
26 Agar inson butun dunyoni egallasa-yu, o'z joniga zarar yetkazsa bundan qanday naf ko'radi? Yoki inson o'z joni evaziga qanday to'lov toparkan?
(Zabur 49:9, Mark 8:36-37; Luqo 9:25, 12:20)

Bir kosmosga uchuvchi oydan qaytib kelib Xudoni izlabdi, chunki uning kosmosga bo'lgan sayohatida u kishi yer-yuzining chiroyini va boyliklarini tushunib yetgan ekan. Bu hardoyim ham shunday bo'lavermaydi. Odamlar tabiat tomonidan buzuqdirlar va ularning yuraklariga chaqiruv kabi Xudoning yaratishini tushunishmaydi. Hamma yovuzlashgan, chunki ular Yaratguvchilarisiz hayot kechiradilar. Bu kosmosga uchuvchi Masihda o'zining javoblarini topdi va Uning qutqaruv kuchiga guvoh bo'ldi.

Bir yolg'izlikda yashagan millioner olamdan o'tibdi. Ayol gazetalar bilan tanasini o'rashga odatlangani topilibdi, chunki bu ayol shunchalik qizg'anchiq bo'lganki, hatto u o'ziga kiyim ham sotib olmagan ekan. Boylik va omad bizga hursandchilikni olib kelmaydi.

Aziz do'stim, hech qaysi inson yurakdan pok emasligini tushunib yetdingizmi? Hamma haddan ziyod buzilgan? Agar siz pul yig'sangiz, uy qursangiz va gunohkor bo'lganingizda hurmatli diplomlar olsangiz, bu sizga qanday foyda bo'ladi? Sizning qalbingiz buzilganini bilasizmi? Og'riq va uyatdan qat'iy nazar, siz buni tan olasizmi? Yoki siz xuddi toza va solih kabi yuragingizni aldab yuribsizmi? Siz haqiqiy gunohlaringiz bilan nima qilasiz? Har bir kichik gunoh qalbingizni buzadigan va tezda ko'payadigan mikrobga o'xshashligini bildingizmi?

Joningiz solih va toza deb o'ylamang. Endi siz yurakdan pok emassiz va qalbingizni yo'qotgansiz. Sizning o'tmishingiz nopok, yolg'onni, qalbingizni yashiringan sirlarini va Uning oldida nomoyon bo'ladigan nafratga to'lgan fikrni biladigan Xudoning mikroskopi ostidadir. Shunday qilib, aldanmanglar, balki siz yangi hayotning boshini topishingiz uchun Uning oldida gunohlaringizga iqror bo'ling. Gunohdan yuz o'girib, Xudoga qayting chunki Xudo sevgisining shohligi uchun sizni yangilash uchun sizni kutyapdi.

Isoning so'zlari agar siz bu dunyoning barcha savob ishlarini to'plasangiz, yoki hamma oltin va kumushingizni kambag'al va muhtojlarga bersangiz, siz hanuz qutqarilmasligingizni va gunohlaringizda o'lishingizni ko'rsatadi. Najodni ishlar, ushrlar berish yoki xizmat orqali tushunilmaydi, balki Masihning faqat to'lovi orqali tushuniladi. Bu faqat Xudoga bo'lgan bizning yarashuvimiz uchun qattiq yerdir. Hech kim muqaddas emas va Isodan boshqa biz uchun o'rinli qurbondek xizmat qilishga loyiq emas. Inson hatto Xudoga hamma dunyoning hazinalarini taqdim etsa ham o'zining kuchi bilan o'zini qutqara olmaydi. Iso Masihning qoni insonlar beradigan hamma narsadan ham qimmatliroqdir. Iso bizning Muqaddas Xudo tomonidan qabul qilinadigan to'lovimizdir.

IBODAT: Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh biz Seni ulug'laymiz, chunki Sen bizni o'zimizning ishimiz orqali o'zimizni qutqarish yolg'on fikridan ozod qilding. Biz quvonamiz chunki faqat Iso Masihning qoni bizni barcha gunohdan tozalaydi. Iso bizni Ota bilan yarashtirdi, va inoyat orqali O'zining bolalari bo'lishimiz uchun bizni sifatli qildi. Bizning do'stlarimizning barcha ishlari behudaligi, va xochga mixlanib, o'limdan tirilgan Iso Masihdagi imondan boshqa ularda umid yo'qligini tushuntirish uchun bizga yordam ber. Ular ilohiy sevgi bilan ularda yashaydigan yangi hayotni boshdan kechirishsin va ular hursandchilik va tinchlik bilan minnatdorchilikda yashashsin.

SAVOL:

  1. Bizning savob ishlarimiz nima uchun bizni qutqara olmaydi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on June 08, 2023, at 04:05 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)