Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 138 (Feeding the Five Thousand)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

b) Isoning Besh Ming Kishini To'ydirishi (Matto 14:13-21)


MATTO 14:13-21
13 Iso buni bilib olgach, bir O'zi qayiqqa tushib, u yerdan xilvat joyga suzib ketdi. Xaloyiq buni eshitib, shaharlardan piyoda yo'lga tushib, Uning orqasidan ergashdi. 14 Iso qayiqdan chiqib, tumonat odamni ko'rdi. Ularga achindi va ularning hastalariga shifo berdi. 15 Oqshom tushgach, shogirdlari Uning yoniga kelib dedilar: - Bu yerlar yovon ekan, endi vaqt kech bo'lib qoldi. Xaloyiqqa ruhsat bergin, qishloqlarga borib o'zlariga ovqat sotib olsinlar. 16 Lekin Iso ularga: - ular ketishlari kerak emas, sizlar ularga ovqat beringlar, - dedi. 17 – Bu yerda bizning beshta non va ikkita balig'imiz bor holos, - deyishdi Unga. 18 – Ularni bu yerga, Menga keltiringlar, - dedi Iso. 19 So'ng U xaloyiqqa o't ustiga yonboshlashlarini buyurdi. Beshta non bilan ikkita baliqni olib, osmonga qarab duo qildi. Nonlarni sindirib shogirdlari berdi, ular esa xaloyiqqa tarqatishdi. 20 Hammalarining qorni to'ydi. Ortib qolgan burda nonlarni terib olishganda, to'la o'n ikki savat chiqdi. 21 Yeganlar esa xotinlar va bolalardan tashqari besh minga yaqin kishi edi.
(2 Shohlar 4:44, Mark 6:31-44, Luqo 9:10-17, Yuhanno 6:1-13)

Masihning shogirdlari Yahyoni o'ldirishganda xuddi ular uning oldingi izdoshlari bo'lgandek qo'rqib ketishdi. Iso bu tufayli ibodat qilish uchun shogirdlari bilan O'zini yolg'iz qoldirdi. Iso ularga ularning havoriylik ishlari har doyim imonlilar bilan bo' lmasligini, balki hatto bu o'zlarining hayotlarini ulardan talab qilsa ham haqiqat haqidagi e'lonni har doyim talab qilishini o'rgatgan. Biroq Masih uzoq yolg'izlikdan hursand bo'lmadi. Xalq asosan yaxshi tanilgan payg'ambar deb hisoblangan Yahyoning o'limidan keyin Isoning oldiga yupanch uchun, boshqaruv va kuch uchun yugurdilar. Endi, besh ming kishidan ko'proq kishilar Xudoning Kalomiga och bo'lganlari uchun oilalari bilan birga cho'lda Iso bilan yig'ildilar.

Sizning atrofingizdagi dunyo siz bilganingizdan ko'ra ko'proq najodni qumsaydimi? Ular uchun sizning afsus chekishingiz qayerda? Sizda ishlaydigan Xudoning kuchi agar siz yo'qolganlarni sevsangiz xizmat uchun sizni kuchli qiladi. Najodkor haqidagi guvohligingiz insonlar Masihga qaytishlariga sabab bo'lishi mumkin.

Masih faqat ular uchun afsus chekmadi, balki ularga yordam berdi. Ulardan ko'plari kasal edilar, va Iso mehr-shavqatli bo'lgani uchun ularni shifoladi. Iso buyuk Shifolovchi bo'lish uchun bu dunyoga keldi.

Kech kiryotgan edi, va Isoning qudratli so'zi hali nihoyasiga yetmagandi. Shogirdlar gangirab qolishdi. Ular xalq och qolishidan va jiddiy tartibsizlikni yaratishidan cho'chidilar. Ular Masihdan xalqni uylariga jo'natib yuborishini so'radilar, lekin Masih ularga shunday dedi, “Siz ularga yeyish uchun biron nima beringlar.” shunda ular ozuqalari kamligini aytishdi. Biroq, Masih sizga ham shunday deydi, “Kambag'allarga nonlaringdan bo'lib beringlar, ular qoniqishlari uchun hammaga voizlik qilinglar, va o'zingizda borini ular bilan bo'lishinglar.”

Bu sizning atrofingizdagi odamlarning muhtojliklariga sizda borku lekin ozginaligini shogirdlar bilan tan olish siz uchun zararsiz bo'lar edi. Agar sizda Xudoning inomlaridan ozgina bo'lsa, qanday bahtlisiz! Masih bularni marhamatlab, bu ozuqalar bilan minglab odamlarni to'ldirishi uchun bularni Masihning ixtiyoriga qo'ying.

Lekin Masih qilgan ishiga diqqat qiling. Birinchisi, U xalqni to'plab, keyin ozgina nonni oldi va ular yeb, bu uchun butun yuraklari bilan Samoviy Otasiga shukrona aytishdi. Bu mo'jizaning siri edi. Iso ozginasi uchun shukrona bildilardi va bu ko'payib ketdi. Shunda U imon bilan nonni sindirdi, va tugashidan oldin hamma to'yib ketdi. Uning shogirdlari qolgan burdalar bilan o'n ikki savatni to'ldirishdi.

Masih qolgan burdalarga qarab, qolgan ovqatlarni ahlatxonaga tashlaydigan ba'zi boy odamlar kabi, xalq bu burdalarni yerda qoldirishlariga ruhsat bermadi.

Bizning yaralish yupanchlarimizga ega bo'lish yo'li Masihga ularni olib kelishdir. Hamma narsa Uning so'zi orqali va Unga bo'lgan ibodat orqali muqaddaslanadi (1 Timo'tiy 4:5). Rabbiy Isoga beradigan narsalarimiz bizga foydali bo'lishga va bizni yashnatishiga o'xshaydi. Iso O'zi istagandek qiladi, va biz Uning qo'lidan nima olsak, bu bizga ikki barobar shirin bo'ladi. Biz nimani sevgi bilan bersak, birinchi bo'lib Masihga olib kelishimiz kerak, shunda U buni bizdan mamnuniyat bilan qabul qiladi, va bu kimga berilgan bo'lsa buni mamnuniyat bilan ularga marhamatlaydi.

Xudoning marhamati ozgina uzoq yo'l yurishga undashi mumkin. Agar Xudo bizdagi narsani marhamatlamasa, biz yeyishimiz mumkin lekin hech qachon yetarlicha qoniqmaymiz (Haggey 1:6).

Siz Rabbiy qo'lingizga bergan ozginasi uchun Unga rahmat aytasizmi? Isoga barcha qobilyatlaringizni, vaqtingizni va pulingizni bag'ishlang. Uning qutqaruvi uchun Undan minnatdor bo'ling, va shunda siz sizdagi ozgina narsani U qanchalik quchaytirishini ko'rib hayron qolasiz.

IBODAT: Ey Ota, biz ozgina imonimiz va kuchsiz sevgimiz tufayli uyatdamiz. Biz tanaviy non va ruhiy ozuqa uchun odamlarning o'chligini ko'rish uchun va ularga chegaralangan in'omlarimiz bilan yordam berishimiz uchun bizni o'rgat. Ko'plar qutqarilib, abadiy hayotga erishishlari uchun bizni va hamma qurbonliklarimizni marhamatla. Sening kuching bugunlik kunda bizning kuchsizliklarimizda ishlashi uchun bizning imonimizni va sevgimizni kuchli qilgin.

SAVOL:

  1. Iso qanday qilib besh ming kishi uchun nonni yaratdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 09:03 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)