Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 137 (Death of John the Baptist)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

a) Yahyo Payg'ambarning O'limi (Matto 14:1-12)


MATTO 14:1-12
1 O'sha kezlarda viloyat hokimi Hirod Iso to'g'risidagi ovozalarni eshitib, 2 o'zining amaldorlariga: - Bu Yahyo payg'ambar-ku, u qaytadan tirilibdi! Shuning uchun u orqali ajoyibotlar sodir bo'lmoqda, - dedi. 3 Hirod o'z ukasi Filipning hotini Hirodiya tufayli Yahyoni tutib kishanlagan va zindonga tashlagan edi. 4 Chunki Yahyo unga: “Bu hotinni olish sen uchun ravo emas”, - deb aytib yurgan edi. 5 Hirod Yahyoni o'ldirmoqni istagan bo'lsa-da, xalqdan qo'rqardi. Chunki Yahyoni payg'ambar deb hisoblashardi. 6 Hirodning tug'ilgan kuni nishonlangan yig'inda Hirodiyaning qizi o'rtaga chiqib o'ynadi va Hirodning ko'nglini topdi. 7 Natijada Hirod u nimayiki so'rasa, topmoqqa qasam ichib, unga va'da berdi. 8 Qiz esa onasining tashviqiga ko'ra: - Menga hoziroq laganda Yahyo payg'ambarning boshini keltirib bering! - dedi. 9 Shoh hafa bo'ldi-yu, lekin o'zi bilan birga yeb-ichib o'tirganlarning ko'zi oldida qasam ichganligi uchun, bu iltimosning bajarilishini buyurdi. 10 Zindonga odam yuborib, Yahyoning boshini oldirdi. 11 Uning boshini laganda keltirib qizga berdilar, qiz esa onasiga olib borib berdi. 12 Yahyoning shogirdlari kelib, uning jasadini olib ko'mdilar. Keyin borib Isoga xabar berdilar.
(Chiqish 6:14-29, Matto 11:2; 21:26, Luqo 3:19-20; 9:7-9)

Shohlar va boshliqlar mahsus sinovlar ostiga kelishadi, chunki ular ko'pkina javobgarliklarni olib yurishadi va ularda istaklarini bajarishga hokimyat bor. Ularni yolg'onchilar, tilyog'lamachilar va ularni ulug'laydiganlar o'rab olgan. Folbinlar va yolmog'izlar ularga kelajak haqida ruhlarni chaqirish bilan ularni kutib turishadi. Ularning dunyoviy kuchlari va mag'rurliklari tez-tez gunohlarining achchiqligida va yolg'izlanishida Xudodan ularni uzoqlashtiradi. Ular qo'rquvda, havotirda va ikkilanishda yashashadi. Hirod Yahyoni o'ldirishni buyurgandan keyin, u Iso haqida shunday deb aytdi, “Bu men boshini kesgan Yahyo, tirilib kelgan” (Mark 6:16). U ruhlar orqali boshqarilgan edi, va u har bir burchakda u uchun yashirinib turgan bir ruhni ko'rdi.

Hirod Yahyoni o'ldirish orqali u gunohlarini, havotirlanmasligini va boshqarilmasligini davom ettirishi uchun bu yo'ldan tashvishni bartaraf qildim deb o'yladi. Yahyo o'ldirilishidan oldin, u Iso haqida eshitgan va Uning shogirdlari Yahyo voizlik qilgan xuddi shu pok ta'limotni voizlik qilishgan. Ayniqsa, shogirdlar Ustozlarining nomi bilan mo'jizalar ko'rsatishlari orqali buni tasdiqlashgan. Xizmatchilar jim bo'lishlari mumkin, hibsga olinishlari, g'oyib bo'lishlari va o'ldirilishlari mumkin, biroq Xudoning Kalomi jim bo'lolmaydi.

Hatto ayibsiz Yahyo zindonband qilingan edi, chunki Hirod o'zining hirslari bilan boshqarilgan edi. U o'zining ukasining xotiniga yolg'ondan foydalanib uning roziligi bilan uylangan edi. Yahyo bu qo'shaloq zinoni daxshatli gunoh deb atadi va odamlarga yomon misol deb atadi. Shuning uchun, fohisha Yahyoga qarshi ig'vo qilib, uni zindonband etishga mofaq bo'ldi.

Yahyo Hirodga isbotlab bergan bu gunoh uning ukasi Filipning xotiniga uylanishi edi. U Filipning bevasiga uylanmadi (bunda hech qanday jinoyat bo'lmagan bo'lar edi), balki u uning xotiniga uylandi. Filip hali tirik edi, va Hirod u ayolni uning eri Filipdan ayyorlik bilan aldab, o'zi uchun u ayolni saqladi. Bu ayol orqali bolasi bo'lgan Filipga qilingan yomonlikdan tashqari, bu yovuzlik, zino va yovuzlikning to'sig'i edi. Jinoyatni yomonlashtirish uchun, Hirod va Filip otalari orqali aka-uka bo'lganlar.

Yahyo bu gunoh uchun keng terminlar bilan unga tanbeh bergan, “bu sen uchun u ayolga ega bo'lishing uchun qonuniy emas.” Yahyo bu hurmatli emas, yoki bu qutqaruv emas deb ifodalamayapdi, balki bu “qonuniy emas” deb aniq e'lon qilyapdi.

Balki Yahyoning do'stlarining ba'zilari Hirodga tanbeh berishda nodonlik qilib Yahyoni ayiblashgandir, va unga Yahyo hislatini juda yaxshi bilgan Hirodning jig'iga tegishdan ko'ra jim bo'lishi yaxshiroq ekanini Yahyoga aytishgandir. Natija uning erkinligini yo'qolishi edi. Lekin ustozlar, xizmatkorlar, yoki Masihiy do'stlar kabi o'zlarining burchlarini bajarishdan insonlarga to'siq bo'lgan xohish olib tashlanishi kerak. Yahyoning yuragi bu uchun Hirodga tanbeh bermaganiga ishonaman, lekin vijdonining shahodati ko'tarish uchun ossonroq bo'lgan, yaxshi bajarish uchun azoblanishdan uning zanjirlarini yaratdi.

Hirod Yahyodan va uning odilligidan cho'chidi. Hirod Yahyodan so'rashga odatlangan edi (Mark 6:20), chunki Hirod tavbaga odamlarni chaqirgan bu mahbus unga faqat haqiqatni gapiradigan va xizmatkorlari tilyog'lamachilik qilgani kabi Yahyo unga tilyog'lamachilik qilmagan yagona kishi ekanini sezgandi. Yahyo haqiqatdan ham muhim qarorlarni tuzishdagi ta'sirli maslahatchi bo'lgan. Biroq bu shoh o'zining hirslari va yovuz ruhlar tomonidan qul qilib olingan edi va uning ayyor zinokorligining istagi ayolni ranjitgan Yahyoni o'ldirish uchun bir maqsadga qo'yilgan.

To'satdan, imkoniyat o'zini taqdim qildi. Ayol so'ragan narsasini beradigan, hatto shohligining yarmini berishga ont ichgan bu mast amakisi bo'lgan shoh huzurida raqs tushish uchun birinchi eri orqali qizini taklif qildi. Yovuz onasi orqali boshqarilgan bu qiz Yahyoning boshini olib kelishni talab qildi. Bu talab shohni juda hafa qildi, lekin shoh o'zining barcha mehmonlari oldida qilgan va'dasi tufayli ayoldan bosh tortolmadi. Shoh boshqa imkoniyat topmadi va va'dasini bajarishiga tog'ri keldi. U Xudodan qo'rqmasdan, o'zining sodiq maslahatchisining boshidan judo qildi.

Foydasiz va inoyatsiz yurak tananing hirslari bilan sevgida buyuk bo'lish uchun mosdir. “Ehtiros homilador bo'lganida, gunohni tug'adi” (Yoqub 1:15); chunki bu orqali Shayton yuraklarni egallab oladi.

Bolalariga yovuzlik qilish uchun maslahat beradigan, ularni gunohga boshlab, gunohda rag'badlantiradigan va ular uchun yomon o'rnak beradigan ota-onalarning bolalari uchun qanchalik achinarlidir. Chunki bu buzuq tabiat yaxshilik bilan tuzatilishidan ko'ra yomon qo'llanma orqali qonunsizlikka tezroq qulaydi.

Shunday qilib, Masihning xabarchisi va insonlarning orasidagi eng buyuk bo'lgan va tavbaga chaqirgan boshqalarning gunohlari uchun shahid bo'lgan Yahyo vafot etdi. Siz haqiqatdan ko'ra ko'proq havsizligingizni sevasizmi? Do'stlaringizning gunohlari uchun ularga sevgi va kamtarlik bilan tanbeh berishingiz kerak emasmi? Voizlik faqat isbotni va inoyat xabarini o'z ichiga olmaydi, balki bu gunoh va jinoyatlar uchun tanbehni ham talab qiladi.

Yahyo haqida bu hisobotni keltiradigan va (qizi Hirodning xotini bo'lgan, Hirodika uchun xona tayyorlagan) “Petriya” shohi “Aretas” bilan o'zining urushidagi Hirodning lashkarlarining halokatini qo'shib qo'yadigan Yahudiy tarixchisi Josephusni Yahudiylar Yahyoni o'limga topshirish uchun uning ustidan odil hukm bo'lishishi haqida o'ylashgan. Bu Hirodiyaning qizi qishda muzning ustida ketyotganida muz sinib ketganini ham aytgan. U qiz suvga qulagan va uning bo'ynini muzning o'tkir qirg'og'i sindirgan. Xudoning Yahyo uchun u qizning boshini talab qilishi g'oyat darajada g'amho'rlikdir.

IBODAT: Ota Sening payg'ambaring Yahyo o'zini qurbon qilish orqali bergan porloq misoli uchun Seni ulug'laymiz. Biz Sendan do'stlarimizning gunohlari haqida haqiqatni ularga yatishimiz uchun xizmatda haqiqat va to'g'ri boshqaruv uchun botirlik bilan bizni taminlashingni Sendan so'raymiz. Biz ulardan ko'ra yaxshiroq emasmiz, lekin Sen bizning gunohlarimizni kechirib, inoyating bilan bizni muqaddaslading. Biz Muqaddas Ruhingning kuchida tavba va sinish orqali najodingni qabul qilganimiz singari, ularni ham tavbaga va sinishga boshlashimiz uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Yahyoning o'limi uchun nima sabab edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 09:02 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)