Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 127 (Jesus’ True Relatives)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
1. Yahudiy Oqsoqollari Masihni rad etadi (Matto 11:2 - 12:50)

i) Isoning Haqiqiy Oilasi (Matto 12:46-50)


MATTO 12:46-50
46 Iso xalq ommasiga hali gapirib turgan vaqtda, Uning onasi bilan ukalari kelib qolishdi. Ular tashqarida kutib turib, U bilan gaplashmoqchi bo'lishdi. 47 Kimdir Isoga: “Mana, onang va akalaring tashqarida Sen bilan gaplashmoqchi bo'lib turishibdi, - dedi. 48 Iso buni aytgan kishiga javob berib: “Mening onam kim? Ukalarim kim? - dedi. 49 So'ng qo'li bilan shogirdlarini ko'rsatib: - Mana, Mening onam va ukalarim! - dedi. 50 – Kimda kim osmondagi Otamning irodasini bajo keltirsa, u Mening ukam, singlim va onam bo'ladi.
(Matto 10:37; 13:15, Mark 3:31-35, Luqo 2:49; 8:19-21, Rimliklarga 2:11; 8:29)

Masih Farziylar bilan gaplashishdan bosh tortdi chunki Iso ularga yordam berolmasligini ko'rdi. U Farziylar kabi bilimlaridan mag'rurlanmaydigan va o'rganishni istayotgan oddiy odamlar bilan gaplashishda davom etdi.

Isoga qarshi bo'lgan quvg'inlar Yahudiylar Isoning xizmatini to'xtatish uchun oilasiga bosim o'tkazganlarida o'z cho'qqisiga yetib bordi, agar ular shunday qilishmasa, Iso bilan birga jazolanib, xalqdan ajralishlariga majbur qilinishgan. Isoning ukalari katta akalarining oldiga kelib, ularni tinchlantirish uchun onalari ularga hamroh bo'ldi. Biroq Masih bu muammoni mustahkamlik bilan yechdi. Iso ruhiy zakovatni ko'rsatadigan, ularga bo'lgan buyuk sevgisini saqlab, oilasidan O'zini ochiqchasiga ajratdi. Iso endi O'zining tanaviy oilasiga bog'liq emasligini balki Muqaddas Ruhning birligidagi shogirdlariga bog'liqligini aytdi. Iso kamtarligi bilan shogirdlarini Xudoning oilasidek hisobladi, U insonlarni O'zining aka-ukalari deb chaqirishdan or qilmadi. Bizga shu yerda bu nom orqali Xudoning O'g'li orqali qanday hurmat berilgan!

Iso “Otamiz” deb Otasini chaqirgan Rabbiyning Ibodatidagi bu ogohlikni tasdiqlagan va bizning U bilan bo'lgan munosabatimizni bizni Xudoning bolalari qilgan Muqaddas Ruhning yashashi orqali munosabatimizni tasdiqlagan. Iso sizning akangizligiga ishonasizmi? Sizga taqdim etilgan bu hurmat uchun qanday qilib Unga tashakkur bildirasiz? Masih har bir yurakni mamnun qiladigan bir so'z bilan buni aytgan. U osmondagi Otasining irodasini bajaradiganlarda birodarchilikni saqlagan. Lekin Xudoning irodasi nima? Xavoriy Yuhanno shunday deydi, “Otamning irodasi shuki, Uning O'g'lini ko'rgan, Unga ishongan har bir kishi abadiy hayotga erishsin” (Yuhanno 6:40). Havoriy Pavlus shunday deb qo'shib qo'yadi, “Xudoning irodasi shu, muqaddas bo'linglar, zinodan o'zingizni saqlanglar” (1 Salonikaliklarga 4:3). Xudoning irodasi bizning najodimiz va muqaddasligimizdir.

Masih oilasini ko'rish uchun gapini bo'lmadi. U shunchalik O'z ishiga diqqatini qaratgan ediki, hech qanday havotir Uni bundan olib qo'ymadi. “Mening onam va ukalarim kimlar? Tabiyatdan bo'lgan mehribonchilik havotirga solmasligi kerak yoki din shikoyati ostida bo'lmasligi kerak, biz ota-onamiz uchun hurmatsiz bo'lishimiz mumkin yoki boshqa qarindoshlarimizga mehrsiz bo'lishimiz mumkin, lekin “hamma narsa o'z vaqtida chiroylidir” (Voiz 3:11), va muhim bo'lmagan vazifani kutish kerak, holbuki buyukrog'i qilinadi. Bizning oilalarimiz Xudoning xizmati bilan bellashuvda kelsa, biz Otamizga shunday deb aytishimiz kerak, Levi aytgani kabi “Men unu ko'rmaganman” (Iklamchi qonunlar 33:9). eng yaqin aloqalardan solishtirish bilan bosh tortish kerak, bu degani, biz Masihdan ko'ra ularni kamroq sevishimiz kerak. Xudoga bo'lgan bizning burchimizda muhimlik bo'lishi kerak.

Hech kim o'z kuchi bilan Xudoning irodasini bajarolmaydi, chunki bu kishi agar shunday bo'lsa Xudoning O'zidek bo'lgan bo'ladi. Lekin Masihning qoni bizni tozalaydi, va Uning Ruhi muqaddas tarzda yashashimiz uchun, va Masihning O'g'illigi va Xudoning O'taligi ishonchlisi bo'lishimiz uchun bizga ruhsat beradi.

Masihga ergashish uchun hamma narsasini qoldirgan va Uning ta'limotiga yopishib olgan shogirdlar tanada Unga bog'liq bo'lgan kishilardan ko'ra Isoga azizroq bo'lishgan. Ular Masihni o'zlarining oilalari oldiga qo'yishgan. Ular otalarini qoldirishgan. Iso ularga sevgasini ko'rsatish uchun oilasi oldiga ularni qo'ydi. Ular hurmat qozonishda yuz hissa ortiqrog'ini olishmaganmi? (Matto 19:29).

Barcha itoatkor imonlilar Iso Masihga yaqin qarindoshlardir. Ular Isoning ismini kiyib oladilar, Uning suratini olib yuradilar, ularda Uning tabiati bo'ladi, va Uning oilasi bo'ladilar. Iso ularni sevadi va O'zining oilasi kabi ular bilan erkin suhbat quradi. Iso ularga O'zining dasturxoniga qabul qilish uchun ruhsat beradi, ular uchun qayg'uradi, va ularga g'amho'rlik qiladi. Iso o'lganida, ularga boyliklarni qoldirdi. Hozir U osmonda, U ular bilan aloqa qiladi va oxirida O'ziga ularning hammasini to'plab oladi. Iso yaqin oilasining burchini bajarishdan qulamaydi (Rut 3:13). U hech qachon kambag'al oilasidan uyalmaydi balki ularni insonlar oldida, farishtalar oldida va Otasi oldida tan oladi.

IBODAT: Muqaddas Ota, biz qo'rquv va minnatdorchiliksiz Sening otalik ismingni e'lon qilolmaymiz. Biz yer-yuzidagi dunyoviy hamma narsalarimizdan ko'ra muhimroq bo'lgan ruhiy oilangdagilarni tirik deb hisoblashimiz uchun bizga yordam ber. Biz qulamasdan, yoki ilohiyligingdan bosh tortmasdan, balki har vaqt va har doyim irodangni bajarishimiz uchun bizga yordamber. Va oila a'zolarimiz tavba qilib, Sening sevgingda qutqarilishlari uchun ularni duo qilgin.

SAVOL:

  1. Xudoning oilasining a'zolari va dindorlar o'rtasida qanday farq bor?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 11, 2023, at 03:52 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)