Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 119 (Healing of the Withered Hand)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
1. Yahudiy Oqsoqollari Masihni rad etadi (Matto 11:2 - 12:50)

f) Shanba kunida Qo'li Shol odamni Shifolash va Isoni o'ldir ish uchun Reja (Matto 12:9-21)


MATTO 12:9-13
9 Iso u Joydan nariga o'tib, yahudiy ibodatxonasiga kirdi. 10 U yerda qo'li shol bo'lib qolgan bir odam bor edi. Isoni ayiblash maqsadida Uni so'roq qilishdi: - Shanba kunida kasalni davolash mumkinmi? 11 Iso ularga aytdi: - Sizdan qay biringiz bir qo'yi bo'la turib, agar qo'y shanba kuni chuqurga tushib ketsa, uni tortib chiqarmaydimi? 12 Inson esa qo'ydan qanchalar ulug'! Shunga ko'ra, shanba kunida yaxshilik qilish mumkin. 13 Shunday qilib, Iso u odamga: - Qo'lingni uzat! - dedi. U esa uzatishi bilanoq, bu qo'li boshqa qo'liday soppa-sog' bo'ldi-qoldi.
(Mark 3:1-6; 14:3-5, Luqo 6:6-11)

Farziylar Isoni poylashdi chunki U urf-odat va qonunlarni rasmiy bajarishdan ko'ra harakatdagi amalda sevishni nazarda tutgan edi. Ular Masihning oliyjanob rejasini tushunish uchun Uning Ruhiga yuraklarini ochishmadi. Bu haqiqatni tushunmaslik uchun o'zlarining hukmronliklarining an'analariga yopishib oladigan qiziqqon insonlar uchun oddiy holdir. Ular insonlarga qaraganda hayvonlarni davolash darajasiga qaytadilar.

Masih qonun Beruvchi kabi ehtiyotkorligi bilan asoschi bo'lgan olomonni tinchlantirib, ular ikkiyuzlamachi ekanliklarini va hatto Shanba kunida ham muhtojlik ishlari va mehr-muruvvat ular uchun qonun ekanini hayotdan bo'lgan misollar bilan ularga ko'rsatdi. Muqaddas sevgi Shanba kunidan ham buyukroqdir va Shanba kunini ko'rsatgan an'analardan ham buyukroqdir. Masih qo'li shol kishi qo'lini uzatishini buyurdi. Bu kishi ishondi va Masihning so'ziga bo'ysundi. U qo'lini uzatdi va barmoqlarini qimirlata oldi. Shunda u Xudoni ulug'lash uchun qo'llarini ko'tardi. U kishi qo'lini ishlatishga qobilyatsiz bo'lganidan keyin yashashi uchun qo'lini ishlatdi. Shu yerda Masih yana O'zining in'omlarini kambag'allarga taqdim etadi. Shifo topgan kishi va bu mo'jizani ko'rgan barcha odamlar bilan birga Xudoni ulug'ladilar lekin qonunga yopishib olgan Qonun ustozlari Xudoni ulug'lamadilar. Ular buning mohiyatini va ma'nosini tushunmadilar va olomonning hursandchiligiga qo'shilmadilar. Ularning yuraklarini achchiqlik to'ldirdi chunki Masih ularning ikkiyuzlamachiliklarini fosh qilgan edi va hammaning oldida ularning yurak maqsadlarini ochib tashladi. Bu ustozlar kengash uchrashuvini tashkillashtirib, ularning diniy holatlariga va ular tomon odamlarning munosabatlariga bo'lgan hurmatga taxdid bo'lib tuyulgan Nasroniylik Isoni o'ldirishga qaror qildilar. Ular muruvvat ishlarining izoxlariga ko'ra qonunni bajarishni afzal ko'rdilar va ular Xudoning muqaddas sevgisi bo'lgan qonunning maqsadlarida xatoga yo'l qo'ydilar.

Asoschilar faqat Masihni o'ldirishga qaror qilmadilar chunki U shunga o'xshagan mahsus nomlarni olgan edi, “Dovud O'g'li”, “Xudo O'g'li”, yoki hatto “Rabbiy”, birroq bu U Shanba kunida bir insonni shifolagani uchun, qonunlarini bajarishlarining kamligini ochib bergani uchun va haqiqiy hayotdan yangi asrning ulug'vor boshlanishi uchun edi.

Endilikda doyim so'raladigan savol bu, “nima qonuniy va nima qonunsiz”; “nima haqiqiy va nima nohaq” savolidir. Biz Kalomda har bir savolga yetarli javob topmaymiz. Biroq, har bir imonli sezish ruhining va sevgi va nohaqlik ruhining muhtojligidadir. Biz Rabbiy Isoning qadamlariga ergashishimiz uchun U bizning savollarimizga javob berishini so'raymiz, hatto sevgining qiziqishida Masihning irodasini bajarish uchun oilalarimizning fikr va harakatlariga qarshi turishimizga to'g'ri kelsa ham Uning qadamlariga ergashishimiz uchun Undan so'rashimiz kerak.

Masih dushmanlaridan qo'rqmadi, balki ularning yovuzliklarini va ahmoqliklarini ochib berdi. Iso ulardan ozgina fikr yuritishlarini so'radi, chunki ularning hech biri agar Shanba kunida qo'ylari chuqurga tushib ketsa uni qutqarmay qo'yishmas edi. Inson mavjudod bo'lgani uchun u hayvon bo'lgan mavjudodlarining eng yaxshisidan ko'ra qimmatbaho va yaxshiroqdir. Inson aqilli, bilishga qodir, sevimli va Xudoni ulug'laydigan mavjudoddir, shuning uchun u qo'ydan ko'ra ancha yaxshiroqdir. Qo'yni qurbon qilish qalbning gunohi uchun to'lov to'lolmagan.

IBODAT: Osmondagi Ota, biz Seni ulug'laymiz chunki Sen muruvvat ishlarini qilish uchun yovuz kishilardan bizni qutqarib muqaddaslading. Masih bizga O'zining misoli bilan Sening sajdangni tushuntirdi. Biz sevimli O'g'lingning qadamlarida yurishimiz uchun nima haqiqiy va nima nohaqiqiy bo'lgan irodangni har doyim bilishimiz uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Qonun ustozlari nima uchun Masihni o'limga hukm qildilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 08:39 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)