Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 118 (Disciples Pluck the Heads of Grain)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
1. Yahudiy Oqsoqollari Masihni rad etadi (Matto 11:2 - 12:50)

e) Shogirdlar Shanba Kunida Bug'doy Boshog'ini Uzadilar (Matto 12:1-8)


MATTO 12:1-8
1 O'sha kezlar bir shanba kuni Iso ekinzordan o'tib borayotgan edi. Uning shogirdlari och bo'lganidan, boshoqlarni uzib yeya boshlashdi. 2 Farziylar buni ko'rib, Isoga: - Ana, Sening shogirdlaring dam olish kunida qilish mumkin bo'lmagan ishni qilyapdilar! - deyishdi. 3 – Nahotki sizlar Dovud va uning och qolgan hamrohlari nimalar qilganini o'qimagan bo'lsangiz! - dedi ularga Iso. 4 – Dovud Xudoning uyiga kirib, o'zi va yonidagilarga ham taqiqlangan, faqat ruhoniylargina yeyishi mumkin bo'lgan bahshida nonlarni yegan edi. 5 Yoki ma'baddagi ruhoniylar shanba kungi dam olish amrini buzsalar-da, gunohkor bo'lmasliklarini Tavrotda o'qimagansizmi? 6 Biroq Men sizlarga aytayinki, bu yerdagi Kimsa ma'baddan ham ulug'dir. 7 Agar sizlar Tavrotdagi: 'Men qurbon emas, rahm-shavqat istayman' degan oyatga tushunganingizda, begunohlarni hukm qilmas edingizlar. 8 Chunki Inson O'g'li dam olish kunining ham hokimidir.
(Chiqish 20:10, Leviylar 24:9, 1 Shomuil 21:6, Ho'sheya 6:6, Mark 2:23-28, Luqo 6:1-5)

Masihning shogirdlari och qoldilar chunki ular boy emas edilar. Ular Otalariga shunday deb ibodat qildilar, “Bugunlik rizq-ro'zimizni bizga bergin,” va ular insonlarning yuraklarini suvning chashmalariga o'zgartirishiga ishonib, Xudoga va Uning kunlik yetkazuviga ishondilar.

Shogirdlar Xudoning sovg'alarini kutganlarida, ular bug'doyning boshog'ini terishni boshladilar chunki ular och edilar. Bu o'g'irlash hisoblanmaydi chunki Eski Ahd qonuni kimdir och bo'lganda ovqat uchun kerak bo'lgan narsadan olishga ruhsat bergan, biroq idishga buni to'plash o'g'irlik hisoblangan. Yangi Ahdga ko'ra, boshqalarga tegishli bo'lgan narsaga tegish o'rinsiz hisoblanadi.

Farziylar bug'doy boshoqlarini terayotgan shogirdlar to'g'risida shikoyat qilmaganlar, lekin ular ish kabi hisoblagan Shanba kunida ularni terish to'g'risida shikoyat qilganlar. Ularning tushunchalariga ko'ra bu Shanba kunining buzilishi va o'limga loyiq bo'lish edi. Shanba kunini saqlash boshqa odamlarga ularni afzal ko'rgan va ularni ajratgan Xudo bilan ularning ahdlari bilan ularni bog'lagan buyuk ramzlarning biri edi.

Lekin Masih ehtiyotkorligi bilan ularga Dovudning va ruhoniylarning misollari orqali tushuntirdi, Xudoni va insonlarni sevish uchun buyurug' Shanba kuniga rioya qiladigan buyrug'dan ko'ra buyukroqdir. Iso shogirdlarini ruhoniyar va shohlar bilan solishtirdi, chunki ruhan kambag'al bo'lganlar haqiqatdan ham Xudoning ruhiy shohlari va ruhoniylari edilar. Ular eski ahddan boshqacha bo'lganning xizmatlari, Yangi Ahdga ham tegishli bo'lganlar. Mana, Masih O'zini Shanba Kunning Rabbiysi deb atadi chunki u yangi qonun – sevgi qonunini olib keldi. Samoviy qonunberuvchi bu qonunda bu inson amrlarni bajarish bilan oqlanmasligini, balki faqat Xudoning Qo'zisining qonining inoyati orqali oqlanishini bizga o'rgatadi. Masihning ta'limlari hatto shanba kunida ham sevgi va hursandchilik bilan xizmat qilish uchun bizni poklaydi. Bu biz poklanishimiz uchun sevgi orqalidir.

Masihiylar qonunning vazifalari va uning rejalari ostida emasligini muhim ko'rsatuvi Shanba kunining o'rniga Yakshanba kuniga rioya qilishlaridir. Yakshanba kun Masihning tirilishida e'lon qilingan ilohiy hayotning ramzidir. Bu ham Muso Qonun talablaridan ozodligimizning qoidasidir. Biz na Shanba va na Yakshanba kuniga rioya qilish orqali oqlanmasligimizni bilamiz, chunki qonun orqali oqlanishni izlaydigan kishi la'natidir biroq Masihning Ruhida va hayotida qatnashadigan kishi yashaydi va har kuni va abadiy poklanadi. Masihiylikda muqaddas bo'lgan kunlar yo'q balki imonlilarning o'zlaridir. Masih vaqtlarni va fasillarni muqaddaslamaydi, balki U izdoshlari faqat Shanba va Yakshanbada emas balki har kuni muqaddas yurishlari uchun ularni muqaddaslaydi.

IBODAT: Samoviy Ota, bizni muqaddaslaganing va bizni rasmiy sajdadan ozod qilganing uchun yuragimiz tubidan Senga rahmat aytamiz. Ishimizda har kuni biz bilan bo'lganing uchun Senga ulug'vorlik bo'lsin. Sen sevging bilan soatlarimizni to'ldirasan. Biz abadiy yo'lda yashashimiz uchun hayotimizda O'g'lingning tirilishining kuchida yashash va tushunish uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL:

  1. Shanba Kunining Rabbiy Masihi qanday?

SAVOL – JAVOB 5

Aziz kitobxon,
bu kitobchadagi Mattoga ko'ra Masih Xushxabaridagi izoxlarimizni o'qib, endi siz quydagi savollarga javob berolasiz. Agar siz quydagi savollarning 90% javob bersangiz, biz sizga ta'lim olishingiz uchun bu kitoblarning keyingi qismini jo'natamiz. Iltimos bu javob varog'ida to'liq ismingizni va aniq manzilingizni yozishni unutmang.

  1. Nima uchun Iso talabchanlik bilan Undan so'rashni bizga buyuradi?
  2. Iso shogirdlariga bergan hokimyatning hursandchiligi nima?
  3. Masih voizlik qilish uchun shogirdlariga bergan birinchi beshta amrlar qaysilar?
  4. Xudoning tinchligini kim qabul qiladi?
  5. Bizning dushmanlarimiz kimlar va Iso bular haqida bizga qanday va'da beradi?
  6. Biz qanday qilib quvg'in to'lqinlarini yengib chiqamiz?
  7. “Shogird o'z ustozidan yuqori bo'lmas” degan Isoning so'zi nimani anglatadi?
  8. Masihga sodiqlik bilan ergashish nimani anglatadi?
  9. Biz guvohligimiz bilan bizdagi insonlardan bo'lgan qo'rquvni qanday qilib yengamiz?
  10. Masihiylardagi taqdir va ilohiy qoidalar nimani anglatadi?
  11. Nima uchun insonlardan va o'limdan qo'rqish bizga taqiqlanadi?
  12. Isoga bo'lgan imoni tufayli u kishining quvg'in etadigan oilasi bilan u kishi qanday o'zini tutishi kerak?
  13. Birinchi vaqt uchun xoch haqidagi Masihning aytgani Matto Xushxabarini qanday daf'ada eslatadi?
  14. Xudo va Masihga ishonganlar o'rtasidagi birlik qanday qilib bajo bo'ladi?
  15. Masihning payg'ambarlari solihlari va izdoshlarining mukofoti nima?
  16. Yo'qolganlarga voizlik qilish uchun Masihning buyrug'idan nimani o'rgandingiz?
  17. Iso nima uchun Yahyoni zindondan ozod qilmadi?
  18. Nima uchun Eski Ahdning eng buyuk va oxirgi payg'ambari Yahyodan ko'ra Xudo shohligida eng kichigi bo'lgan buyukroq hisoblaniladi?
  19. Iso nima uchun O'zining vaqtidagi xalqni bolalar bilan solishtirdi?
  20. Nima uchun Masih Unga bo'lgan ishonchsizlikni Sadom va G'amo'raning gunohidan ko'ra yomonroq deb hisoblaydi?
  21. Masih Xudoni tubdan Xudo Masihni bilgani kabi qanday qilib biladi?
  22. Bizga qo'yishni istagan Masihning bo'yinturug'i nima?
  23. Shanba Kunining Rabbiy Masihi qanday?

Siz abadiy hazinani olishingiz uchun Masihni va Uning Xushxabarining imtixonini biz bilan bajarish uchun sizni rag'batlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz. Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 04, 2023, at 11:59 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)