Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
1. Yahudiy Oqsoqollari Masihni rad etadi (Matto 11:2 - 12:50)
e) Shogirdlar Shanba Kunida Bug'doy Boshog'ini Uzadilar (Matto 12:1-8)MATTO 12:1-8 Masihning shogirdlari och qoldilar chunki ular boy emas edilar. Ular Otalariga shunday deb ibodat qildilar, “Bugunlik rizq-ro'zimizni bizga bergin,” va ular insonlarning yuraklarini suvning chashmalariga o'zgartirishiga ishonib, Xudoga va Uning kunlik yetkazuviga ishondilar. Shogirdlar Xudoning sovg'alarini kutganlarida, ular bug'doyning boshog'ini terishni boshladilar chunki ular och edilar. Bu o'g'irlash hisoblanmaydi chunki Eski Ahd qonuni kimdir och bo'lganda ovqat uchun kerak bo'lgan narsadan olishga ruhsat bergan, biroq idishga buni to'plash o'g'irlik hisoblangan. Yangi Ahdga ko'ra, boshqalarga tegishli bo'lgan narsaga tegish o'rinsiz hisoblanadi. Farziylar bug'doy boshoqlarini terayotgan shogirdlar to'g'risida shikoyat qilmaganlar, lekin ular ish kabi hisoblagan Shanba kunida ularni terish to'g'risida shikoyat qilganlar. Ularning tushunchalariga ko'ra bu Shanba kunining buzilishi va o'limga loyiq bo'lish edi. Shanba kunini saqlash boshqa odamlarga ularni afzal ko'rgan va ularni ajratgan Xudo bilan ularning ahdlari bilan ularni bog'lagan buyuk ramzlarning biri edi. Lekin Masih ehtiyotkorligi bilan ularga Dovudning va ruhoniylarning misollari orqali tushuntirdi, Xudoni va insonlarni sevish uchun buyurug' Shanba kuniga rioya qiladigan buyrug'dan ko'ra buyukroqdir. Iso shogirdlarini ruhoniyar va shohlar bilan solishtirdi, chunki ruhan kambag'al bo'lganlar haqiqatdan ham Xudoning ruhiy shohlari va ruhoniylari edilar. Ular eski ahddan boshqacha bo'lganning xizmatlari, Yangi Ahdga ham tegishli bo'lganlar. Mana, Masih O'zini Shanba Kunning Rabbiysi deb atadi chunki u yangi qonun – sevgi qonunini olib keldi. Samoviy qonunberuvchi bu qonunda bu inson amrlarni bajarish bilan oqlanmasligini, balki faqat Xudoning Qo'zisining qonining inoyati orqali oqlanishini bizga o'rgatadi. Masihning ta'limlari hatto shanba kunida ham sevgi va hursandchilik bilan xizmat qilish uchun bizni poklaydi. Bu biz poklanishimiz uchun sevgi orqalidir. Masihiylar qonunning vazifalari va uning rejalari ostida emasligini muhim ko'rsatuvi Shanba kunining o'rniga Yakshanba kuniga rioya qilishlaridir. Yakshanba kun Masihning tirilishida e'lon qilingan ilohiy hayotning ramzidir. Bu ham Muso Qonun talablaridan ozodligimizning qoidasidir. Biz na Shanba va na Yakshanba kuniga rioya qilish orqali oqlanmasligimizni bilamiz, chunki qonun orqali oqlanishni izlaydigan kishi la'natidir biroq Masihning Ruhida va hayotida qatnashadigan kishi yashaydi va har kuni va abadiy poklanadi. Masihiylikda muqaddas bo'lgan kunlar yo'q balki imonlilarning o'zlaridir. Masih vaqtlarni va fasillarni muqaddaslamaydi, balki U izdoshlari faqat Shanba va Yakshanbada emas balki har kuni muqaddas yurishlari uchun ularni muqaddaslaydi. IBODAT: Samoviy Ota, bizni muqaddaslaganing va bizni rasmiy sajdadan ozod qilganing uchun yuragimiz tubidan Senga rahmat aytamiz. Ishimizda har kuni biz bilan bo'lganing uchun Senga ulug'vorlik bo'lsin. Sen sevging bilan soatlarimizni to'ldirasan. Biz abadiy yo'lda yashashimiz uchun hayotimizda O'g'lingning tirilishining kuchida yashash va tushunish uchun bizga yordam ber. Omin. SAVOL:
SAVOL – JAVOB 5Aziz kitobxon,
Siz abadiy hazinani olishingiz uchun Masihni va Uning Xushxabarining imtixonini biz bilan bajarish uchun sizni rag'batlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz. Bizning manzil: Waters of Life Internet: www.waters-of-life.net |