Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 089 (Christ’s Authority)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
B - KAFARNAHUM VA UNING ATROFIDAGI MASIHNING MO'JIZALARI (Matto 8:1 - 9:35)

7. Masihning Vakolati va Kechirish va Shifolash uchun Kuchi (Matto 9:1-8)


MATTO 9:1-8
1 Shundan keyin Iso qayiqqa tushib, ko'lning berigi tomoniga qaytib suzib o'tdi. U O'z shahri – Kafarnahumga kirib kelgan zahoti 2 Uning oldiga to'shakda yotgan bir shol odamni ko'tarib keldilar. Iso ularning ishonchini ko'rib, sholga: - Dadil bo'l, bolam, gunohlaring kechirildi, - dedi. 3 Shunda ulomolardan ba'zilari o'zlaricha: “Bu kufrlik qilyapdiku!” - deyishdi. 4 Iso esa ularning mulohazalarini payqab, dedi: - Nega sizlar ko'ngillaringizdan yomon fikrlarni o'tkazyapsiz? 5 'Gunohlaring kechirildi', - deb aytish osonroqmi, yoki: 'O'rningdan turib yuraqol', - deb aytishmi? 6 Lekin Inson O'g'lining yer-yuzida gunohlarni kechirish qudrati borligini ham bilib qo'yinglar. Shundan so'ng Iso sholga qayrilib: - o'rningdan tur, to'shagingni olib uyingga ket! - dedi. 7 Shol esa o'rnidan turdi-da, to'shagini olib o'z uyiga ravona bo'ldi. 8 Bu voqeani ko'rgan xaloyiq o'ta hayron bo'lib, insonlarga bunday qudrat bergan Xudoni olqishladi.
(Chiqish 34:6-7; Zabur 103:3; Mark 2:1-12; Luqo 5:17-26)

Masih kasallar, tabiatning qonunlari va yovuz ruhlar ustidan bo'lgan g'olibdir. U gunohlarni kechiradigan Zod hamdir. Ilgarigi eslatib o'tilgan hodisalarda, biz kasallik, tartibsizlik va o'limga sabab bo'ladigan gunohlarni topamiz, chunki bu bizni Xudodan va Uning tinchligidan ajratadi. Rabbiysidan yiroqda yashaydigan kishi juda xato qiladi. Havoriy Pavlus, hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug'vorligidan mahrumligini aniqlab beradi (Rimliklarga 3:23).

Masihda qarshisidagi kasalning tushkunlikka tushgan vijdon uchun ko'z bo'lgan. U gunohlarini yuvmasdan turib, unga shifo berilmagan, lekin agar gunohkorlar o'zlarini to'liq shifoga ochmasalar ularni kechirmaydi. U ochiq tomdan Uning oldiga kasal kishini tushurgan va bu kasal kishining to'rtta do'stlarining imonini ko'rdi. Iso sholning ishonchidan ishonch hosil qilganida, Iso uni imondagi og'li deb atab, kuchli so'zlari bilan uning gunohlarini kechirdi va uning ayb-gunohlaridan uni tozaladi. Iso ilohiy hokimyatida gunohlarni kechirish uchun haq-huquq va kuch-qudrat bor. Bu ayibdor darhol ayibsiz va inoyat orqali Xudoning o'g'li bo'ldi.

Masih bu shol kishi to'liq shifo topganini ko'rsatish uchun, va unda hech qanday uning toshagini ko'tarib ketishlari uchun vaqt kerak emasligini balki o'zida buni ko'tarish uchun kuch borligini ko'rsatishi uchun to'shagini olishiga buyrug' berdi. Iso uni shuncha uzoq og'irlik bo'lgan oilasiga marhamat bo'lishi uchun uni uyiga jo'natdi. Iso uni insonlarning hurmat-e'tiborini izlaydiganlarga o'xshab ko'rinish uchun O'zi bilan uni olmadi.

Gunohlarning kechirimidagi Masihning sevgi ko'rinishi qanday buyuk. Masih sizni barcha gunohlaringizdan so'zlari bilan qutqaroladimi? Bu savolga javob barcha diplom, shahodatnoma va imtihonlardan ko'ra hayotingizda muhimroqdir. Gunohlaringizning kechirimini aniqlash uchun, gunohlaringizni olgan va siz uchun yarashtirish nazr-niyozidek o'lgan, xochga mixlangan Masihga qarang. Unga ishongan kishi oqlanadi va Uning sevgisiga o'zini ochadigan kishining yuragida najodga erishadi.

Masih oyog'ining ostida yotgan sholning gunohlarini kechirganda, Muqaddas Yozuvning mutaxassislari Uni uyaltirishdi, jahillari chiqib Uni kufrlikda ayiblashdi. Ular Isoning ilohiyligiga ishonishmadi va Uni toshbo'ron qilishga loyiq bo'lgan qonunning buzuvchisi deb hisoblashdi. Masih darhol ularning fikrlarini bilib oldi. Unda ichimizda o'ylaydigan va aytadigan hamma narsa haqida to'liq aql-idrok bor. Fikrlar sirdir va to'satdan ular barhayot so'z bo'lgan Masihning oldida ochilib yalang'och bo'ladi va U bularni uzoqdan tushunadi.

Keyin Masih ularga U Qudratli Xudoning O'g'li ekanini e'lon qilmadi. Iso ular eng buyuk mo'jiza bo'lgan U haqida o'ylashni boshlashlari uchun O'zini “Inson O'g'li” deb atadi. Donyor 7:13-14 Inson O'g'li Barhayot Hukmdor va ulamolar ko'rlarcha hukm qilgan Olamning Rabbiysi ekanini ochib beradi.

Masih dushmanlarini rad etmadi, lekin ularga Inson O'g'lida shol kishini shifo topishi orqali gunohlarni kechirish uchun huquq va hokimyat borligini isbotlab berdi. Masih shol kishining oldiga qaytib borganda, Uning ilohiy so'zidan bir kuch chiqib, bemorning tanasiga kirib bordi va u yangilanishni va kuchni his qildi. U Masihning kuchini ko'rsatib, sakrab yugurganicha toshagini oldi.

Isoning hokimyatining buyukligi haqida dalolat berish uchun biz Nasroniylikka xizmat qilishimiz uchun, xizmat va harakatning to'liq hayoti uchun xochga Mixlanganning kuchi bizni ko'tarishi uchun ruhiy sholligimizdan shofilanish, kechirilish va davolanish uchun kelinglar bir-birimizni Isoga tortaylik.

IBODAT: Ey Ota, biz Seni ulug'laymiz, chunki O'g'ling bizning hamma gunohlarimizni kechirdi va to'liq xochdagi o'limi tufayli ularni yuvib tozaladi. Biz Seni ulug'laymiz va hali shohligingning najodini bilmagan, ko'plab yo'qolganlarni qutqarishingni so'rab, sevgingni ulug'laymiz. Biz Sening oldingda solihlik uchun chanqog' bo'lganlarni eslatib o'tamiz va sevgingga qarshi bo'lyotganlarning ismlarini ham eslatib o'tamiz. Sen bizlarning ibodatlarimizni eshitib, shifo berib, qutqarib va bizni marhamatlaganing uchun Senga rahmat aytamiz. Omin.

SAVOL:

  1. Iso qanday qilib shol kishining gunohlarini kechirdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:42 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)