Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 073 (Trusting the Providence)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
3. YOVUZ MAQSADLARIMIZ USTIDAGI G'ALABA (Matto 6:19-7:6)

b) Samoviy Otangizning Irodasiga Ishonish (Matto 6:25-34)


MATTO 6:25-34
25 Binobarin, sizga shuni aytaman: nima yeb, nima ichamiz, deb joningiz uchun, nima kiyamiz, deb taningiz uchun tashvishlanib yurmanglar. Jon ovqatdan, tan esa kiyimdan afzal emasmi? 26 Ko'kda uchuvchi qushlarga qaranglar: ular na ekadi, na o'radi, na omborga don yig'adi. Shunga qaramay, samoviy Otangiz ularning rizqini beradi. Siz esa ulardan ancha a'loroq emasmisiz? 27 Sizlardan kim tashvishlanib, o'z umrini bir lahza bo'lsin uzaytira olar ekan? 28 Nega kiyim uchun tashvishlanasizlar? Dashtdagi piyoz gullarning qanday o'sishiga qarab, ibrat olinglar: ular na mehnat qilar na charx yigirar. 29 Ammo sizlarga aytib qo'yay: hatto podshoh Sulaymon ham o'zining shuhrat cho'qqisida bularning hech biriday kiyinmagan edi. 30 Agar Xudo bugun bor bo'lib, ertaga o'choqqa otiladigan dasht o'tiga shunday zeb bergan bo'lsa, sizni undan kam ko'rarmidi, ey imoni sustlar?! 31 Shunday ekan, nima yeymiz, nima ichamiz, nima kiyamiz, deb tashvishlanib yurmanglar. 32 Majusiylar hadeb bularning g'amida yurishadi. Lekin samoviy Otangiz siz bularning bariga muhtoj ekaningizni biladi-ku! 33 Siz avvalo Xudoning Shohligi va Uning irodasi payidan bo'linglar, shunda bularning hammasi sizga qo'shimcha qilib beriladi. 34 Binobarin, ertagi kun haqida tashvish tortmanglar. Ertaning tashvishi ertaning o'ziga tegishlidir. Har bir kunning dardi o'ziga yetar.
(Luqo 12:22-31; Rimliklarga 14:17; Filipliklarga 4:6; 1 Butrus 5:7)

Bu Masihning eng ajoyib va'zlaridan biridir! Buni yuragingizda saqlang! Samoviy Otamizning qayg'urishidagi bizning ishonchimizda Isoning bu gapi qanday buyuk. Bu so'zlarni eshitib, bunga ushonadigan kishi yuragida yashaydigan abadiy tinchlikka ega bo'ladi. Tanaviy otasining qayg'urishiga ishonadigan chaqaloqdek, Iso ham bizni imonimizda Otamiz Xudoga va biz uchun bo'lgan Uning barhayot sevgisiga ishonish uchun bizni tarbiya qilishni xohlaydi.

Xudoning sevgisiga to'lgan kishi, o'zi uchun pul to'plash vasvasasidan ozod bo'lgan kishi va donolik bilan uzluksiz qurbon keltiradigan kishi turli hil yo'llar bilan Shayton tomonidan vasvasa qilinadi. Shayton unga “Puling sen uchun yetarli emas. Agar kasal bo'lsang, kim senga g'amho'rlik qiladi? Kiyimlaring yirtilgan, va narxlar oshib ketgan. Iqtisodiy rivojlanish bir og'ir vaziyatdan boshqasiga ko'chyapdi. O'zingni rostla, o'qi, harakat qil, va yaxshi yashash uchun pulingni saqla” deb shivirlaydi.

Ammo Xudoning Ruhi g'am tashvishlaringiz bilan ehtiyotsiz tashvishingizni yengib chiqadi va siz uchun butunlay qaraydigan Xudoning otalik qayg'urishiga sizni boshlaydi. Bu degani siz osmon eshiklarini ochish uchun Xudoni kutib, ishsiz, dangasa bo'lib o'tirish degani emas. Biroq, Masihning sevgisi qo'rquv yoki ochko'zliksiz tinchlik ruhida ishlash uchun va harakat qilish uchun sizni ozod qiladi. Sizning Masih bilan bo'lgan birligingiz sizni g'am-tashvishlaringizdan ozod qiladi va jabbor Yaratguvchi bo'lgan samoviy Otangizning sevgisiga ishonishingiz uchun sizni ruhlantiradi.

Qushlarga qarang, ular ekmaydiganini olib, assonlikcha yemish topadigan joyga uchib ketishadi. Shunga o'xshab osmondagi Otangiz ham Unga qaytishingizga ruhsat beradi, chunki faqat U siz haqingizda qayg'uradi. U siz haqingizda o'ylaydi va sizga mos keladigan ish beradi, yuvosh va sodiq bo'lib qolish uchun sizga yordam beradi.

Samoviy Otangiz olimlar tomonidan bu sir hali ochilmagan to'liq hayot va ajoyib tanani sizga bergan. Siz Yaratguvchining buyukligi haqida sizga aytadigan hosil beradigan daraxtlarni va o'sayotgan gullarni tomosho qildingizmi? Mikroskop ostidagi o'simliklarga qarang va ulardan o'rganing. Atirgulni hidgang va butun chiroyni o'rganing, bu olamning tuzimi faqat yulduzlarni o'z yo'llarida boshlaydigan va ularning negizlari atrofida aylanadigan zarralarning sonini biladigan qudratli Yaratguvchining ulug'ligining aksidir. U sizni ham biladi, sizga yo'l ko'rsatadi va sizni sevadi, chunki U sizning ruhiy Otangizdir. Bu dunyodagi hamma narsa yaratilgan; biroq, siz Uning yaratilmagan Ruhidan tug'ilgansiz. U siz uchun O'zining yagona O'g'lini qurbon qildi. U sizni kechirishi mumkinmi? Bu samoviy Otangiz uchun hayotingizning har bir daqiqasi haqida o'ylash imkonsizdir. Sizning g'am-tashvishlaringiz kichik imon deb hisoblaniladi, va shikoyatingiz Uning solihligi haqida rad etishdir. Xudoning sevgisi dengizdan ko'ra kengroq va chuqurroqdir. Uning mehri osmonga o'xshaydi. U sizga deydi, “Qo'rqma chunki Men seni qutqardim; Men seni isming bilan chaqirdim; sen Menikisan” (Ishayo 43:1).

Xudoning so'zida fikr yuriting va Uning najodini o'rganing. Masihning ta'limlariga kirib boring va faolyatlaringizda Xudoning shohligiga xizmat qiling. Har bir ishonchsizlikni, tashvishni, achchiqlikni va nolishlarni olib tashlang, balki siz haqingizda sodiqlik bilan qayg'uradigan samoviy Otangizga ishoning. Masih sizni tashvishingizdan ko'taradi, va Muqaddas Ruh siz vasvasa soatida siljimasligingiz uchun sizga kuch beradi. Imonsizlar tanaviy narsalarni izlashadi, lekin siz Xudo tomonidan chaqirilasiz. Tanaviy ishlardan yuzingizni buring va Uning boshqaradigan qo'lini ushlang va U bilan abadiy hayotda qoling. Tanangiz bir kun aniq o'ladi, lekin bu oxiri emas, chunki ruhiy hayotingiz Masih bilan Xudoda yashiringan. Imoningizni yengib chiqishi uchun kattami yoki kichikmi qo'rquv va tashvishlarga ruhsat bermang, Otangizning irodasida mahkam turing, chunki U sizga kerak bo'lgan narsani berishga tayyor va siz yashashingiz uchun, Unga xizmat qilishingiz uchun va doimiy ishonchingiz bilan Uni ulug'lashingiz uchun sizga yetarlisini berishga tayyor.

O'zingizni Xudo bilan va Uning qoidalari bilan tekshiring va shunda hayotingiz darhol moslashadi, chunki Xudoning huzuri buni muqaddaslaydi. Rabbiy Ibodatidagi so'rovlarning ketma-ketligini o'rganing va shunda siz hayotingizdagi ilohiy shohlikning ma'nolarini va maqsadlarini va sizga bo'lgan Otangizning qiziqishini o'rganishingiz mumkin. Uning ismini ulug'lang, Uning shohligi payida bo'ling va so'zda, ibodatda, xizmatda va qurbonlikda xushxabarni tarqating. Birinchi o'rinda o'zingiz haqingizda tashvishlanmang, balki samoviy Shohning solihligini ulug'lang va ko'plab yo'qolgan kishilar Uning najod shohligiga kirishlari uchun shohlining kuchi va huquqlari to'g'risida dalolat bering. Shunda Shoh tashvishlaringiz haqida qayg'uradi, siz uchun javobgarlikni oladi va hayotingizning har bir qismini marhamatlaydi.

IBODAT: Ey Ota, Sening Otalik mehring uchun, biz uchun doim qayg'urishing uchun va gunohlarimizni kechirganing uchun Senga rahmat aytamiz. Biz qiyinchilikda bizga yordam berganing uchun va hayotda va abadiylikda yetarli narsani bizlarga berganing uchun shukur aytamiz. Iltimos bizni nolishdan va imoni kamlikdan saqla. Sevgingda bizni buyuk ishonch bilan kuchlantirgin va biz haqiqatdan ham Sening shohliging payida bo'lib, birinchi va oxiri solihliging haqida yoyishimiz uchun o'zimiz haqimizdagi tashvishlardan bizni ozod qil. Omin.

SAVOL:

  1. Masih qanday qilib bizni tashvishlarga berilishdan va unga sho'ng'ishdan to'sib qoladi?

SAVOL - JAAVOB

Aziz kitobhon,
bu kitobchadagi Mattoga ko'ra Masih Xushxabaridagi bizning izohlarimizni o'qib chiqib, endi siz quydagi savollarga javob berolasiz. Agar siz quydagi savollarning 90% javob bersangiz, biz sizga rivoj topishingiz uchun bularning keyingi qismlarini jo'natamiz. Iltimos to'liq ismingizni va aniq manzilingizni javob varog'iga yozib kiritishni unutmang.

  1. Biz qanday qilib Xudoning muqaddas Qonunini bajara olamiz?
  2. Masihning Qonuniga ko'ra kim qotil?
  3. Bizning nopoklikka va zinokorlikka yetaklaydigan vasvasalardan qanday qilib ozod bo'lamiz?
  4. Masihning Qonuniga ko'ra kim zinokor?
  5. Biz qanday qilib nutqimizda, xatti-harakatlarimizda, va hulqimizda to'g'ri bo'lolamiz?
  6. Masih bizni qasos va jazo qonunidan qanday qilib qutqardi?
  7. O'zi ozod bo'lganlar kimlar?
  8. Samodagi Otamiz barkamol bo'lgani kabi, biz ham qanday barkamol bo'la olamiz?
  9. Muso Qonunining va Masihning Qonunining o'rtasidagi to'liq farq nima?
  10. Ota Xudo oldida qilingan hadya qanday bo'lishi kerak?
  11. Qanday turdagi ibodatga osmondagi Otamiz tomonidan javob beriladi?
  12. Biz qanday qilib Otaning ismini ulug'laymiz?
  13. Siz “Sening shohliging kelsin” deb ibodat qilinganingizda nimani o'ylaysiz?
  14. Samodagi Otangizning irodasi nima?
  15. “Kundalik non” ni qanday so'rov o'z ichiga oladi?
  16. Kechirim uchun ibodatdagi sirlar nimalar?
  17. Biz hayotimizda yovuz shaytondan qanday qilib ozod bo'lamiz?
  18. Otangiz Xudoni qanday qilib ulug'laysiz?
  19. Osmondagi Otamiz bilan bo'lgan birlikda doim bo'lishimiz uchun nima muhim?
  20. Yangi Ahddagi ro'za nimani anglatadi?
  21. Biz nima uchun bir vaqtda ham Xudoga ham pulga birdek xizmat qilolmaymiz?
  22. Masih qanday qilib bizni tashvishlarga berilishdan va unga sho'ng'ishdan to'sib qoladi?

Biz sizni siz abadiy hazinani olishingiz uchun Masih va Uning Xushxabarining imtihonini biz bilan bajarishingiz uchun rag'batlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz.

Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:30 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)