Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
3. YOVUZ MAQSADLARIMIZ USTIDAGI G'ALABA (Matto 6:19-7:6)
b) Samoviy Otangizning Irodasiga Ishonish (Matto 6:25-34)MATTO 6:25-34 Bu Masihning eng ajoyib va'zlaridan biridir! Buni yuragingizda saqlang! Samoviy Otamizning qayg'urishidagi bizning ishonchimizda Isoning bu gapi qanday buyuk. Bu so'zlarni eshitib, bunga ushonadigan kishi yuragida yashaydigan abadiy tinchlikka ega bo'ladi. Tanaviy otasining qayg'urishiga ishonadigan chaqaloqdek, Iso ham bizni imonimizda Otamiz Xudoga va biz uchun bo'lgan Uning barhayot sevgisiga ishonish uchun bizni tarbiya qilishni xohlaydi. Xudoning sevgisiga to'lgan kishi, o'zi uchun pul to'plash vasvasasidan ozod bo'lgan kishi va donolik bilan uzluksiz qurbon keltiradigan kishi turli hil yo'llar bilan Shayton tomonidan vasvasa qilinadi. Shayton unga “Puling sen uchun yetarli emas. Agar kasal bo'lsang, kim senga g'amho'rlik qiladi? Kiyimlaring yirtilgan, va narxlar oshib ketgan. Iqtisodiy rivojlanish bir og'ir vaziyatdan boshqasiga ko'chyapdi. O'zingni rostla, o'qi, harakat qil, va yaxshi yashash uchun pulingni saqla” deb shivirlaydi. Ammo Xudoning Ruhi g'am tashvishlaringiz bilan ehtiyotsiz tashvishingizni yengib chiqadi va siz uchun butunlay qaraydigan Xudoning otalik qayg'urishiga sizni boshlaydi. Bu degani siz osmon eshiklarini ochish uchun Xudoni kutib, ishsiz, dangasa bo'lib o'tirish degani emas. Biroq, Masihning sevgisi qo'rquv yoki ochko'zliksiz tinchlik ruhida ishlash uchun va harakat qilish uchun sizni ozod qiladi. Sizning Masih bilan bo'lgan birligingiz sizni g'am-tashvishlaringizdan ozod qiladi va jabbor Yaratguvchi bo'lgan samoviy Otangizning sevgisiga ishonishingiz uchun sizni ruhlantiradi. Qushlarga qarang, ular ekmaydiganini olib, assonlikcha yemish topadigan joyga uchib ketishadi. Shunga o'xshab osmondagi Otangiz ham Unga qaytishingizga ruhsat beradi, chunki faqat U siz haqingizda qayg'uradi. U siz haqingizda o'ylaydi va sizga mos keladigan ish beradi, yuvosh va sodiq bo'lib qolish uchun sizga yordam beradi. Samoviy Otangiz olimlar tomonidan bu sir hali ochilmagan to'liq hayot va ajoyib tanani sizga bergan. Siz Yaratguvchining buyukligi haqida sizga aytadigan hosil beradigan daraxtlarni va o'sayotgan gullarni tomosho qildingizmi? Mikroskop ostidagi o'simliklarga qarang va ulardan o'rganing. Atirgulni hidgang va butun chiroyni o'rganing, bu olamning tuzimi faqat yulduzlarni o'z yo'llarida boshlaydigan va ularning negizlari atrofida aylanadigan zarralarning sonini biladigan qudratli Yaratguvchining ulug'ligining aksidir. U sizni ham biladi, sizga yo'l ko'rsatadi va sizni sevadi, chunki U sizning ruhiy Otangizdir. Bu dunyodagi hamma narsa yaratilgan; biroq, siz Uning yaratilmagan Ruhidan tug'ilgansiz. U siz uchun O'zining yagona O'g'lini qurbon qildi. U sizni kechirishi mumkinmi? Bu samoviy Otangiz uchun hayotingizning har bir daqiqasi haqida o'ylash imkonsizdir. Sizning g'am-tashvishlaringiz kichik imon deb hisoblaniladi, va shikoyatingiz Uning solihligi haqida rad etishdir. Xudoning sevgisi dengizdan ko'ra kengroq va chuqurroqdir. Uning mehri osmonga o'xshaydi. U sizga deydi, “Qo'rqma chunki Men seni qutqardim; Men seni isming bilan chaqirdim; sen Menikisan” (Ishayo 43:1). Xudoning so'zida fikr yuriting va Uning najodini o'rganing. Masihning ta'limlariga kirib boring va faolyatlaringizda Xudoning shohligiga xizmat qiling. Har bir ishonchsizlikni, tashvishni, achchiqlikni va nolishlarni olib tashlang, balki siz haqingizda sodiqlik bilan qayg'uradigan samoviy Otangizga ishoning. Masih sizni tashvishingizdan ko'taradi, va Muqaddas Ruh siz vasvasa soatida siljimasligingiz uchun sizga kuch beradi. Imonsizlar tanaviy narsalarni izlashadi, lekin siz Xudo tomonidan chaqirilasiz. Tanaviy ishlardan yuzingizni buring va Uning boshqaradigan qo'lini ushlang va U bilan abadiy hayotda qoling. Tanangiz bir kun aniq o'ladi, lekin bu oxiri emas, chunki ruhiy hayotingiz Masih bilan Xudoda yashiringan. Imoningizni yengib chiqishi uchun kattami yoki kichikmi qo'rquv va tashvishlarga ruhsat bermang, Otangizning irodasida mahkam turing, chunki U sizga kerak bo'lgan narsani berishga tayyor va siz yashashingiz uchun, Unga xizmat qilishingiz uchun va doimiy ishonchingiz bilan Uni ulug'lashingiz uchun sizga yetarlisini berishga tayyor. O'zingizni Xudo bilan va Uning qoidalari bilan tekshiring va shunda hayotingiz darhol moslashadi, chunki Xudoning huzuri buni muqaddaslaydi. Rabbiy Ibodatidagi so'rovlarning ketma-ketligini o'rganing va shunda siz hayotingizdagi ilohiy shohlikning ma'nolarini va maqsadlarini va sizga bo'lgan Otangizning qiziqishini o'rganishingiz mumkin. Uning ismini ulug'lang, Uning shohligi payida bo'ling va so'zda, ibodatda, xizmatda va qurbonlikda xushxabarni tarqating. Birinchi o'rinda o'zingiz haqingizda tashvishlanmang, balki samoviy Shohning solihligini ulug'lang va ko'plab yo'qolgan kishilar Uning najod shohligiga kirishlari uchun shohlining kuchi va huquqlari to'g'risida dalolat bering. Shunda Shoh tashvishlaringiz haqida qayg'uradi, siz uchun javobgarlikni oladi va hayotingizning har bir qismini marhamatlaydi. IBODAT: Ey Ota, Sening Otalik mehring uchun, biz uchun doim qayg'urishing uchun va gunohlarimizni kechirganing uchun Senga rahmat aytamiz. Biz qiyinchilikda bizga yordam berganing uchun va hayotda va abadiylikda yetarli narsani bizlarga berganing uchun shukur aytamiz. Iltimos bizni nolishdan va imoni kamlikdan saqla. Sevgingda bizni buyuk ishonch bilan kuchlantirgin va biz haqiqatdan ham Sening shohliging payida bo'lib, birinchi va oxiri solihliging haqida yoyishimiz uchun o'zimiz haqimizdagi tashvishlardan bizni ozod qil. Omin. SAVOL:
SAVOL - JAAVOBAziz kitobhon,
Biz sizni siz abadiy hazinani olishingiz uchun Masih va Uning Xushxabarining imtihonini biz bilan bajarishingiz uchun rag'batlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz. Bizning manzil: Waters of Life Internet: www.waters-of-life.net |