Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 071 (Fasting Joyously)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
2. XUDO OLDIDAGI BURCHLARIMIZ (Matto 6:1-18)

e) Quvonch bilan Ro'za tutish (Matto 6:16-18)


MATTO 6:16-18
16 Ro'za tutayotganingizda, ikkiyuzlamachilar kabi qovoq osiltirib yurmanglar. Ular ro'za ekanlarini odamlarga bildirish uchun o'zlarini avzoyi buzuq qilib ko'rsatadilar. Sizlarga chinini aytayin: ular o'zlariga yarashasini olib bo'ldilar. 17 Lekin sen ro'za tutganingda, o'zingni yuvib-tarab yurgin, 18 toki ro'za tutganing insonlarga emas, balki yashirin bo'lgan Otangga oshkor bo'lsin. Yashirin bo'lganlarni ko'ruvchi Otang esa aniq taqdirlaydi.
(Ishayo 58:5-6)

Masih bu shaxsiy ro'zalarning oyatida asosan yurakdan chiqqan hadyalardek, asosiy shaxslar o'zlariga tavsiya qilgandek, dindor Yahudiylar orasida ko'pincha qo'llanilganini aytadi; ba'zilar bir kun ro'za tutishgan, ba'zilar ikki kun, va ba'zilar har hafta; boshqalar muhtojlikni his qilgandek oz-ozdan tutishgan. Ular bu kunlarda quyosh botguncha yeyishmagan. Bu “haftada ikki kun” Farziylarning ro'zasi emas edi, lekin uning bundan mag'rurlanishini Masih hukm qilgan (Luqo 18:12).

Qalbning najodi sizning ro'za tutishingizga, ibodat qilishingizga, hayr-ehson berishingizga yoki ziyorat qilishingizga bog'liq emas. Masih sizni tekinga va xochdagi o'limi orqali to'liq qutqargan, va U sizni mehribonchiligi bilan yangilaydi. Masih O'zining Ruhini yuragingizga solgan, shuning uchun siz ro'za tutish, ziyorat qilish va sajda qilish orqali muqaddasligingizni yaxshilashingiz kerak emas, chunki Masih sizni to'liq tozaladi! Masihning birligida, biz samoviy otamizning Muqaddas Ruhi bilan moylanamiz.

Biz nima uchun ro'za tutamiz? Bizning ro'zamiz bizni oqlash uchun yoki tozalash uchun maqsad qilinmaydi. Bu tavbaning, sabr-toqatning va iltijoning belgisidir. Ro'za tutish ichingizdagi ibodatdir. Agar oshqozoningizning asablari ochlikdan titrasa, va ruhingiz har doim Xudo tomon moslanib qolgan bo'lsa, sizning qalbingiz buning og'ir yuklaridan ozod bo'ladi, va bu imonga, ibodatga va minnatdorchilikka ozod bo'lgan bo'ladi. Ro'za tutadigan va Xudoning inoyatiga kirib boradigan kishi hukmdan ozod bo'ladi va Xudoga hursandchilik bilan sajda qiloladi.

Ro'za ishonchli tajribadir, va bizda kechirim so'rash uchun sabab bor, bunga Masihiylar orasida e'tibor berilmaydi. Qarib qolgan Anna “ro'za tutish bilan Xudoga xizmat qilgan” (Luqo 2:37). Birinchi Masihiylar buni tez-tez amalda qilib turishgan (Havoriylar 13:3; 14:23). Yashirin ro'za o'zidan kechishning harakatidir va tananing o'lishidir, bizning ustimizdagi muqaddas qasos va Xudoning qo'l ostida uyatdir. Yetuk Masihiylar ro'za tutish orqali mag'rurlanishga hech narsa yo'qligini va hatto ular kundalik nonlariga ham arzimasliklarini tan oladilar. Bu butun non bizni holdan toydirish uchun berilgandek, diniy mashqlarda bizni kuchli qilish uchun va tanani va uning xohishlarini tekshirish ma'nosidir. Pavlus “tez-tez ro'zada” bo'lgan va shuning uchun u “bu tana ostida saqlab, buni tekshiruvga olib kelgan.”

Lekin ro'za tutganingizda ehtiyot bo'ling. Qalbingiz insoniy hayol va yolg'on fikrlar bilan emas, balki Xudoning So'zi bilan to'lsin. Iso cho'lda Shayton orqali sajdasining oxirida vasvasaga solinganda Iso orqali ochib berilgan yolg'on xudojo'ylik bilan, nohaq qayg'urib va muqaddasdek harakat qilib, Shayton ro'za tutayotgan imonliga yaqinlashadi. Ro'za sizni qutqarmaydi. Bu faqat siz mehribon Rabbingizdan yangi kuch olishingiz uchun ro'zangiz imonningizning bir qismini yaratadigan Xudoning Kalomidir.

Ikkiyuzlamachilar vazifalarning hayoti va qalbi bo'lgan ulardagi qalbning kamtarligi va tavbasidan hech narsa bo'lmaganda yolg'on ro'za tutadilar. Ularning ro'zalari ma'nosiz ko'rinish, ma'nosiz soya va qalbaki ro'za edi. Ular haqiqatdan ham kamtar bo'lishdan ko'ra o'zlariga kamtarroq bo'lishni oldilar va Xudoga buyuk haqorat bo'lgan bu gunoh bilan Uni aldash uchun harakat qildilar. Xudo tanlagan ro'za kunda quvg'adek boshni egish emas, yoki inson uchun kiyimini yoyib, kul sochish emas, balki qalblarni qiynashdir; agar biz buni ro'za deb atasak, umuman hato qilamiz (Ishayo 58:5).

Ular ro'za tutayotganlarini e'lon qilganlar, va ularni ko'rganlar bu ularga ro'za tutish kuni ekanini payqashlari uchun buni boshqarganlar. Hatto ular bu kunlarda ko'chalarda ko'rinadilar, holbuki ular uylarida bo'lishlari kerak edi. Ular avzoyi buzuq, sekin qadam tashlashadi; va o'zlarini insonlar ular qanchalik tez ro'za tutishlarini ko'rishlari uchun va o'zlarini to'liq muqaddasdek bilib o'zlarini buzishadi va insonlarni uyaltirishadi.

Insonlarning yaxshi fikrlariga o'zingizni tavsiya etish uchun ro'za tutayotganingiz haqida odamlarga gapirmang. Har kungi ko'rinishingiz bilan ko'rining. Ro'zangiz orqali imoningiz bilan Masihning g'alabasida sizni sherik qiladigan va siz bilan uchrashadigan Xudo uchun yoqimli bo'lib ko'rining. Shunda siz Xudo huzurining hursandchiligi bilan to'lasiz va xudojo'ylik urf-odatiga qulamaysiz.

Osmondagi Otamiz ibodat qilgan kishiga, ro'za tutgan va xushxabrning so'ziga kirib boradigan kishiga O'zini bildiradi. Bu ruhlanishning eng buyuk qadamidir, chunki siz “Meni ko'rgan Otamni ham ko'rgan bo'ladi” deb aytgan Masihning hatti-xarakatida Ota Xudoni bilishingiz mumkin. Bu Isodek Muqaddas Xudoni ko'rish uchun yuraklarimizning xohishidir.

Siz qudratli Xudo Masihning izdoshlarida ham yashashini bilib oldingizmi? Chunki ular birga Muqaddas Ruhining ma'badidir. Bu ilohiy Ruh siz ro'za tutganingiz uchun yoki ibodatingiz uchun sizga tushmaydi, balki Isoning o'limiga bo'lgan imoningiz uchun keladi.

Ro'za tutadigan kishi boshqalar bilan Masihning kuchini bo'lisholadi. Ibodat, imon va ro'za orqali yovuz ruhlar jinga chalinganlardan ketishi kerak, chunki Masihning nomi hokimyat bilan jinlarni quvib chiqaradi.

Ro'zangiz faqat ovqat va ichimliklar bilan chegaralanmasin. Nopoklikdan, doimiylik chekishdan va yomon odatlardan o'zingizni tiying, shunda siz pulingizni saqlaysiz va osmondagi Otangizning shohligining tarqalishi uchun buni qurbon qilish uchun qobilyatli bo'lasiz. Buzuq narsalardan tiyilishingiz ba'zan ro'za tutishdan va ovqat va ichimlikdan saqlanishdan ko'ra muhimroqdir. Da'vosiz Xudoga vaqtingizni va qobilyatingizni topshiring va shunda siz boshqalarda o'sayotgan Xudoning ulug'vorligining hosillarini topasiz.

IBODAT: Ey Ota, Sen mehribon Ruhing bilan bizda yashashni istaysan. Biz hursandchilik bilan Senga sajda qilamiz va minnatdorchilik bildiramiz, chunki Sen bizlarni birliginga taklif qilding. Iltimos biz boshqalar uchun ibodat qilishimizga, Sen istagandek harakat qilishimizga va ko'plar Shaytonning bo'yinturig'idan ozod bo'lishi uchun va abadiy hayotni qabul qilishi uchun hursandchilik va ishonch bilan ro'za tutishga bizlarni o'rgat. Omin.

SAVOL:

  1. Yangi Ahddagi ro'za nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:27 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)