Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 015 (Jesus' birth)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

2. Isoing tug'ilishi (Matto 1:18-25)


MATTO 1:19-20
19 Uning eri Yusuf esa solih odam bo'lib, Maryamni shar-manda qilishni istamay, yashirincha qo'yib yuborish niyatida bo'ldi. 20 Buni o'ylab ko'rganidayoq, Xudovandning bir farishtasi tushida unga ko'rinib: “Ey Dovud o'g'li Yusuf! - dedi, - Sen Maryamni o'zinga xotinlikka olishdan qo'rqma; chunki uning vujudidagi homila Muqaddas Ruhdan paydo bo'lgan.

Yusuf bir oilani o'rnatishni istagan, Xudodan qo'rqadigan durodgor bo'lgan. U xudojo'y, go'zal Bokira Maryamni hurmat qilib, unga turmushga chiqishi uchun uning oilasidan rozilikni olgan; bu ikki oila nikoh orqali aloqa qilishgan.

Yusuf solih odam bo'lgan va Maryam esa muborak yaxshi ayol bo'lgan. Bu barcha imonlilarga chaqiruvdir “imonlilar bilan naravo sherikchilik qilmanglar”. Ruhan bo'lganlar Xudo ularning aloqasini muqaddaslab, bunda ularni duo qiladiganlar bilan turmush qurishni tanlash kerak.

Biz unashtirilish bilan nikohni boshlash uchun shoshilinchda emas, balki ehtiyotkorlik bilan turmush holatiga kirish uchun bu biz uchun yaxshi ekanini o'rganishimiz ham mumkin. Keyinchalik tavba qilish uchun vaqt topishdan ko'ra turmush qurishdan oldin o'ylab ko'rish uchun vaqt topgan yaxshiroqdir.

To'satdan, Yusuf ular birga bo'lishlaridan oldin, uning unashtirilgan ayoli Maryam bola bilan bo'lishini tushundi. U Maryamni ehtiyotkorlik bilan qarab yurdi va u Maryam homiladorligiga ishonch hosil qilganida, sevgi va g'azab o'rtasidagi kurash uning ko'ksida chiqib ketdi. U achchiq shubhaning tuzog'i bo'ldi. Maryamning homiladorligi oshkor bo'lganda, Yusuf Maryam tomon qonuniy burchlari haqida o'ylashni boshladi. Xudojo'y Yahudiy “Fohisha” ga uylanmaydi. U Rim imperiyasi davrida o'limga emas balki jir-kanishga olib keladigan ommada uning sharmandagarchiligini ochib tashlashiga to'g'ri kelgan; yoki u o'zi sevgan kishiga tur-mushga chiqishi uchun unga ruhsat berish uchun yakkama yakka ajrashish shahodatnomasini berishiga to'g'ri kelgan.

Bokira Maryamdek Momo havoning birorta qizlari hech qachon shunday ulug'lanmagan, va biroq eng yomonlardan birining hislati ostida qulash xavfidagi jinoyatlar; biroq biz Maryam bu haqida o'zini azoblaganini emas, balki ayibsizligiga ishonchi komilligini, va tinchlikda qolib, o'zini “solihlik bilan jazolaydigan unga” topshirganini topamiz.

Vijdonni yaxshi saqlash haqida qayg'uradiganlar yaxshi ismlarini saqlash bilan Xudoga quvonch bilan ishonishadi va U faqat ularning halolliklarini emas balki hurmat-e'tiborlarini tushuntiradigan umid uchun ularda sabab bo'ladi.

Yususf haqiatdan ham Maryamni sevgan va Maryamga emas o'ziga ayib keltirish uchun yashirincha undan ajirashishga tayyorlandi. Bu uning to'g'riligini va odilligini aks ettiradi. Biz o'zi ishongan kishini topish kerakligi qanday buyuk muammo va o'kinchli ekani haqida yaxshi hayol qilishimiz mumkin va hurmatga sazavor bo'lgan shunday yovuz jinoyatning shubha ostiga kelgani haqida o'ylashimiz mumkin. “Bu Maryammi?” deb o'ylashni boshladi u. “Biz eng yaxshi deb o'ylagan odamlarimiz tomonidan qanday qilib aldanishimiz mumkin? Biz kutgan narsada qanday qilib o'kinamiz!” U shunday yaxshi ayol bo'lishga ishongan kishidan shunday kasal narsaga ishonishga qo'rqadi va biroq, bu ish kechirilishga juda yomon bo'lgandek, rad etilish uchun juda og'riq hamdir. Zo'ravon kurash Yusufning yuragida o't oldi. Bir tomondan u qabirdek vaxshiy bo'lgan achchiq qizg'anish bilan urushdi va boshqa tarafdan, u Maryam uchun unda bo'lgan chuqur ta'sir bilan to'qnashdi! Yusuf o'taketganlikka harakat qilishdan o'zini olib qochdi. U Maryamni umumiy misol qilishni istamadi, hatto qonunga ko'ra ham, u shunday qildi: “Agar bokira bo'lgan yosh ayol erga nikohlangan bo'lsa va bu erkak uni shaharda topib, u bilan yotsa, shunda siz ularni shahar darvozasidan olib chiqib, ularni o'ldirish uchun tosh bo'ron qiling” (Qonunlar 22:23-24).

Lekin Yusuf qonundan foydalanib, uni jazolashni xohlamadi, chunki uning ayibi haqida dalil aniq emas edi. “Uni maydonga chiqarib yoqinglar!” (Ibtido 38:24) o'xshash tarzdagi shoshqoloqlik qattiq hukmni o'tkazgan Yahudo haqida Yusuf bundan ko'rsatgan bu ruh qanday boshqacha bo'lgan. Shu yerda Yusuf qilgandek, bu narsalar haqida o'ylash qanday yaxshi! Bizning ro'yhat va hukmlarimizda ko'proq extiyotkorlik bor bo'lganda, ularda ko'proq mehribonchilik va odillik bo'lgan bo'lar edi. .

Maryamni jazolashga olib kelish, boshqalarga ogohlantirish berish – jazodagi maqsadni ko'rsatadigan “uni umumiy misol” dek bu Xushxabarda ifodalaniladi.

Bu bizga so'zsiz, gunohkorlarni qanday qilib, so'kishga o'rgatadi. “Dononing so'zlari jimlikda eshitiladi” (Voiz 9:17). Masihiy sevgi va Masihiy ehtiyotkorlik gunohlarning ko'pini yashiradi.

Yusuf Maryamdan nafratlanmasdan, balki Xudodan boshqa hech kim unga yordam berolmasligini bilib u uchun ibodat qildi. Yusuf gangib qolganida, Xudo unga bir farishtani jo'natdi, va bu “Dovud O'g'li” degan oliyjanob ism orqali uni chaqirdi. Farishta uni shahona aloqasining fikriga qo'yib, u Xudodan, insoniyatdan, qonundan qo'rqmasligi uchun barcha qo'rquvlarni olib tashladi, chunki u va Maryam ayibsiz edilar.

Bu farishta Yusufga Maryam nikoh qonuniga ko'ra uning qonuniy xotini ekanini isbotladi. Bu e'londan keyin, farishta Maryamni “Bokira” deb atamadi, balki u Yusufga uning qornidagi bola Xudoning muqaddas irodasiga ko'ra Muqaddas Ruhdan ekanini aniqlab berdi. Xudo bu chaqaloq Isoni foxisha bo'lish uchun eri orqali gumon qilingan ayoldan tug'ilishini xohlamagan. Farishta Yusufni Maryamni olib, uni xotinidek quchoqlab, qonuniy oilaning himoyasini olishiga qistadi. Xudo mehribon qo'lini uzatib, Yusuf va Maryamni duo qildi.

Yusufning tushidagi farishtaning ko'rinishi Yusufdan Xudoga ishonishni talab qildi, tabiat qonunlariga qarshi Maryamda bola tug'ilyotgan edi va bu bola haqiqiy Xudo bilan birga haqiqiy inson bo'lardi.

Xudo yaxshi ishlar uchun tayyorgarlik ko'rganlarga gapirib, ularga yo'llanma beradi; va Xudo O'ziga tegishli bo'lgan hamma uchun yaxshi ishlarni tayyorladi. Agar siz Xudoni eshitmasangiz, sabab shundaki, siz Unga tegishli emasssiz (Yuhanno 8:47).

Biz Qur'onda ham Maryamning hikoyasini va Masih haqidagi tushunchasini o'qiymiz. Biz Masih insonzoddan tug'ilmagan yoki jinsiy aloqadan bo'lgan balki Xudoning Ruhidan tug'ilgan O'g'il ekanini aniqlab beradigan shunday juda nooddiy bayonni topamiz, “biz ruhimizdan unga pufladik”.

IBODAT: Samoviy Ota, Xudo, men Senga sajda qilaman, chunki Sen meni rad etmasdan, balki mening oldimga kelib, gunohlarimni O'g'lingning tanasiga qo'yding. Sen yer yuzuga kelganing uchun Seni ulug'layman. Men bilan bo'lgan huzuring uchun Senga hamdu-sano aytaman va Bokira Maryam orqali kelib, Muqaddas Ruhingdan bo'lgan O'g'lingning tug'ilishida quvonaman. Otaning Ruhi kel hozir va men jonlanishim uchun va Sening abadiy hayotingda yashashim uchun menda yasha. Omin.

SAVOL:

  1. Farishta nima uchun Yusufga Maryamni bag'riga olishga buyurdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:35 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)