Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 006 (Genealogy of Jesus)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

1. Isoning nasl-nasabi (Matto 1:1-17)


MATTO 1:2
2 Ibrohimdan Ishoq tug'ildi.

Xushxabrchi Matto Yahudiy va asl Yahudiy Masihiylariga Xushxabarini yozgan. U hammasidan ham birinchi Masih qonuniy Masih bo'lishga loyiq ekanini isbotlab Isoning to'liq nasl-nasabini ko'rishga olib keldi holbuki Masih Ibrohim urug'idan va Dovud o'g'li edi. Matto Isoning borligi tug'ilishi bilan boshlanmaganligini bilib, Isoning nasab-nomasini beradi.

Xudo Ibrohim bilan najod yo'lini boshlagan. U Ishoqni qurbonlikdek taqdim etish orqali, xochdagi Iso Masihda yagona qurbonlikning muhimligi bajo bo'lganini ko'rsatdi. Va'da etilgan Ishoq bolaligidan beri Xudoga to'liq itoatkorlik bilan xudojo'ylikda voyaga yetdi. U dalasidan ko'p hosillar olgan va Xudoning nomi bilan turmush qurishni boshlagan ibodatgo'y inson bo'lgan. U sabr-toqatli bo'lib, janjallashayotgan molboqarlariga ikta quduqni qoldirib, sevgi bilan dushmanlari ustidan g'alaba qozonib, yangi bir quduq qazigan. Xudo unga ko'ringuncha va Ibrohim bilan qilgan ahdini tasdiqlaguncha butun kamtarlik va yuvoshlik bilan yashagan. Ishoqning hatti-harakati oilaning boshqa birorta a'zosi bilan solishtirganda ko'proq Isoga ko'p o'xshashliklar olib keladi. (Ibtido 24:63; 25:5; 26:12-13, 22).

Biroq Ishoq otasiga o'xshagan gunohlarga berildi. U shahvoniy dushmanlaridan o'zini qutqarish uchun xotinini “singlisi” deb atadi. Ishoq yana Esovni Isoning barakalangan nasl-nasabining rishtasi qilish uchun Esovning o'rniga Yoqubga beriladigan duosiga sabab bo'lgan o'ziga va Esovga qarshi xotini va Yoqub orqali yaratilgan fitnada natija topgan ikkinchi o'g'li Yoqubga qaraganda birinchi o'g'li Esovni sevar edi.

IBODAT: Osmon va yerning Tangrisi, imon otalari kuchsizliklaridan qat'iy nazar ularga bo'lgan doimiylik himoyang uchun men Seni ulug'lab, Senga hamdu-sano aytaman. Sening sevging asrlargacha davom etadi. Mening omadsizligimdan qat'iy nazar menga mehr ko'rsatganinga va Masihda yashashim uchun meni tenlaganinga ishonaman. Buyuk mehring uchun Senga rahmat aytaman. Omin.

SAVOL:

  1. Ishoq qanday qilib Isoga o'xshash bo'lgan?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:29 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)