Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 004 (Genealogy of Jesus)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

1. Isoning nasl-nasabi (Matto 1:1-17)


MATTO 1:1
1 … Dovud O'g'li, Iso Masihning ...

Har bir Yahudiy Dovudni biladi, chunki ko'pchilik uning “Zaburlar” ini yodda saqlaganlar va ularni diniy bayramlarda va diniy holatlarda kuylashgan. Ular Xudoning sevgisini ulug'lab, hamdu-sano va minnatdorchilikdan chiqadigan Zaburlaridan bo'lgan so'zlar bilan qiziqishadi. Ular dushmanlaridan ularni qutqarishni Rabbiydan so'rash uchun va gunohlarini tan olish uchun shohlarining so'zlaridan va iboralaridan foydalanishadi.

Dovud kim? Xudo Dovudni Eski Ahd xalqining moylangani bo'lishi uchun yosh cho'ponligidayoq tanlagan. U otasining qo'ylarini boquvchi bo'lgan xizmati mobaynida, u sabr-toqatni, jasurlikni, boshqarishlikni va Xudoga bo'lgan ishonchni o'rgandi. U ayiq va sherlarga qarshi kurashib, ov qilishni o'rgandi va u g'ijjak va cholg'u asbobini cholishni o'rgandi. Dovud yoshligida bahaybat Go'liyotni Xudoning yordami va kuchi bilan yengib chiqdi; shuning uchun Shoh Shoul unga hasad qilib, uning mashxur botirligidan rashki keldi.

Dovud dushmani Shoul o'zi o'ldurguncha himoyalari ostida ya-shagan Filistiylarning oldiga qochishiga to'g'ri kelgan. Bundan keyin, u yetti yil Hibronda bir shohlikni o'rnatdi. Eramizdan oldin 1004 da holat yaxshiroq bo'lganda, u Quddusni asirga olib, uni shohligining poytaxti qililib oldi. Keyin u Quddusni Yahudiy madanyatining markazi qilib, shohligining markaziga Kemani ko'chirdi. U qonli urushlarda asta-sekin qo'shni dushmanlarini ham yengib chiqdi.

Dovud boy va mashxur bo'lganida, u zinoga berilib va keyin o'ldirib va bechora insonning “qo'zi” sini olib, shahvoniy hirs-havaslari bilan yengildi. Lekin u Xudo uning samimiy tavbasini qabul qilganini va aniq gunohini tan olishidan keyin gunohini kechirgani haqida bunga Xudoning isbotini va javobini eshitdi. Gunohdan tug'ilgan o'g'il o'ldi, chunki gunoh va marhamat bir cherdak ostida birga uchrashishi imkonsizdir. Dovud Xudoning huzuridan qochishiga to'g'ri kelguncha Xudo uning bolalarining ko'plab gunohlari va g'alayonlari orqali uni jazoladi. Hatto u qarib qolgan bo'lsa ham, uning g'alayonchi o'g'li Abusalom o'lgunicha u yerda qolgan Iordanga qochib ketdi.

Dovud bu qiyinchilik yillari mobaynida, doim Xudoga yaqin kelar va tasavvur qilib bo'lmaydigan madhiyalar va payg'omlar bilan uni Muqaddas Ruh ruhlantirguncha ibodat qilar edi. Uning xonishlarining buyuk bir qismi Masihning kelishini zikr qiladi. Uning yuragida Muqaddas Ruh o'ygan eng chuqur ta'sir bu Otasi Xudoning O'zidan tushib keladigan o'g'il edi (2 Shamuil 7:12-15; 1 Solnoma 17:11-14). Bu ajoyib va'dalar Masih Dovud o'g'li bo'lishini yaratadi.

Matto kitobining birinchi gapida, u Isoni faqat “Masih” degan nom bilan nomlamadi, balki u Iso cheksiz shohlik ustidan va'da etilgan shoh bo'lishi uchun tug'ilishidan rejalashtirilgan, shohning oilasidanligini ko'rsatib, U Dovud avlodidan ekanini takidlab o'tgan.

IBODAT: Ey Muqaddas Xudo, Sening yo'llaring ko'zlarimga ko'rinmaydi, lekin Sening har bir va'dalaring haqiqatdir va ko'rsatiladi. Sen meni yaxshi ishlarim uchun emas balki buyuk inoyating tufayli tanlading. Men Seni gunohlarimda rad etdim; biroq Sen agar men samimiy tavba qilsam meni poklaysan. Iltimos men barcha yomonlikdan voz kechib, Sening pok Ruhingning kuchi bilan mu-qaddaslanib, mag'rurligimni yengib chiqishim uchun va gunohlarimdan tavba qilishim uchun meni boshqar. Omin.

SAVOL:

  1. Nima uchun Iso “Dovud O'g'li” deb ataldi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:28 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)