Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Tracts -- Tract 03 (Bless the Lord, O My Soul!)
This page in: -- Armenian -- Baoule -- Burmese -- Chinese -- Dagbani? -- Dioula -- English -- French -- German? -- Greek -- Hausa -- Hebrew -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Japanese -- Korean -- Lingala -- Maranao -- Nepali? -- Peul? -- Somali -- Spanish -- Sundanese -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- UZBEK -- Yoruba

Previous Tract -- Next Tract

YO'LLAR - Taqsimlash uchun Qisqa Kitobiy Habarlar

YO'L 3 -- Ey Jonim, Xudovandni Ulug'la!


Ba'zi odamlar o'zlarining borlig'iga ishontirish uchun qattiq mehnat qiladilar. Ular yashashlari uchun yetarli pul topishga harakat qiladilar va barcha vaqtlarini qurbon qilib qulay sharoyitni yaratish uchun harakat qiladilar. Biroq, Maryam O'g'li bizga shunday deb o'rgatadi, "Hech kim ikki ho'jayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini yomon ko'rib, boshqasini sevadi, yoki biriga ixlos qo'yib, boshqasini horlaydi. Siz ham Xudoga, ham pulga birdek sig'ina olmaysizar." (Matto 6:24).

Dovud bu muammoni Xudoga sajda qilish bilan hal qilishga harakat qildi. U faqat Xudoga qarash uchun o'ziga va ichidagi barcha fikrlarga jim bo'lishni buyurdi. U uni chalg'itish uchun boshqa fikrlarga ruhsat bermadi, balki Xudoning huzurida turib shunday dedi: "Ey jonim, XUDOVANDni olqishla; Uning muqaddas ismini olqishlang, ey, butun a'zoyi badanim! Ey jonim, XUDOVANDni olqishlagin, unutma Uning biron-bir ehsonini! U butun ayb gunohlaringni kechirar, barcha xastaliklaringga davo topar; hayotingni go'r azobidan qutqarar, boshinga inoyatu marhamat tojini taqar. (Zabur 102:1-4)

Ibodat qilish va hamdu-sano aytishga xohish va sabr-toqat kerak bo'ladi. Dovud Xudoni hurmat qilishni va ulug'lashni xohladi. Muqaddas Ruh imonlilarni Yaratguvchilarining ovozini ularga ochish uchun boshqaradi.

Eski Ahd kitoblarida Tangri degan nom 6,828 marta keladi, holbuki Xudo so'zi faqat 2,600 marotaba uchraydi. Xudoning ismi "Tangri" dir. Bu nom Uning o'zgarmas sodiqligini tasdiqlaydi. Dovud ko'rsatgani kabi, faqat U barcha ishonch va minnatdorchiliklarga loyiqdir.

Biroq, ovozlar va fikrlar jimlikka itoat qilishdan bosh tortib, Uning g'ayrioddiy qudratidan qochdi. Bu yana bir bor payg'ambar o'zining ichki borlig'iga XUDOni ulug'lashni buyurganidir. U uning fikrlari minnatdorchilik va hamdu-sanoga to'lishi kerakligiga ahd qildi. Dovud butun joni bilan XUDOni sevishni va butun borlig'i bilan Uni ulug'lashni istadi. Duvod hech qanday yolg'on, hech qanday ayyorlik, hech qanday qalloplik va hech qanday gunohi bo'lmagan TANGRIni Muqaddas Xudo deb chaqirdi. Xudoga yaqin keladigan kishi, Xudo oldida har bir nopoklikni ochib beradigan muqaddasligining nurlari orqali tekshiriladi va tushunib yetadi. Dovud bu ruhiy kashfiyotni boshidan kechirgan, Muqaddas Xudo oldida o'zini past olgan va Uni ulug'lagan. Xudoning muqaddasligi Uning ulug'ligini qoplaydi, chunki Muqaddas Xudo Ulug'vordir. Unga qaytgan kishi yuragining tub-tubidan muqaddaslanadi.

Dovud fikrlari chalkashib, yoki pulga, kunlik muammoga va ko'rinmaydigan havf-hatarlarga og'ib ketmaslik uchun o'zining ruhiga uch karra jim bo'lishni, va Xudoni ulug'lashda davom etish uchun buyurishiga to'g'ri keldi. U faqat Tangrilar Tangrisiga va bu dunyoning Qudratli Hukmdoriga diqqat qilishni tanladi.

Shundan keyin Muqaddas Ruh Dovudni uning hayotidagi Uning barcha muruvvatlari uchun Xudoga rahmat aytishga boshladi. Biz tabiatan Xudoning marhamatlari va ibodatlarimizga bo'lgan javoblarini unutib qo'yamiz. Biz hammamiz Xudoning muruvvatlarini unutishdagi dunyo musobaqadoshlarmiz.

Biz har bir kitobxonga Xudoning turli hil yaxshiliklarini unutmasligini, va qog'oz olib XUDO sizga bergan barcha yaxshiliklarini yozishingizni maslahat beramiz. Sundan keyin bular uchun Xudoga haqiqatdan ham minnatdorchilik bildiring. Unga toza havo va suv uchun - yomg'ir, qor, ovqat va kiyim uchun - ota-ona, o'qituvchilar, maktablar , ishjoylar va viloyatlar uchun - mamlakatingizdagi havfsizlik va tinchlik uchun hamdu sano ayting. Sizni bo'ronning tabiatan ofatlaridan, yer qimirlashlaridan va vulkanlardan saqlayotgani uchun Unga tashakkur bildiring. Mamlakatingizni ochlikdan va urushning ofatlaridan saqlayotgani uchun Unga rahmat ayting. Sizga XUDO taqdim qilgan muruvvatlarni miyyangizda ko'proq izlang. Unga minnatdorchilik bildirishda sustlashmang. Siz yuragingizda hursandchilik qolishi uchun va XUDONING mamnun bo'lishi sizda bo'lishi uchun aniq bir sabablar uchun yuragingizni doyimo hamdu-sano aytishga va rahmat aytishga mashq qildiring.

Dovudning ilohiy Ruh orqali ruhlantirilgan minnatdorchilik uchun eng muhim sabab bu, uning barcha gunohlarining kechirimi edi. Ko'plab odamlar gunohsiz bo'lgandek yashashadi. Ular gunohlarini yashirishadi va ho'mrayib yurishadi. Ulardan o'rnak olmang, balki tavba qiling. XUDONING oldida barcha gunohlaringizni tan olib, endi bu gunohlarga berilmaslikka qaror qiling, toki siz havoriy Yuhanno orqali ochilgan daldaga ega bo'ling, "Agar gunohimiz yo'q desak,o'z-o'zimizni aldagan bo'lamiz va ko'nglimizda haqiqat bo'lmaydi. Agar gunohlarimizni e'tirof etsak, Xudo gunohlarimizdan o'tadi va bizni har turli gunohdan forig' qiladi. Chunki U o'z so'zida sodiq va adolatlidir" (1 Yuhanno 1:8-9).

Dovud uning barcha gunohlarini kechirgan XUDOning inoyatiga sazovor bo'ldi. Shuning uchun, u Xudo unga tez-tez taqdim etgan kechirim uchun XUDOga rahmat aytishni qalbiga buyurdi. Bu payg'ambar Muqaddas Xudoning kechirimiga ega bo'ldi va uning barcha gunohlari uchun uni kechirdi. Biz boshqa dinlarda shunday to'liq inoyatni topmaymiz. Biz Tavrot va Xushxabarda balki yoki bo'lishi mumkin degan so'zlarni topmaymiz, chunki XUDO gunohlarimizning boshqa qismlarisiz faqat bir qismini kechirmaydi, balki bizni to'liq tozalab, butunlay oqlaydi va biz uchun O'zining buyuk sevgisidan kelib chiqib, bizga tekinga inoyatini beradi. Holbuki Masih, O'zining o'limi orqali bu dunyoning gunohi uchun to'lov to'ladi, biz buni aniq bilamizki, "U bittagina qurbonlik keltirib, ishonuvchilarni muqaddas qildi va abadiy kamolga erishtirdi". (Ibroniylarga 10-14).

Biroq, XUDO gunohlari uchun kechirimni oladigan kishilar Xudo ularning gunohlarini kechirgani kabi, ular ham dushmanlarini kechirishlari kerak deb e'lon qilgan (Matto 6:12). Sizning dushmaningiz bormi? Siz kimdir bilan kelishib yasholmayapsizmi? Xozir uni to'liq kechiring, aks holda, siz gunohlaringizning kechirimi uchun Xudoning inoyatini yo'qotasiz. Sizga nato'g'ri ish qilgan dushmaningizni kechirishingiz uchun, Yaratguvchi sizni kechirgani kabi Uning kuchi bilan siz ham kechirishingiz uchun sizga yordam berishini Undan so'rang (Matto 6:14).

Muqadds Ruh Dovud payg'ambarning barcha gunohlari kechirilgandan keyin, unga bo'lgan Xudosining keyingi muhim sovg'asi shifo ekanini bilishga uni yetakladi. Dovud bu uchun Xudoga rahmat aytishi kerakligini tushunib yetdi. Biz qanchalik tez-tez shomollab qolamiz kichik yaralar yoki doyim ofatga yo'liqamiz, biroq XUDO, O'zining shavqati bilan bizga shifo beradi. Shifokorlarning analizi va qimmat dori darmonlar bizni tuzalishimiz uchun yordam bermaydi. Bu uchun olqishlar Unga bo'lsin. XUDO bizni shunday deb ishontiradi, "Men sizlarni shifolovchi Xudodirman" (Chiqish 15:26).

Maryam O'g'li bu va'dani bajardi. Iso Uning oldiga kelgan barcha kasallarga shifo berdi va jinga chalinganlardan nopok ruhlarni haydab chiqardi. Shifolovchi XUDO bugun shifokorlarni va dori darmonlarni ishlatadi, lekin to'liq shifo faqat Undan keladi. Shunday bo'lsa qani Unga bo'lgan sizning minnatdorchiligingiz? Butun yuragingiz bilan Yaratguvchingizga rahmat aytishni unutmang, chunki sizning ustingizga shifo va shifolash inoyatini yog'diradigan faqat Udir.

Dovud shoh Xudodan qo'rqadigan kishi edi. U Xudo bilan yuzma-yuz keladigan kun kelishini bilar edi, shuning uchun u o'limi uchun tayyorgarlik ko'rdi. Biroq, Xudo unga solihligi tufayli emas, balki u oqlovchi Rabbiysiga ishonishi uchun uni qabirdan qutqarishini ochib berdi. Masihga ishonadigan kishi o'limdan qo'rqishi kerak emas yoki tamug'ning jazosidan qo'rqishi kerak emas, xuddi Maryam O'g'li bizga shunday takidlagani kabi, "Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan odam o'lsa ham yashaydi. Kimda kim Menga ishonib yashasa, to abad o'lmaydi. Bunga ishonasanmi?" (Yuhanno 11:25-26).

Maryam O'g'li o'lim ustidan g'alaba qozongandan keyin qabrdan tirildi. U Shayton ustidan g'alaba qozondi va O'zining abadiy hayotining haqiqatini isbotlab berdi. Iso Unga ergashganlarga yordam beradi, va qo'llaridan ushlab o'lim darvozasi orqali abadiy hayotiga ular bilan o'tadi.

XUDONING Ruhi shoh Dovudga olmos bilan oltin tojlar bu dunyoda eng qimmatbaho narsalar emasligini aytgan. U yerda abadiy porlaydigan XUDOning tojlari bor. XUDOning shavqatini qabul qilib, buni kambag'allar va kasallarga yetkazadigan va jabr ko'rganlarning, nafratlanilganlar va o'zga xalqlarning muhtojliklarini ko'rib, ularga rostdan ham yordam beradigan kishiga XUDO ruhiy tojni taqdim etadi. Shavqatli xizmatkorlariga tojni beradigan Xudoyingizdan mehr-shavqat tojini olganmisiz? Yuragingiz hali ham toshdek qotganmi? Yoki siz azoblanayotganlar bilan azoblanganingizda va yig'layotganlar bilan yig'laganingizda bu erib ketganmi? Masih sizni faqat yaqinlaringiz va do'stlaringiz orasida emas balki bu hayotda va keyingi hayotda umidi bo'lmagan imonsizlar va adashganlar orasida ham shavqat qilishni davom ettirishingizga boshqaradi. Ularning oldiga boring va ularning oqarib ketgan yuzlarini ko'rganingizda tajjublanmang, balki ular uchun ibodat qilib ular haqida o'ylang, shunda XUDO sizni sodiqlik va samimiyat bilan ularga xizmat qilish uchun yuboradi.

Boshlarida ko'rinmas tojlar bilan tanilmagan va oddiy yurakli azizlar bor. Ular baxtsiz va kambag'allarga shavqat ko'rsatishgan, ular uchun ibodat qilishgan, ularga yordam berib ular uchun qurbon keltirishgan, xuddi shu tarzda ularning Xudolari ular uchun shunday qilgan. U shunday deb tan oladi, "Zero Inson O'g'li ham O'ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O'zi xizmat qilish va O'z jonini fido qilib, ko'plarni qutqarish uchun kelgan" (Matto 20:28). Masih biz hursandchilik bilan Unga xizmat qilishimiz uchun kuch va dalda beradigan yo'limiz va misolimizdir.

Aziz kitobxon,
siz yuragingizni tosh qiladigan pulni yoki tabaqani izlaysizmi? Yoki boshingizda ko'rinmaydigan tojni olib yurib, mehr shavqatli bo'lishingiz uchun Masihning Ruhi ongingizni o'zgartirganmi? 102 Sanoni yod oling. Sizni Xudoning shavqati tomon o'zgartiradigan Uning sevgisini Masihda tushunib yetishingiz uchun minnatdor bo'lishga o'zingizni o'rgating. Minnatdorchilik va hamdu-sano bilan o'zingizni bezang!

Biz sizga samimiylik bilan Masihning Xushxabarini ibodatlar va fikr yuritishlar bilan buni jo'natamiz. Ular sizga butun yuragingizdan hamdu-sano aytishga va tashakkur bildirishga yordam beradi.

XUDOni ulug'lash uchun va Unga xizmat qilish uchun boshqalarni ruhlantiring: agar bu sahifani foydali deb topgan bo'lsangiz, buni boshqalardan sir saqlamang, ular ham XUDOning xizmatkorlari bo'lishsin. Bizga yozing va bu sahifalardan ba'zilarini bo'lishishingiz uchun bularni sizga yuboramiz.

Hatingizni kutib qolamiz, siz uchun ibodat qilamiz va ibodatlaringizda bizni eslashingizni so'raymiz. Manzilingizni to'liq yozishni unutmang.

WATERS OF LIFE
P.O. BOX 60 05 13
70305 STUTTGART
GERMANY

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on November 08, 2018, at 09:40 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)