Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Christ -- 10 (Christ's Names and Titles)
This page in: -- Arabic? -- Azeri -- Baoule -- Chinese -- English -- French -- Greek -- Indonesian -- Japanese -- Kyrgyz -- Russian -- Sundanese -- Turkish -- Ukrainian -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

8 MAVZU: Siz Masih Haqida Nima deb O'ylaysiz?
Masihning Hayotiga, Kuchiga va Sevgisiga Kirish

10. MASIHNING ISMLARI VA UNVONLARI TO’G’RISIDA NIMANI TUSHUNDINGIZ?


Ba’zi payg’ambarlar maxsus unvonlarga egalar. Ibrohim payg’ambar Xudoning do’sti deb atalgan, Muso Xudoning vakili va Masih Xudoning Kalomi va Xudoning Ruhidir. Lekin biz Muqaddas Kitobda osmondan bir ovoz orqali to’g’ridan to’g’ri berilgan vahiyni o’qiymiz:“Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, Undan mamnunman. Unga quloq solinglar!“ (Matto 17:5).

‘Xudoning O’g’li’ degan ibora nimani bildiradi? Odatta bolada otasining o’xshash xususyatlariga bo’ladi. Shu asnoda Masih shogirdlariga aytganidek, biz ham Masihda Otasining xususyatlarini ko’ramiz: “Meni ko‘rgan Otamni ko‘rgan bo’ladi“ (Yuhanno 14:9). Siz Xudo saqlasin, ‘Masih faqat payg’ambar’ deyishingiz mumkin! Lekin biz sizdan shuni so’raymiz: ‘Nimaga siz Masihning amrlariga amal qilmayabsiz?’ Agar siz tavba qilmagan bo’lsangiz, o’y-fikr va ishlaringizni o’zgartirmagan bo’lsangiz, allaqachon hukm qilinib bo’lgansiz.

Iso gunohga qul bo'lganlarni ozod qilish uchun Xudoning quli sifatida paydo bo’lganligi buyuk sirdir. U haqiqiy insoniyat qanday bo’lishi ekanligini bizga ko'rsatish uchun kamtar inson sifatida dunyoga keldi. Bu bizni qutqarish uchun bo’lgan kuch va ulug’vorlik emas, aksincha faqatgina Isoning sevgisidir. Qilich ko’tarib yurgan odam kuchli korinadi, lekin o’zini nazorat qilolgan undan kuchliroqdir. Ko’plarning joni qutqarilishi uchun o’z jonini ayamagan buyukroqdir. Shu sababdan havoriy Yuhanno shunday deb tan olgan:”Kalom inson qiyofasiga kirdi va biz aro maskan qildi. Biz esa Uning ulug‘vorligini ko‘rdik; Otasi huzuridan kelgan, marhamat va haqiqat ila to‘lgan Yagona O‘g‘ilning ulug‘vorligini ko‘rdik.” (Yuhanno 1:14).

Biz Xudoni zabt etuvchi, halok qiluvchi yoki befarq emas, aksincha mehribon, sevuvchi va kechiruvchi Ota ekanligini tushunishimiz uchun Masih inson qiyofasiga kirdi. Shu asnoda Masih bizga Xudo to’g’risida yangi tushunchani berdi va Iso bizni faqatgina ilohiy xususyatlarga o’rgatmadi, U yana biz: ‘Abadiy sevgi’ shiorini tushunishimiz uchun U bizdan oldin Xudoning sevgisida yashadi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 22, 2015, at 10:42 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)