Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Christ -- 09 (Christ's Return to Earth)
This page in: -- Arabic? -- Azeri -- Baoule -- Chinese -- English -- French -- Greek -- Indonesian -- Japanese -- Kyrgyz -- Russian -- Sundanese -- Turkish -- Ukrainian -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

8 MAVZU: Siz Masih Haqida Nima deb O'ylaysiz?
Masihning Hayotiga, Kuchiga va Sevgisiga Kirish

9. MASIH DUNYOGA QAYTA KELISHI HAQIDA NIMA BILASIZ?


Masih sevgidir. U hamma odamlarni sevadi, ayniqsa Uning sevgi ruhida yashovchilarni va boshqalarni sevuvchilarni va Xudo ularni Masih nomi ila kechirganidek boshqalarni kechiruvchilarni sevadi. Masih bizga intizor bo’ladi va biz U bilan abadiy bo’lishimizni xohlaydi. Iso O’zining o’lishini va qayta tirilishini aytganidek, ikkinchi marta kelishini ham ochiqchasiga bashorat qilib aytgan. Har bir aqlli, farosatli odam Masihni buyuk ulug’vorlikda kelishini bilib, o’zini Masih bilan uchrashishga tayyorlaydi. Masih Uning najotini qabul qilganlarni - yuragini tosh qilib, mag’rur va gunohkorligini tan olmay Masih kechirimiga muhtoj bo’lmaganlardan ajiratadi.

Aziz do’stim, hal qiluvchi yakuniy hukmga mahkum bo’lmaslik uchun, Masihni qabul qilishga shoshiling, chunki yolg’iz Masih sizni bu g’azabdan qutqara oladi.

Hamma imonlilar Masihni kelishi kutadilar. Hatto Yahudiy va Musulmonlar Masih tez orada kelishini biladilar. Ba'zi odamlar Masih qirq yil davomida dunyoda hukmronlik qiladi, deb ishonadilar. Ba'zilar Masihning saltanati yuz yil davom etadi deb taxmin qiladilar. Boshqalar esa bu saltanat bir ming yil bo’lishiga aminlar. Lekin Muqaddas Kitob Isoni shohlar Shohi va hokimlarning Hokimi ekanligini aytadi va Masih hokimyatining oxiri yo’qdir. Masih shunday degan:“Shoh ekanimni o‘zingiz aytdingiz, — dedi Iso. - Men haqiqat to‘g‘risida shohidlik qilmoq uchun tug‘ilganman, ana shu maqsadda olamga keldim. Haqiqat tarafida bo‘lgan har bir odam Menga quloq soladi” (Yuhanno 18:37).

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 22, 2015, at 10:43 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)