Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- The Lord is my Shepherd -- 005 (The Good Shepherd will not desert you in mortal danger)
This page in: -- Armenian -- English -- German -- Indonesian -- Kyrgyz -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MAVZU 7: ZABUR 22 - Xudovand Cho’ponim Mening
Zabur 22 ni va Isoning cho’ponlik so’zlarini fikrlashlar
1. Xudovand Cho’ponim Mening

Yaxshi Cho’pon o’lim xavfida tashlab ketmaydi


ZABUR 22:4
4 Hatto zulmat vodiysida yursam ham, xavf–xatardan qo‘rqmayman, axir, Sen men bilan birgasan. Sening cho‘pon tayog‘ing, xiviching meni himoya qiladi.

Biz hali jannatda yashamadik. Suruvga yovvoyi itlar, chiya bo’rilar, sirtlonlar, bo’rilar va sherlar hujum qilishi mumkin bo’lganidek imonlilarga ham odamlar, ruhlar, kasaliklar, urushlar va tarihiy o’zgarishlar va ba’zida tanaviy qiynoqlarga tashlanish kabi hujumlar bo’lishi mumkin. Kim daxshatli urush paytida yashagan bo’lsa, yer qimirlashida oyog’ini tagidagi yerni silkinishini sezgan bo’lsa, sevimli onasining o’limidan jabr chekkan bo’lsa yoki otasini jarrohlik stolidan keyingi kun ko’rishini bilmay ko’tarib yurgan bo’lsa, buni shaxsiy o’lim vodiysida yurishligini biladi.

O’lim xavfida qo’ylar bir birga yaqinroq keladi va cho’ponlari tomon yaqinlashadilar. Favqulotdagi holatda ular qo’rqoq bo’lib qoladilar. Imonlilar bir birlarini qo’llab quvvatlashlari tufayli krizis tortishuvlar paytlari va jamoatlar o’rtasidagi bo’linishlar ma’nosizlik va yo’q bo’lib ketishga olib kelishi hayron qoldirmaydigandir. Imonlilar birga ibodat qiladilar va gaplashadilar bir-birlarining muxtojliklariga yordamlashadilar va bir-birlariga ishonishni o’rganadilar. Tanaviy qiynoq bizni Cho’ponning So’ziga quloq solishni o’rgatadi! Uning taskin va’da so’zlari orqali agar suruv hatto faqatgina tunda Uning chaqiruvini eshitsa ham taskin topadi. U qo’ylarini O’zining taskin so’zlari bilan birga saqlaydi va So’zlari bilan ularni himoya qiladi. Uning huzuri taskin beradi.

Buyuk muxtojlik paytida ham qo’ylar: Bizning cho’pon shu yerda, biz yolg’iz emasmiz – deb biladilar. Xavf kelishidan oldin har bir qo’y cho’ponning ogohlantirishiga uncha e’tibor bermasdan o’zicha o’tlab yuradi. Xavf kelganda suruvni qaltiroq bosib har qanday o’ylab otirishlarsiz cho’pon oldiga yugiradi. Lekin muhtojlik paytida qo’ylar cho’ponning borligini juda yaxshi biladilar; cho’ponning hokimyati unga xavf solib kelayotganning ko’zi oldida ularga daldadir.

Shunday hayotiy tajribalarga duch kelib Dovudning Zabur uslubi o’zgarib boradi. U oldin yaxshi Cho’ponning boshqaruvi va g’amho’rligi uchun minnatdorchilikka to’la tavba va guvohlik qo’shiqlarini aytadi. Endi esa o’lim xavfi va yo’q bo’lishi qo’rquvida qo’shiqchining so’zlari ibodatga aylandi. Hozirdan u Xudo haqida uchunchi shaxsga emas, balki Xudoga shaxsan gapiryapdi. Xudoga: Sen men bilansan! deyoladigan odam buyuk tavbada u duduqlanadi.

Dovud ibodat ma’nosiz qichqirmayotganini bilardi. Abadiy Xudovand, yer va osmonni Yaratguvchisi, imon hayqirig’ini eshitadi.

Bir kuni Musulmon: ”Xudo menga gapirdi, meni eshitdi va menga javob berdi? – deya olasizlar? Bu mag’rurlik! Xudo buyuk! U ikki oyoqli olti million chumolilarga g’amho’rlik qilmaydi va yerdagi har biri uchun jang qilmaydi. U kimni qachon xohlasa shunda eshitadi, lekin sizning hech biringizga U yaqin emas yoki sizning xohishingizda emasdir! Siz kimsizu, Olloh kim?” – dedi to’lqinlanib.

Dovud va Eski va Yangi Ahdga ishongan imonlilar dono bo’lganlar. Ularning har biri Xudo borligiga, U shaxsan har biri bilan birgaligiga va ularga yaqin bo’lishiga va ularni tashlamasligiga yuraklarida shubhasiz dalil bor edi. Xudo ular bilan birga bo’ldi, ularga keldi.

Bu tushunchaga amal qilish gunohlarni kechirilishidir toki gunoh boshqa gunohkorlarni Muqaddas Xudodan ajiratmasin. Xudoning O’zi gunohkorlar oldiga hukm qilgani emas, balki Qutqaruvchi va Cho’pon bo’lib keldi.

Qonuniy nuqtai nazarda tushunilganda, bu ibodat Xudoning imonnilar bilan ahdiga urg’u beryabdi. Jabrlanuvchi: Sen abadiy va muqaddas Xudosan, men aybdor va o’ladigan odamga mexribon bo’lasan. Inoyating tufayli meni tanlagansan va muqaddas va abadiy ahding bilan meni bog’lab qo’ygansan. Meni ishonchsizligim Sening sodiqligingni va imon, sevgi va umid kamligini yengadigan shafqatingni to’xtatmaydi.

Tirik Xudoga: ”Sen men bilandirsan!” – deydigan odam baxtlidir. U ruhiy o’limni yengadi va mustahkam imon bilan Xudodan abadiy hayot qabul qiladi. U dunyoning iflosligini o’rtasida qalbini toza saqlashni o’rgangan. Uning vijdoni o’zining yaxshiligi yoki solihligi tufayli emas, aksincha Xudovand O’zining unga abadiy bergan solihligi bilan tinchdir!

Har bir odam hayotning qaysidir bir holatida – avariya, jiddiy kasallik, falokat va ochlik paytida qo’rqqan. Qo’rquv tabiiy va bordir. Kimda qo’rquv qolgan bo’lsa u mardlik va umidni yo’qotadi. Kim qo’rquvga yo’l bersa aybdor bo’lib qoladi. Lekin Xudovand huzurini ko’rish bilan hamma qo’rquvdan g’olib kelinadi. Qo’ylar tez qo’rqadilar va muammosiz ajirab ketadilar. Cho’pon ularni birga chaqiradi. Ayniqsa xavf paytida uning sodiqligi va boshchiligi o’rnatiladi.

“O’lim vodiysida Sen men bilansan,” – deb payg’ambar tan oladi. Imon bilan u yaxshi Cho’ponga yopishib qoldi va uni ketishiga yo’l qo’ymaydi. Bu so’zlar orqali u yaxshi Cho’ponnig yuragini zabt etdi. U yaxshi Cho’ponning huzuri, inoyati va kechirimini (bildi). Uning sodiq ibodati bilan mustahkam bog’langandi.

Bu Zabur qiyinchilik vaqtida va ko’p odamlarning xoch ostonasidagi o’limi oldida dalda bo’lib qoldi. Hech qaysi odam bu: ”Sen Muqaddas Xudosan, Sen Yaxshi Cho’ponsan, Sen Sening O’zing men bilansan. Qayerda bo’lmayin va ichki va tashqi og’riqlarim qanday bo’lmasin meni yolg’iz tashlab ketmaysan” – deyilgan hayqiriqdan ko’proq ayta olmaydi yoki tan ololmaydi.

“Sen men bilansan,” – degan yurak hayqirig’i qop-qorong’uda moshinani chirog’ini birdaniga yoqib yuborganday imon yorugining baland chaqirig’idir. U sizda hatto o’lim soyasida ham umidni uyg’otishga taskin beradi. Bu va’da ibodati biz uchun abadiylik orqali mustaxkam langardir (umid, tayanch). Bu hayotiy tajriba faqatgina kuchlilar, sog’lar, boy va taqvadorlar uchun bo’lmay, juda charchaganlar, ojizlar, kasallar, bolalar, kambag’allar, mengsilmaganlar va rad qilinganlar uchun ham mumkindir. Ular: ”Sen, O Xudo bizning qalbimizning taskini va daldasisan. Xudo Sendagi mehrga, umidga, kuchga va yordamga to’la hayot biz uchundir” – deb ochiq tan oladilar va ishonadilar.

O’limning o’zi bu so’z orqali yo’q bo’lib ketadi. Xudoning abadiy hayoti Uning abadiy va’dasi orqali nur sochadi. Xudo qayerda bor bo’lsa o’sha yerdan shayton qochadi va mehribon Xudo bechoralarni tanlab olganda hukm to’xtaydi.

Hayotingizning oxiridagi o’lim darvozasiga yetganingizda, mavhumlikda qo’rqib, qaltiraganingizda Zaburchi sizga: ”Kuchli bo’l, qo’rqma! Sen yolg’iz emassan; Xudo sen bilandir. U seni o’ng qo’lida olib ketadi va abadiy hayotga boshlaydi. Agar sen yurishga ojiz bo’lsang, Uning huzuridagi abadiy hayotga qo’llarida ko’tarib ketadi” – deb chaqiruv beradi.

Kim hayotida Xudo bilan yashab o’lsa yashaydi. Xudosiz yashab o’lsa atrofida qo’rquv, haroba va xavotir ko’radi. Lekin kim uning gunohlarini inoyat orqali kechirganini bilsa va tan olsa, hatto o’limda va qabrda ham Xudoning borligini biladi. Bu yerda: ‘Yaxshi vijdon yumshoq yostiqdir’ – deb aytilgan maqol to’g’ri bo’ladi. Faqat bu hayot emas, balki abadiy hayotda ham bu so’z to’g’ri bo’ladi. Shayton mayli kelsin va uning ruhlari bizga hujum qilsin, lekin Xudo biz bilan va Uning so’zi orqali bizga kuch bo’ladi. Biz Xudoning javobgarlik va’dasiga mustahkam tayanchdek umid qilolamiz. Xudoning So’zi hatto o’limda ham o’zini qudratini isbot qiladi. U bizni uyg’otadi va himoya qiladi. Uning Muqaddas Farishtasi biz uchun xona tayyorlaydi. O’zining tayog’u xivichi bilan U bizga tekkis yo’l tayyorlaydi. Qonho’r bo’rilar podasi o’ng va chapdan, tepa va pastdan hujum qilsa ham, do’zzah ustimizga kelsa ham Xudo biz bilan bo’lgani uchun xavfsiz bo’lamiz. Uning so’zi bizni do’zax asridan qutqaradi va bizni ozod qiladi.

Shoh va payg’ambar Yangi Ahd davrigacha cho’zilgan muddatni qo’llagani muhimdir. U Xudoning tayog’u xivichi meni himoya qiladi deydi. Iso Masih bizga Xudoning Ruhi bizning Himoyachimiz va Yupatuvchimizdir degan. Uning Ruhi bizni ilohiy taskini bilan yupatadi. U tirik Xudo, bizning nurimiz va kuchimizdir. U Iso Masihga ergashuvchi har bir imonlida harakatlanuvchi muqaddas tabiatdir. Xudoning Ruhi ornashadi, har bir odamning yuragida faqatgina doimiy dalda beribgina qolmay abadiy ham yashaydi. Xudoning Ruhini qabul qilish abadiy o’limni buzib o’tib abadiy hayotga, tushkunlikdan ruhlanishga, qo’rquvdan xursandchilikka o’tishdir. Xudodan Dovud tavba ibodatida aytganidek pok yurak va to’g’ri ruh so’rang (Zabur 50:12-13): Ey Xudo, menda toza yurak yaratgin, Ichimda to‘g‘ri ruhni yangilagin. Huzuringdan meni uloqtirib tashlama, Muqaddas Ruhingni mendan olma.

Agar siz bu so’zlarda samimiylik bilan ibodat qilsangiz, siz o’tmishingizni, hozir va kelajagingizni topasiz va tirik Xudoning huzurida muqaddas bo’lasiz.

Agar Xudoning Ruhi, Muqaddas Yupatuvchi sizda yashasa hayotingizni tekshiring. Agar amin bo’lmasangiz unda Xudoni chaqiring, rahmdillik uchun Uning so’ziga ishoning. U sizga inoyatni va gunoglaringiz aniq kechirilishini va Ruh taskinini beradi. Keyin Zaburchi sizga: Xudovand men bilan! – deb aytyotganidek, boshqalar sizga aytmasa ham, Xudo siz bilanligini, Xudo sizdaligini, sizda yashayotganini o’zingiz bilasiz.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 09, 2013, at 11:00 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)