Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 24 - Conduct 6

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
G - Insonlar tomon bizning Burchlarimizga mansub Masihning Amrlari (HATTI-HARAKAT)

6. Masihning Amrlaridagi Boylik va Kambag'allik



Matto 5:40-42 -- Kim sen bilan da'volashib, ko'ylagingni olmoqchi bo'lsa, unga to'ningni ham berib yubor. 41 Kim seni bir chaqirim yo'l yurishga majbur qilsa, u bilan ikki chaqirim yur. 42 Sendan so'raganga ber, sendan qarz olmoqchi bo'lgandan yuz o'girma.
Luqo 6:30, 32-36 -- Sendan so'ragan har kimsaga ber, senikini olgandan qaytarib berishini talab qilma. … 32 Agar sizni sevganlarnigina sevsangiz, qanday savob qilgan bo'lasizlar? Ana, gunohkorlar ham o'zlarini sevganlarni sevadilar. 33 Agar o'zingizga yaxshilik qilganlargagina yaxshilik qilsangiz, qanday savob qilgan bo'lasiz? Ana, gunohkorlar ham xuddi shunday qiladilar. 34 Agar siz qaytarib olishga umid qilib qarz bersangiz, qanday savob qilgan bo'lasiz? Ana, gunohkorlar ham qancha qarzlari bo'lsa, shuncha qaytarib olish maqsadidagina gunohkorlarga qarz beradilar. 35 Lekin siz dushmanlaringizni seving, yaxshilik qiling, hech narsa tama qilmay qarz bering. Shunda buyuk mukofot olib, Taolloning o'g'illari bo'lasizlar. Chunki Uning O'zi ham noshukurlar bilan yomon niyyatlilarga nisbatan mehribon-ku. 36 Shunday qilib, Otangiz rahimdil bo'lgani kabi, siz ham rahimdil bo'linglar”.
Matto 6:11 -- Bugungi rizq-ro'zimizni bergin. (Luqo 11:3 ham o'qing)
Matto 6:19-24 -- 19 “Bu dunyoda kuya va zang yeb ketadigan hamda o'g'ri teshib talaydigan xazinalarni jamlamanglar. 20 Aksincha, kuya va zang yeb ketmaydigan, o'g'ri teshib talamaydigan u dunyoning xazinalrini jamlanglar. 21 Xazinangiz qayerda bo'lsa, yuragingiz ham o'sha yerda bo'lur. 22 Ko'z -- tanning chirog'i. Agar sening ko'zing tiniq bo'lsa, butun taning ham yorug' bo'lur. 23 Ammo ko'zing yomon bo'lsa, butun taning ham qorong'u bo'lur. Agarda ichingdagi nur qorong'u bo'lib tursa, u qorong'ulik qanchalik qo'rqinchli bo'lur! 24 Hech kim ikki xo'jayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini yomon ko'rib, boshqasini sevadi, yoki biriga ixlos qo'yib, boshqasini xorlaydi. Siz ham Xudoga, ham pulga birdek sig'ina olmaysizlar”. (Luqo 16:13, Yoqub 4:4 ham o'qing)
Matto 6:25-32 -- 25 “Binobarin, sizga shuni aytaman: nima yeb, nima ichamiz, deb joningiz uchun, nima kiyamiz, deb taningiz uchun tashvishlanib yurmanglar. Jon ovqatdan, tan esa kiyimdan afzal emasmi? 26 Ko'kda uchuvchi qushlarga qaranglar: ular na ekadi, na o'radi, na omborga don yig'adi. Shunga qaramay, samoviy Otangiz ularning rizqini beradi. Siz esa ulardan ancha a'loroq emasmisiz? 27 Sizlardan kim tashvishlanib, o'z umrini bir lahza bo'lsin uzaytira olar ekan? 28 Nega kiyim uchun tashvishlanasizlar? Dashtdagi piyozgullarning qanday o'sishiga qarab, ibrat olinglar: ular na mehnat qilar, na charx yigirar. 29 Ammo sizlarga aytib qo'yay: hatto podshoh Sulaymon ham o'zining shuhrat cho'qqisida bularning hech biriday kiyinmagan edi. 30 Agar Xudo bugun bor bo'lib, ertaga o'choqqa otiladigan dasht o'tiga shunday zeb bergan bo'lsa, sizni undan kam ko'rarmidi, ey imoni sustlar?! 31 Shunday ekan, nima yeymiz, nima ichamiz, nima kiyamiz, deb tashvishlanib yurmanglar. 32 Majusiylar hadeb bularning g'amida yurishadi. Lekin samoviy Otangiz siz bularning bariga muhtoj ekaningizni biladi-ku!
Matto 8:20 -- Iso unga: - Tulkilarning inlari bor, osmon qushlarining inlari bor. Lekin Inson O'g'lining bosh suqadigan joyi yo'q, - dedi. (2 Korinfliklarga 8:9 ko'ring)
Matto 10:8-10 -- 8 Xastalarni sog'aytiringlar, moxovlarni pok qilinglar, o'liklarni tiriltiringlar, jinlarni quvib chiqaringlar. Tekin oldingizlar, tekin beringlar. 9 Belbog'laringizga oltin, kumush yoki pul ham tugmanglar. 10 Yo'l uchun na to'rva, na bir juft ko'ylak, na choriq va na-da hassa olinglar. Chunki mehnatkash o'zining non-nasabiga munosibdir. (Sonlar 18:31, 1 Korinfliklarga 9:14, 1 Timotiy 5:18 bilan solishtiring)
Matto 12:1 -- O'sha kezlar bir shanba kuni Iso ekinzordan o'tib borayotgan edi. Uning shogirdlari och bo'lganidan, boshoqlarni uzib yeya boshlashdi. (Iklamchi Qonunlar 23:26 ko'ring)
Matto 13:22 -- Tikanlar orasiga sepilgan urug'lar esa shunday odamni bildiradi: u kalomni eshitsa-da, bu dunyoning tashvishlari va boylik rujui kalomni bo'g'ib tashlaydi va kalom samarasiz qoladi. (Mark 4:19 va Luqo 8:14 ko'ring)
Matto 16:26 -- Agar inson butun dunyoni egallasa-yu, o'z joniga zarar yetkazsa, bundan qanday naf ko'radi? Yoki inson o'z joni evaziga qanday to'lov toparkan? (Luqo 12:20 ko'ring)
Luqo 12:16-21 -- 16 Iso ularga shunday masal keltirdi: “Bir boy odamning dalasi mo'l hosil berib turar ekan. 17 Boy o'z-o'ziga: - Nima qilay? Hosilni qo'yadigan joyim yo'q, - deb o'ylab yurgan ekan. 18 Mana bunday qilaman, - debdi oxiri, - omborlarimni buzib, kattarog'ini quraman, butun g'alla va mollarimni shu yerga joylayman. 19 So'ng o'z-o'zimga: Ey jonim, deyman, sen ko'p yillarga yetgulik boylik to'plading. Endi rohat qil, yeb-ichgin, kayf-safo surgin, - debdi. 20 Lekin Xudo unga: - Ey nodon! Bu kechayoq joning olinadi. Shunda bu tejab qo'yganlaring kimga qoladi? - debdi. 21 O'zi uchun boylik to'plab, Xudo nazarida boyimagan kishining qismati ana shunday bo'ladi”. (Matto 6:20 ko'ring)
Luqo 16:19-25 -- 19 “Kimxob va shoyi kiyimlar kiyib, har kuni dabdabali bazimlarda kayf-safo surgan bir boy odam bor ekan. 20 Boyning darvozasi oldida hamma badaniga yara toshgan Lazar ismli bir qashshoq gadoy yotar ekan. 21 U boy dasturxonidan to'kilgan ushoqlar bilan qorin to'ydirishni orzu qilar, itlar esa kelib uning yaralarini yalab ketar ekan. 22 Bir kuni gadoy o'lib qolibdi, farishtalar uni Ibrohim alayhissalomning yoniga olib boribdilar. Keyin boy ham o'lib, uni ko'mishibdi. 23 Tamug' azobidan o'tar ekan, boy boshini ko'tarib uzoqdagi Ibrohimni va uning yonidagi Lazarni ko'ribdi. 24 U faryod ko'tarib: - Ey Ibrohim ota! Menga rahim qilib Lazarni yuborgin, u barmog'ining uchini suvga botirib tilimga suv tomizsin. Chunki men bu olovda ko'p azob chekyapman, - debdi. 25 Ibrohim unga shunday javob beribdi: - Unutma, o'g'lim, sen hayotingda yaxshilik nasibangni olib bo'lding, Lazar esa yomonlik nasibasini olib bo'ldi. Edni u bu yerda tasalli topyapti, sen bo'lsang, azob chekyapsan.
Matto 19:16-26 -- 16 Shu mahal bir kishi Isoning yoniga kelib: - Valine'mat Ustozim! Abadiy hayot nasib bo'lishi uchun qanday savobli ish qilmog'im lozim? - deb so'radi. 17 Iso unga ded: - Nega sen Mendan savobli ish haqida so'rayapsan? Birgina Xudodan boshqa hech kim savob egasi emas. Agar boqiy hayotga erishmoq istasang, ilohiy amrlarga rioya qil. 18 Qaysilariga? - deb so'radi u. Iso dedi: - “Odam o'ldirma. Zino qilma. O'g'rilik qilma. Soxta guvohlik berma. 19 Ota-onangni hurmat qil. O'zgani o'zing kabi sev:, degan amrlarni-da. 20 Yigit Unga dedi: - Men bularning hammasini yoshligimdan saqlab kelaman. Menga yana nima yetishmaydi? 21 Iso unga: - Agar komil bo'lishni istasang, bor, hamma mol-mulkingni sotib, pulini kambag'allarga tarqat. Shundagina ko'kda xazinang bo'lur. Va kel, Mening ortimdan ergash, - dedi. 22 Yigit bu so'zlarni eshitib, qayg'u ichida u yerdan chiqib ketdi. Chunki uning pul dunyosi ko'p edi. 23 Iso shogirdlariga: - Sizga chinini aytayin: boy odamning Osmon Shohligiga kirishi qiyin bo'ladi. 24 Yana sizga aytaman: boy odamning Xudo Shohligiga kirishidan ko'ra, tuyaning igna teshigidan o'tishi osondir, - dedi. 25 Shogirdlari buni eshitib, chandon taajjublandilar va: - Unday bo'lsa, kim najod topa olarkan? - deb so'radilar. 26 Iso ularga ko'zlarini tikib: - Odamlarga bu imkonsiz, lekin Xudoga hamma narsa mumkindir, - dedi. (Mark 10:17-27, Luqo 18:18-27 ham ko'ring)
Matto 21:2-3 -- 2Qarshingizdagi qishloqqa boringlar, shu zahot bog'lab qo'yilgan urg'ochi eshakni va uning yonida xo'tikni ko'rasizlar. Ularni yechib, Mening oldimga keltiringlar. 3 Agar kimdir sizga biror nima desa, 'Bular RABBIMIZga kerak, U ko'p o'tmay ularni qaytarib yuboradi', - deb javob beringlar”, - dedi.
Havoriylar 3:5-9 -- 5 U odam ulardan biron narsa olishni umid qilib, ularga diqqat bilan qarar edi. 6 Butrus unga: - Menda kumush va oltin yo'q, ammo o'zimda borini senga beraman: nosiralik Iso Masih nomidan senga aytaman, o'rningdan turib yur! - dedi-yu, 7 o'ng qo'lidan tutib, uni oyoqqa turg'izdi. Birdaniga uning tizzalari bilan to'piqlari mustahkamlanib qoldi. 8 U dik etib oyoqqa turdi-da, yura boshladi. Xudoga hamd aytib, irg'ib-sakrab yurganicha, ular bilan ma'badga kirdi. 9 Butun xalq esa u odamning Xudoni qanday olqishlab borayotganini ko'rdi.
Matto 24:45-51 -- 45 “Qul-cho'rilarga rizq-ro'zni o'z vaqtida berib turish uchun xo'jayin ularga boshliq qilib qo'ygan ishonchli va aqilli xizmatkor kimdir? 46 Xo'jayini kelganida, uni shularni bajarib turgan holda ko'rsa, u xizmatkor qanday bahtlidir! 47 Sizlarga chinini aytayin: o'zining butun mol-mulki ustidan uni nazoratchi qilib qo'yadi. 48 Agarda yomon niyatli xizmatkor o'z ko'nglida: 'Xo'jayinim yaqin orada kelmaydi', - deb o'ylab, 49 o'rtoqlarini urib, ichkilikbozlar bilan birga yeb-ichishni boshlasa, 50 u xizmatkorning xo'jayini kutmagan bir kunda, o'ylamagan bir soatda kelib qoladi-yu, 51 uni tilka-pora qilib, boshiga ikkiyuzlamachilar kunini soladi. U yerda yig'i-sig'i va ohu vohlar bo'ladi”.
Matto 25:14-30 -- 14 “Yana oxirzamon bir odam safarga jo'nab, xizmatkorlarini chaqirib, o'z mol-mulkini ularga omonatga berganiga o'xshaydi. 15 U odam har bir kishiga o'z qobilyatiga yarasha: biriga besh, biriga ikki, biriga bir yombidan berib, jo'nab ketibdi. 16 Beshta yombi olgan o'sha zahoti borib, pulini ishga solib, yana besh yombi orttiribdi. 17 Shunga o'xshab, ikki yombi olgan ham yana ikki yombi orttiribdi. 18 Bitta yombi olgan esa borib, chuqur qazib, xojayinining pulini yashirib qo'yibdi. 19 Ancha vaqtdan so'ng boyagi xizmatkorlarning xo'jayini qaytib kelib, ulardan xisobod so'rabdi. 20 Besh yombi olgan boshqa besh yombini ham olib kelib: - Xo'jayin! Menga besh yombi bergandingiz, mana men ularga qo'shib yana besh yombi orttirdim, - debdi. 21 Xo'jayini unga: - Barakalla, yaxshi va sodiq xizmatkor ekansan. Sen kichik bir ishda ham sodiq bo'lganing uchun, endi seni katta ishlarga munosib ko'raman. Xo'jayiningning shodligini baham ko'r, - debdi. 22 Ikki yombi olgan ham kelib: - Xo'jayin! Menga ikki yombi bergandingiz. Mana, men ularning yoniga qo'shib yana ikki yombi orttirdim, - debdi. 23 Xo'jayini unga: - Barakalla, yaxshi va sodiq xizmatkor ekansan. Sen kichik bir ishda ham sodiq bo'lganing uchun, endi seni katta ishlarga munosib ko'raman. Ho'jayiningning shodligini baham ko'r, - debdi. 24 Bitta yombi olgan ham kelib: - Xo'jayin! Men sizni qattiq qo'l odam ekaningizni bilardim. Siz ekmagan yerdan o'rasiz, uymagan joydan xirmon ko'tarasiz. 25 Shuning uchun men qo'rqqanimdan borib, sizning yombingizni yerga yashirib qo'ydim. Mana berganingiz! - debdi. 26 Xo'jayini unga javob qaytarib: - Ey yalqov va yomon xizmatkor! - debdi. - Men ekmagan yerdan o'rishimni, uymagan joydan xirmon ko'tarishimni bilarkansan, 27 u holda pulimni sudho'rlarga qarzga bersang bo'lmasmidi? Shunda men kelib, uni foydasi bilan qaytarib olgan bo'lar edim. 28 Endi, undan yombini olib o'n yombisi borga beringlar! 29 Chunki kimda bor bo'lsa, unga yana beriladi va u mo'lchilikda bo'ladi. Kimda yo'q bo'lsa, undan bori ham tortib olinadi. 30 Endi bu yaramas xizmatkorni tashqariga, qorong'ulikka uloqtirib yuboringlar. U yerda yig'i-sig'i va oh-vohlar bo'ladi”. [Bularni aytib, Iso xitob qilib dedi: “Kimning eshitar qulog'i bo'lsa, eshitsin!”] (Luqo 19:12-27 o'qing)
Matto 25:41-46 -- 41 So'ng U chap tomondagilarga ham aytdi: - Ey la'natilar! Ko'zimdan yo'qoling, iblis va uning farishtalariga tayyorlab qo'yilgan abadiy olovga mubtalo bo'linglar! 42 Chunki Men och edim, ovqat bermadingizlar. Chanqagandim, suv tutmadingizlar. 43 Musofir edim, Meni mehmon qilmadingiz. Yalong'och edim, Meni kiyintirmadingiz. Kasal bo'ldim, zindonga tushdim, Meni kelib ko'rmadingiz. 44 Shunga javoban ular ham: - Yo Rabbiy! Sen qachon och, chanqagan, musofir, yalang'och, kasal yoki zindonda bo'lganingni ko'ribmizki, Senga xizmat qilmagan bo'lsak? - deb so'radilar. 45 U javob berib ularga shunday dedi: - Sizlarga chinini aytayin: sizlar shu kichiklarning biriga qilmagan muruvvatingiz Menga qilmagan bilan barobardir. 46 Shunday qilib, bular abadiy azobga, solihlar esa abadiy hayotga noil bo'ladilar”.
Yuhanno 19:28-30 -- 28 Shundan keyin Iso endi hammasini amalga oshganini ko'rdi. Zabur oyati bajo bo'lsin deb, U: - Chanqadim! - dedi. 29 Bu yerda sirka to'la bir idish turgan edi. Askarlar sirkaga shimgichni botirdilar-da, nayning uchiga ilib, Isoning og'ziga olib bordilar. 30 Iso sirkani tatib ko'rgach: - Amalga oshdi! - dedi-yu, boshini egib jon berdi.

Hulosa

Iso to'g'ridan to'g'ri mol-mulkni shaxsiy deb aytmadi, chunki bu olam Xudoning mulkidir, va qo'limizda nima bo'lsa Undandir. Mol-mulk bo'lish uchun huquq haqidagi savollar Isoning shohligida muhim emas. Biroq, Iso boylarni javobgarligiga va kambag'al va muhtojlikning holatining va muhtojlar haqida ogoh bo'lmaganlari uchun hatarga diqqatni qaratadi. Gap boylik yoki kambag'allikda ketmayapdi, balki mehr-shavqat kamligi va boylikdan o'zini qondirish va Xudodagi ularning kambag'alligi haqida ketyapdi. Boylarning qoniqishi kambag'allar bilan his qilishdan va muhtojlarning ko'z-yoshlarini ko'rishdan ularni to'xtatadi.

Iso va Uning shogirdlari bank hisobisiz yoki yashirin kabi dunyoviy sug'irtasiz erkin yashashgan; ular faqat kundalik rizq-ro'zilarini so'ragan samoviy Otalariga ishonishgan. Pavlus bu mavzuda yozadi: “Chunki sizlar Rabbimiz Iso Masihning inoyatini bilasizlar: U boy bo'laturib, kambag'alligim tufayli boy bo'linglar, deb sizlar uchun kambag'allashdi.” (2 Korinfliklarga 8:9) Iso barcha kasallarni tekin shifoladi va U shogirdlariga tekinga xizmat qilishni buyurgan, chunki ular hokimyatni inoyat orqali tekinga oldilar. Pavlus Rabbiy bilan bo'lganida bo'y bolganini va kambag'al bo'lganini shohidlik qilgan (Filippiliklarga 4:11-14).

Dindor va sodiq boy bo'lgan yosh kishi Isoning oldiga keldi va Iso uning do'stonaligidan mamnun bo'ldi; lekin bu yosh kishi abadiy hayotga erishish uchun unga ruhsat beradigan savob ishlar va komil harakat haqida so'radi, Iso unga dedi: “nimang bo'lsa sotib kambag'allarga tarqat. Va Menga ergash va muhim holatlar bilan ham qoniqasan va imon orqali yashashni o'rganasan.” Lekin bu yosh kishi bu so'zdan hafa bo'ldi, va afsuslanib ketdi, chunki uning mol-mulki ko'p edi. Keyin Iso igna teshigidan o'tolmaydigan tuya haqidagi masalini aytdi. Ba'zi jamiyatda ignaning teshigi katta darvoza ortidagi kichkina darvoza edi, bu orqali tuyasi bilan kirishni istagan kishi tuyadan yukni olib, uning tizzasini bukishi, va tuyani ichkariga ko'p azoblar bilan olib kirgunicha bu kichkina eshik orqali yerga tuyaning boshini tortishiga to'g'ri keladi. Xuddi shuningdek boy odam ham shu tarzda dunyoviy boyligining yuki bilan bo'lishishni istamasa, kamtar e'tiqodning burchlariga egilmasa va Masih orqali ko'p azoblar bilan osmonning tor eshiklariga kirish uchun tortilmasa, jannatga kirolmaydi. Boylar uchun hafv-hatar bu ular boyliklariga ishonishlaridir va ularning boyliklari ular xizmat qiladigan but bo'lib qolishidir.

Iso o'g'irilar haqida ham, odamlar qarizdor bo'lib qaytarib beraman deb qasamsiz qarz oladiganlar haqida ham gapiradi, lekin U buni biz fikrlarimizni o'zgartirishimiz kerakligi uchun shu yo'lni tutadi (Matto 5:40-42; Luqo 6:30-36). Iso bu Eski Ahd amrini tasdiqlagan: “O'g'irlama” (Matto 15:19, 19:18). Biroq, Isoning maqsadi egalarining mol-mulkini asrash emas edi, balki ularni va bizning osmonda xazinalarimiz bo'lish uchun berish, taqdim qilish va yordam berish uchun ularni va bizni imkonyatlardan foydalantirish edi. Bu samoviy xazina bizga kechirim va oqlanish olib kelmaydi, chunki biz allaqachon tekinga kechirilganmiz. Yangi Ahddagi har bir hadya Golgota uchun minnatdorchilik ma'nosini beradi. Iso qurol aslahalar bilan qo'shin tuzish uchun pul to'plamadi, xuddi Muhammad qilgani kabi, balki U samoviy Otasining shavqati bizning shavqatimizda nomoyon bo'lishini istagan. Shu yerda yana, imon, sevgi va umid bizning ruhiy madanyatimiz va Ruhimiz uchun asosiy kuchdir.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 07, 2013, at 09:15 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)