Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 059 (Would that the Salvation in the Believers of the Gentiles incite Jealousy in the Children of Jacob)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 2 - XUDONING SOLIHLIGI HATTO YOQUBNING TAN-LANGAN BOLALARINING BAG'RI TOSHLIGIDAN KEYIN HAM TEBRANMAS (Rimliklarga 9:1-11:36)
5. Yoqub bolalarining umidi (Rimliklarga 11:1-36)

b) G'ayriyahudiylarning Imonlilaridagi najod Yoqub Bolalari-dagi rashkni qo'zg'atadi (Rimliklarga 11:11-15)


RIMLIKLARGA 11:11-15
11 Shuning uchun men so'rayman: yahudiylar yo'q bo'lish uchun qoqindilarmi? - Aslo! Ammo ularning rashki qo'zg'al-sin deb ularning gunohkorligi tufayli boshqa xalqlarga najod keldi. 12 Agar yahudiylarning gunoh qilib, barbod bo'lganligi barcha dunyo xalqlariga qut-baraka keltirgan bo'lsa, ularning kamol topishi naqadar ko'proq qut-baraka keltiradi! 13 Endi dunyo xalqlaridan bo'lgan sizlarga hitob qilaman: men g'ayriyahudiylarning havoriysi bo'lib, bu xizmatimni fahrli deb bilaman, 14 agarda men o'z qon-qarindishlarimning rashkini qo'zg'atib, ulardan qandaydir ba'zilarini qutqarib olsam! 15 Agar ularning rad qilinishi dunyoning Xudo bilan yarashishiga imkon bergan bo'lsa, qabul bo'lishlari o'limdan hayotga qaytarishdan boshqa nima bo'la oladi?!

Pavlus qondosh aka-ukalarini va opa-singillarini sevgandek xalqini sevdi. U Xudo faqat ularning itoatsizliklari va Isoni rad etishlari uchun ularni jazolaydi deb o'ylamadi, balki u eski ahdning tanlangan xalqining rad etishi xuddi shu vaqtda nopok xalqlardan yangi bir tanlovni yaratishini bildi. Yahudiylarning qulashi G'ayriyahudiylarning imonsizlariga oldin tayyorlangan va Masihga ishonishlari orqali bu najodga erishishlariga, najotni tushunishlari uchun yagona imkoniyatni taqdim etdi. G'ayriyahudiylarning orasida najotning tarqalishi Yoqub bolalarida rashkni qo'zg'atdi. Pavlus Yahudiylarning yuraklarida bu alangalanyotgan rashkning orasida ijobiy omilni ko'rdi; ular Masihning huzurida nopoklar yashashini, Xudo bilan yarashuvni qabul qilishini, Muqaddas Ruhning hursandchiligi bilan to'lishini va dushmanlarini sevishini bilish uchun.

Ibrohimning dindor bolalari kambag'al va rad etilganlar o'zlarining madanyatlaridan emas, balki to'g'ri Xudodan nimadir meros qilib olganliklarini tushunishlari mumkin. Pavlus g'alayonchi va takabbur Yahudiylar qayta tug'ilgan imonsizlarning rashki bo'lishlarini va Ibrohimning, Isoqning va Yoqubning barakalari ularda yashaganligini tushunishlariga umid qilgan. U xalqi fikrini o'zgartirishiga, va o'zgalarda bajarilgan o'zlarining meroslarida bo'lishishlari uchun qaror qilishlariga umid qilgan. Masih bu tuyg'uda shogirdlariga degan: “Siz dunyoning nurisizlar...Ayni ravishda sizning nuringiz ham insonlar oldida shunday porlasinki, ular yaxshi ishlaringizni ko'rib, osmondagi Otangizni ulug'lasinlar” (Matto 5:14-16).

Pavlus Yahudiylar uchun shunday deb, voizlik qilish rejasini tomomlaydi: Agar Yahudiylarning sinishi nafratlanganlar uchun inoyat favvorasi bo'lsa va agar G'ayriyahudiylarning ko'plarining najodida muqaddas ozchilikka kamayishiga natijalangan bo'lsa, qanday qilib butun dunyo bo'ylab ularning qaytishi jo'shib chiqqan marhamatni ko'paytiradi. Agar Yahudiylarning hammasi Masihga ishonganida edi, imonlarining kuchi va tuyg'ularining eng tubi dunyoda voizlik kuchini yaratadi va gunohning to'lqinlarining o'rtasida ularni tirik jannatlar qilib, dunyomizning cho'llarida suvning tirik favvoralariga sabab bo'lib oqib chiqadi.

Pavlus siyosiy fikrlari bilan Yoqubning bolalarini sevib, kechirishlari uchun va ularning g'azablarini va mag'rur yuraklarini kamtarlik va muloyimlik bilan yengib chiqish uchun Masihiylarni uyaltiradi (Matto 11:28-30).

Pavlus Rim jamoatida G'ayriyahudiylarning imonlilariga ularni elash uchun va qimirlatish uchun qaytib keldi. U Yahudiylarga birinchi shunday deb, ruhiy haqiqat bilan Yahudiylarga duch keldi: Iso Yahudiylarning orasiga voizchi qilib, meni yubormadi, balki U meni nopok ruhlar bilan to'lgan yuzlab xudolar orasida meni G'ayriyahudiylarning havoriysi qilib tayinladi. Men bilan ularning tillarini o'rganib, ularning an'analari haqida fikr yuritib va nopok xudolarining sajdalariga va umumiy buzuqliklariga Isoning madanyatini olib kelib, bu vazifani hursandchilik bilan ijro etaman.

Pavlus xizmatida vosetali tarzda Yahudiylarga voizlik qilish uchun imkoniyat topdi. U Osiyo va Yevropada Masihiylarning muqaddas harakatlari va ko'rinarli hissalari orqali Ibrohimning bolalarini hayron qoldirishni xohladi. U ulardan ba'zilari natog'ri yo'llaridan qaytishlari uchun, G'ayriyahudiylarning imonidan dars o'rganish va o'limdan tirilgan Masihga ergashish uchun ularda ruhiy xohishni yaratish uchun shunday qildi. Pavlus rad etilganlar eski ahdning tanlovini qaytishlari va ahdning kiyimi orqali yana bir bor qabul qilishlariga umid qilgan, chunki ularga bo'lgan Xudoning va'dalari hali ham ta'sirli va ishonarlidir.

Agar ularning Shohi bo'lgan Isolarining rad etishlari Xudo va dunyoning o'rtasidagi yarashuvga sabab bo'lgan bo'lsa, ko'plar qanchalik ruhiy o'lik bo'lganlarning qaytishiga Xudodagi hayot uchun to'liqlik sabab bo'ladi?! Havoriy o'zining ruhiy o'limi va tanasidagi bilingan ayiblarini ustidan Xudoning kuchining zafarini boshidan kechirdi va hatto u o'zining aqidaparastligida qassob bo'lgan bo'lsa ham Xudo uni saqlab qoldi. U xalqining odamlari uchun xuddi shu narsani umid qildi va shuning uchun, ular butun dunyoga Masihning inoyatining hayotini tarqatishlari uchun ularni abadiy hayotda sherik qilish uchun tanladi.

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, biz Senga rahmat aytib sajda qilamiz chunki Sen Yahudiylarning diydasi qotib qolganini hamma xalqlar uchun inoyat qilding. Biz ruhda takabbur bo'lib yashamasdan balki barchaga Muqaddas Ruhing bilan, so'z orqali, hatti-xarakat va ibodat orqali xizmat qilishimiz uchun va ishonmaydiganlarning ko'plarini va Ibrohim bolalarini Iso Masihga bo'lgan tirik imonga boshlashimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOLLAR:
73. Nopok G'ayriyahudiylar uchun Yahudiylarning tosh bo'lib qotib qolishi ni-mani anglatadi?
74. Masihiylar qanday qilib ishonmaydiganlarni haqiqiy imonga yo'naltiradi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 19, 2012, at 07:20 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)