Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 058 (The Holy Remnant Exists)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 2 - XUDONING SOLIHLIGI HATTO YOQUBNING TAN-LANGAN BOLALARINING BAG'RI TOSHLIGIDAN KEYIN HAM TEBRANMAS (Rimliklarga 9:1-11:36)
5. Yoqub bolalarining umidi (Rimliklarga 11:1-36)

a) Muqaddas ozchilik yashaydi (Rimliklarga 11:1-10)


RIMLIKLARGA 11:1-10
1 Xo'sh, men so'rayman: Xudo O'z xalqini rad etdimi? - Aslo! Chunki men o'zim ham Ibrohim naslidan, Benyamiz qabilasidan bir isroillikman. 2 Xudo azaldan bilgan O'z xalqini rad etmadi. Isroilga qarshi Xudoga shikoyat etgan Ilyos payg'ambar haqidagi oyatda nima yozilganini nahotki sizlar bilmasangiz? 3 “Yo Rabbiy! Sening payg'ambarlaringni o'ldirdilar, qurbongohlaringni vayron qildilar. Yolg'iz men qoldim-u, mening jonimga ham qasd qilmoqdalar”, - degan edi Ilyos. 4 Xudo unga qanday javob berdi? - “Baal oldida tiz cho'kmagan yetti ming odamni Men O'zim uchun ajratib oldim”. 5 Xuddi shunday, hozirgi vaqtda ham Xudoning inoyati bilan saylab olingan bir ozchilik bordir. 6 Ular Xudo inoyati tufayli saylanganlar, demak, savob ishlari tufayli saylangan emaslar; aks holda inoyat yana inoyat bo'lmas edi. [Agar ular savob ishlari tufayli saylanganida edi, yana Xudo inoyatiga o'rin qolmas edi va savob yana savob bo'lmas edi.] 7 Bu nimani bildiradi? - Isroil izlaganiga erishmadi. Faqat saylanganlar izlaganiga erishdilar, qolganlarning esa diydasi qotib qoldi. 8 Xuddi Tavrotda yozilganidek: “Xudo ularga qattiq uyqu ruhini yubordi. Bugungi kunga qadar ko'rmaydigan ko'zlar, eshitmaydigan quloqlar berdi”. 9 Dovud ham deganki: “Ularning dasturhoni o'zlari uchun to'ru qopqon, tuzoq hamda jazo yeri bo'lsin. 10 Ko'zlari qorong'ulashib, ko'rmaydigan bo'lsin, bellari abadiy bukilib qolsin”.

Havoriy Pavlus Ibrohimning bolalarining najodi va harobaligi ustidagi tortishuv uchun tayyorlanadi. U qo'rqinchli savolni aytadi: “Ahd Xudosi O'zining tosh yurakli xalqini butunlay tark etdimi?” (Zabur 94:14)

Pavlus 'Yo'q' deb aytib bu savolga javob berdi. Shunday narsa mumkin emas, chunki men Rabbiyning inoyatini saqlashning isbotiman. Gunohkor jinoyatchi bo'lgan meni qutqarding. Tanaga ko'ra, men Benyamin qabilasidan va Ibrohim avlododanman. Xudo meni chaqirib, meni kechirdi va hayot berdi. Men Yoqub bolalari uchun Rabbiyning qutqarish inoyatining isbotidekman.

Men Masihda yashaganim kabi, Rabbiy yana Yoqub bolalarining barcha qabilalarining odamlarini chaqirdi. Rabbiy ularni qutqarib, ularni duo qililb jo'natdi. Xudo ulardan asl Masihiylikni shakillantirdi. Masihda yangilangan MasihiyYahudiylarsiz biz Masihning xushxabari haqida birorta yozuvni ko'rmadik. Ular Xudoning shohligining mag'zi edilar va ular xalqlar orasiga Xudoning urug'ini sepdilar. Hosil o'zidan o'zi ko'payib, Rabbiyning shohligi keladi va shovqinsiz doimiy o'sadi.

Xudoda tanlangan xalq bor, va ruhiy shohligi uchun O'zining yo'llari ham bor. U sevikli kishilarini rad etmadi, hatto bugun ham Yoqubning bolalarining ko'plari Masihni va Uning izdoshlarini rad etib, nafratlanadilar chunki ular boshqa xudolarga ergashadilar. Lekin qanday holat Elisha payg'ambarning davridagiga o'xshaydi? Bu jasoratli payg'ambar oldindan uning o'limi haqida malikaning e'loni va shimoliy shohlikda boshlangan imonlilarning qonli quvg'inlari tufayli ho'rsingan (1Shohliklar 19:10-14).

Keyin Rabbiy daldali so'zlar bilan unga javob berdi: “Biroq Men Isroilda yetti ming kishini, Baalga tiz cho'kmagan hammani va uni o'pmagan har bir og'izni qutqardim” (1 Shohliklar 19:18). Hech kim bu mustahkam imonlilar kim ekanini bilmaydi. Ular muqaddas ozchilik bo'lishgan va ularni balki haydab yuborib, ular dunyo bo'ylab imonlarini aytgan joy Samariyaning harobaligi mobaynida qullika ularni boshlashgan. Xudo ishonuvchilarini himoya qiladi, va hech kim Xudoning qo'lidan ularni tortib ololmaydi. Xudo ularga hashamatli hayotni va'da qilmaydi, balki Xudo guvohlariga abadiy ruhiy ishonchni beradi (Yuhanno 10:29-30).

Pavlus bu munozarada o'zining savolini taqdim etadi: “Xuddi shunday, hozirgi vaqtda ham Xudoning inoyati bilan saylab olingan bir ozchilik bor” (Rimliklarga 11:5).

Bu bayon Masihning tug'ilishidan ishonarlidir. Sodiq Masihiylarning tamg'asi na kuch, na boylik va na hurmatdir; balki Isoga ergashishdir, hatto azoblarda ham. Iso bu tarzda izdoshlarining oz miqdoriga shunday degan: “Qo'rqmagil. Ey kichik poda! Otangiz Shohlikni sizlarga berishni munosib ko'rdi” (Luqo 12:32; 22:28-29).

Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhning hokimyati har doim tanlangan azizlarining marhamatli tanlovini yaratadi. Pavlus va Barnabo o'zlarining xizmat safarlari mobaynida xalqlardan chaqirilganlarga dedilar: “Xudoning Shohligiga ko'p qayg'ulardan o'tib kirishimiz kerak” (Havoriylar 14:22).

Havoriy Pavlus bu bilimga chuqur kiradi, va Yoqubning bolalarining oz miqdori doimiy ekanini va faqat inoyat tufayli halok bo'lmasligiga dalolat beradi (Rimliklarga 11:6). Rabbiy buni oxirgi kunlarda shayton vasvasalaridan saqlab, buni Yaxshi Cho'pondek boshqaradi. Bu ozchilik o'zining ishlari tufayli solih, xudojo'y va tanlangan emas, balki undagi hamma yaxshi narsalar faqat inoyatning samarasidir. Shuning uchun, biz Isroil xalqining muqaddas ozchiligini saqlaydigan Masihning inoyatining g'oyat darajadagi kuchiga ishonishimiz kerak. Biz bu uchun Xudoga rahmat aytishimiz kerak, chunki uning doimiyligi bizning Masihiy borlig'imizning siridir.

Rimliklarga 11:7 da Pavlus so'raydi: Yoqub bolalarining ruhiy holati qanday edi va bugunlik kunda bu qanday? Ular qonunni bajarish orqali nimani anglatgan? Ular erishmagan xudojo'yliklarining maqsadi nima edi? Ular maqsadlarini yo'qotishgan, Shohlarini xochga mixlashgan, Muqaddas Ruhning yashashiga qarshi tosh bo'lib olishgan, Muqaddas Uch Birlikning birligidan uzoqlashishgan, boshqa mamlakatlarda ulardan foydalangan shohlar va boshqaruvchilarga xizmat qilib, boshqa xalqlar ustidan u bilan hukm surish uchun Masihga qarshi chiqadigan kishini ku-tishgan. Bu og'riqli haqiqat Yoqubning hamma bolalarini o'z ichiga olmaydi, chunki Ibrohim bolalarining kichik qismi Muqaddas Ruhdan qayta tug'ilgan. Ular gunohlarini bilib, ularni tan olishgan va Xudoning Qo'zisiga ishonib, Undan to'liq kechirimni qabul qilishgan va va'da etilgan Ruh bilan moylanganlar. Ular Masihning hayotida yashab, Uning ruhiy badanida faol a'zolar bo'ldilar.

Biroq, xalqlarining ko'plari qotib qolgan edi (Iklamchi Qonunlar 29:4; Ishayo 29:10). U yaxshi va yomonni bilmaydigan bir ruhni oldi. Shuning uchun, ularda yaxshilik va yomonlik uchun tuyg'u yo'q edi, lekin ular nima xohlasalar shuni qildilar, va Xudo haqida va oxirgi hukm haqida qayg'urmadilar chunki ko'rib turib ko'rmaydilar, eshitib turib anglamaydilar, hatto shoh Dovud ham Rabbiyga ularning ko'plarini jazolashni va rejalarini o'zlari uchun tuzoq qilishini so'rab ibodat qilgan (Zabur 68:23-24).

Biroq, Iso Dovudning qattiq so'zlarini o'zgartirib, O'zining izdoshlariga buyurgan: “Dushmaningizni sevinglar. [Sizni la'natlaganlarni duo qilinglar. Sizdan nafratlanganlarga yaxshilik qilinglar. Sizning nomingizga isnod keltirganlar uchun,] sizga jabr-zulm o'tkazganlar uchun ibodat qilinglar. Shunda siz osmondagi Otangizning o'g'illari bo'lasizlar” (Matto 5:44-45).

Tanlangan xalqning muqaddas ozchiligi va dunyo bo'ylab hamma Masihiylik quvg'inlar, bosimlar va yolg'on hukmlarning orasida Masihning buyrug'larini bajarish bilan borliklarining muhimligini isbot qilishadi.

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, biz Muqaddas Ruhinga yuraklarini ochgan, Isoning qoni bilan o'zlarini poklaydigan va abadiy yahotni qabul qiladigan Ibrohim bolalarining soni ko'payyotganidan Senga sajda qilamiz. Iltimos sof imonlilarni kuchlantirgin va ular zo'ravon quvg'inning o'rtasida ular bilan huzu-ringni boshlaridan kechirishlari uchun va bo'linganlarga o'lja bo'lmasdan im-onning sheriklaridan yordam topishlari uchun, ularni saqla. Omin.

SAVOLLAR:
71. Elisha payg'ambarga bo'lgan Isroilda yetti ming kishini va Baalga tiz cho'kmagan hammani qutqargan Xudoning so'zlarining ma'nosi nima?
72. Yahudiylarning Masihning hamma izdoshlari va u Xudoning tanlangan xalqining muqaddas ozchiligiga tegishliligi haqidagi Pavlusning so'zlarining ma'nosi nima?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 19, 2012, at 07:11 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)